К содержанию
РецензированоUZ2026

GOMEOSTAZ MEXANIZMLARI VA ULARNING FIZIOLOGIK AHAMIYATI

Ma'murova MarjonaUlug'bek qizi

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada gomeostaz tushunchasi, uning fiziologik asoslari va organizmdagi barqaror ichki muhitni ta'minlovchi asosiy regulyator mexanizmlar keng yoritilgan. Gomeostaz asosan asab va endokrin tizimlar orqali amalga oshiriladi, bu tizimlar organizmda harorat, glyukoza darajasi, qon bosimi, pH, suyuqlik va elektrolit muvozanatini qat'iy nazorat ostida ushlab turadi. Teskari aloqa mexanizmi gomeostazning markaziy tamoyili sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, har qanday fiziologik ko‘rsatkichning og‘ishi javoban regulyator tizimlar tomonidan tuzatilib, holat me'yorga keltiriladi. Termoregulyatsiya, osmoregulyatsiya, glikemik nazorat, kislota-ishqor muvozanati va qon bosimi regulyatsiyasi gomeostaz mexanizmlarining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, bu mexanizmlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan patologik holatlar ham ilmiy tahlil etilgan. Gomeostaz mexanizmlarining izchil va muvozanatli ishlashiorganizmningsalomatligi vahayotiy faoliyati uchun muhimasos hisoblanadi. Kalit so’zlar: gomeostaz, ichki muhit, teskari aloqa, vegetativ nerv tizimi, gipotalamus, termoregulyatsiya, osmoregulyatsiya, glikemik nazorat, pH muvozanati, homeostatik mexanizmlar, fiziologik barqarorlik. Gomeostaz — bu tirik organizmning ichki muhit barqarorligini saqlab turish qobiliyatidir. Bu holat hujayralarning, to‘qimalarning va butun organizmning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy fiziologik shart hisoblanadi. Gomeostazning asosiy maqsadi organizmdagi harorat, pH, ionlar konsentratsiyasi, glyukoza darajasi, suyuqlik hajmi kabi ko‘rsatkichlarni muayyan chegarada ushlab turishdir. Ichki muhitdagi har qanday o‘zgarishlar mos keluvchi regulyator mexanizmlar orqali nazorat ostida saqlanadi va bu orqali organizm tashqi va ichki omillarga moslashaoladi. Gomeostazning amalga oshishida nerv va endokrin tizimlar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, vegetativ nerv tizimi va gipotalamus markazi ichki muhit o‘zgarishlarini aniqlab, mos javob reaksiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Masalan, tana haroratining ko‘tarilishi holatida gipotalamus ter bezlarini faollashtirib, ter ajralishini kuchaytiradi, bu esa tana haroratini pasaytiradi. Aksincha, sovuqda esa qon tomirlar torayadi, mushaklar titraydi va issiqlik ishlab chiqarish ko‘payadi. Gomeostazni saqlovchi mexanizmlar asosan teskari aloqaga asoslangan. Teskari aloqa mexanizmi shundan iboratki, agar organizmda biror fiziologik ko‘rsatkich me’yordan og‘sa, regulyator tizimlar bu o‘zgarishni aniqlab, uni asl holatga qaytarishga intiladi. Masalan, qon glyukozasi ortib ketganda, oshqozon osti bezi insulin ajratib, glyukozaning hujayralarga singishini ta’minlaydi va glyukoza darajasi pasayadi. Aksincha, glyukoza yetishmovchiligi yuzaga kelganda, glukagon gormoni orqali jigar zahiralari safarbar etiladi. Bu ikki gormon o‘zaro antagonistik tarzda ishlaydi va glyukozaning barqarordarajada bo‘lishini ta’minlaydi. Gomeostazda suyuqlik va elektrolit muvozanati ham muhim ahamiyatga ega. Buyraklar, gipotalamus, ADG, aldosteron va atriy natriuretik peptidlar bu muvozanatni saqlashda ishtirok etadi. Masalan, organizm suvsizlanganda gipotalamusda joylashgan osmoreseptorlar suyuqlik tanqisligini aniqlaydi va ADG ajralishi kuchayadi, bu esa buyraklarda suvning qayta so‘rilishini oshiradi. Bu orqali suyuqlik yo‘qotilishikamayadi vaosmotikbosim me’yorga qaytadi. 117 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com Termoregulyatsiya ham gomeostazga misol bo‘la oladi. Harorat me’yoridan yuqorilaganda organizm terlash, qon tomirlarning kengayishi orqali soviydi. Past haroratda esa mushaklar titrashi, metabolizmning oshishi va teri osti qon tomirlarining torayishi orqali issiqlik saqlanadi. Shu tariqatana harorati 36,5–37,5°Catrofida doimiysaqlanadi. Gomeostazda pH muvozanati saqlanishi ham muhim rol o‘ynaydi. Qon pH darajasi 7,35–7,45 oraliqda bo‘lishi kerak. Bu muvozanat bufer tizimlar, nafas olish tizimi va buyraklar yordamida tartibga solinadi. Masalan, karbonat-bikarbonat bufer tizimi kislotali yoki ishqorli moddalarning ta’sirini neytrallaydi. Nafas olish markazi CO₂ darajasining ortishiga javoban nafas tezligini oshiradi va karbon dioksid chiqishini kuchaytiradi, bu esa pH darajasini tiklaydi. Buyraklar esa vodorod ionlarini chiqarish yoki bikarbonatlarni saqlab qolish orqali uzoq muddatli regulyatsiyani ta’minlaydi. Shuningdek, qon bosimining barqarorligi ham gomeostaz elementidir. Bu barqarorlik baroreseptorlar, simpatik nerv tizimi, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi va yurakdan ajraluvchi peptid gormonlari ishtirokida ta’minlanadi. Qon bosimi tushganda renin ajraladi, angiotenzin II hosil bo‘ladi va u qon tomirlarni toraytirib, bosimni oshiradi. Aldosteron natriyni ushlab qoladi va suyuqlik hajminiko‘paytiradi, buesa ham bosimnitiklaydi. Organizmda gomeostazningbuzilishi turli kasalliklar va patologik holatlarga olib keladi. Masalan, diabet, buyrak yetishmovchiligi, issiqlik urishi, asidoz yoki alkaloz, qon bosimi o‘zgarishlari — bularning barch

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada gomeostaz tushunchasi, uning fiziologik asoslari va organizmdagi barqaror ichki muhitni ta'minlovchi asosiy regulyator mexanizmlar keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada gomeostaz tushunchasi, uning fiziologik asoslari va organizmdagi barqaror ichki muhitni ta'minlovchi asosiy regulyator mexanizmlar keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
glikemik nazorat, homeostatik mexanizmlar, vegetativ nerv tizimi, gipotalamus, osmoregulyatsiya, teskari aloqa, gomeostaz, pH muvozanati, termoregulyatsiya, fiziologik barqarorlik., ichki muhit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники