Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARNI HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISHDA TA’LIMNING ROLI
HabibjonovIzzatbek Dilshodjon o’g’li
Международный научный журнал · 2022
Аннотация
Mazkur maqolada yosh avlodning huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirishda ta’lim tizimining o‘rni, usullari va samaradorligi tahlil etiladi. Shu bilan birga, huquqiy ong, huquqiy savodxonlik, fuqarolik pozitsiyasi kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili orqali huquqiy tarbiyaning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi hamda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy-ma’rifiy islohotlarning yoshlar ongiga ta’sirio‘rganiladi. Kalit so’zlar: Huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy tarbiya, huquqiy savodxonlik, fuqarolik jamiyati, ta’limtizimi, yoshlar siyosati. Kirish. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va barqaror fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish uchun, avvalo, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyati yuqori bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada ta’lim tizimining roli beqiyos bo‘lib, u huquqiy bilimlarni tizimli va samarali yetkazishda asosiy omil hisoblanadi. O’zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida mamlakatda islohotlar kolami to'g'risida to'xtalib davlatimiz rahbari shunday deydi: "Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O'zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o'zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi". Qaysi mamlakatki, uning xalqi hukumat siyosatini tolaqonli tushunib yagona maqsad bilan uni qo'llab- quvvatlamasa, bu islohotdan kozlangan vazifalar natijasi barchaga ayon. Shu bois ayni damda yurtimizda barcha sohada kadrlar tayorlash tizimini qayta ko rib chiqilmoqda. Xususan, huquqiy ta'lim tizimida ham. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Orta, o'rta maxsus, professional, oliy ta'lim tizimimizda bugungi kun huquqiy fanlarining oqitilish jarayoni qanday? Bu holat barchani o'yga toldirishi tabiiy. Negaki ixtisoslashgan ta'lim muassasalari bolmish Toshkent davlat yuridik universiteti, huquqshunoslik kollejlari, yuridik litseyni aytmasa, qolgan ta'lim muassasalarida huquq fanlari "2-darjali fan" sifatida qarab qolingan. Bu esa ko'plab soha vakillarida o’z burchini unutib qo'yishlikka, bora- bora huquqiy nigilistik kayfiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Axborot bilan ta'minlanish imkoniyati ortib borishi, qulayliklarning ortishi jarayoni bilan bugungi yosh avlodning huquqiy madaniyat ko'rsatkichlari teskari proporsional holda o'sib bormoqda. Olib borilayogan islohotlarga ko'plab aholi qatlamlari keng qismi befarqlik bilan qarashi ham avvalo ana shu omil - huquq fanlaridan yetarli darajada saboq olmayotganligining oqibati deya olamiz. 1997-yilda "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi" qabul qilindi, 2001-yil 4-yanvarda "Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to^risida'^i Prezident farmoyishi e'lon qilindi, 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni, 2019-yil 20 - apreldagi "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to'g'risida"gi Nizomning qabul qilinishi, bularning barchasi aynan huquqiy 128 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com savodxonlikni yuksaltirish, provardida mamlakatdagi keng kolamli islohotlarga barchani oz huquq va burchlari doirasida faol ishtirokini ta'minlash maqsadining huquqiy asosi hisoblanadi. 2001 -yilgi Prezident farmoni asosida barcha ta'lim muassasalarida Konstitutsiyani o'rganish kurslari joriy qilindi. Yuqorida nomi keltirilgan Nizomda shunday deyilgan: "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir huquqiy targ'ibot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat organlari va tashkilotlarning mas'uliyatini kuchaytirish hamda huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish bo'yicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat"[3]. Huquqiy madaniyat — shaxsning huquq va majburiyatlar to‘g‘risidagi bilimlari, qonunlarga hurmati va ularga rioya etishga bo‘lgan ichki ehtiyojining ifodasidir. Ilmiy adabiyotlarda huquqiy madaniyat quyidagi tarkibiyqismlardan iborat deb ko‘rsatiladi: • Huquqiy ong–huquqiyhodisalarni anglash vaularni baholash qobiliyati; • Huquqi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada yosh avlodning huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirishda ta’lim tizimining o‘rni, usullari va samaradorligi tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada yosh avlodning huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirishda ta’lim tizimining o‘rni, usullari va samaradorligi tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquqiy tarbiya, huquqiy ong, yoshlar siyosati., huquqiy savodxonlik, Huquqiy madaniyat, ta’lim tizimi, fuqarolik jamiyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025