Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO‘GARAKLARI TASHKIL ETISH USULLARI
UMUMTA’LIMMAKTABLARIDAMUSIQATO‘GARAKLARI TASHKIL ETISH · Abdusamatov Anvar Abduraxmonovich
Международный научный журнал · 4 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to‘garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to‘garaklari orqali o‘quvchilarda san’at, xalq ijodiyoti, ma’naviyat, madaniyatga muhabbat hissiniuyg’otishmumkinligi bayon etilgan. Kalit so‘zlar: umumiy o‘rta ta’lim, musiqa madaniyati, ta’lim va tarbiya, estetika, to‘garak, metodika. So‘nggi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, to‘plash, nashr qilish hamda ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini o‘rganish bo‘yicha e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Qudratli tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lgan xalq musiqa ijodiyotidan ta’lim tizimida, xususan, umumta’lim maktablarida dars va darsdan tashqari (turli madaniyommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik to‘garaklari, ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik va hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinchidan, ta’lim mazmunini boyitsa, ikkinchidan, ta’limning milliy negizini mustahkamlaydi. Musiqa fanidan sinfdan tashqari ishlar, to‘garaklarni tashkil etish insоn shахsini хаr tоmоnlаmа uyg’un kаmоlоtini tа’minlаshdа sаn’аtning jumlаdаn musiqаning аhаmiyati kаttа. Zеrо sаn’аt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy dunyo kеngаyib mа’nаviyati shаkillаnаdi. Mа’nаviyatni shаkillаntirish esа, dаvrning muхim vаzifаsi bulib, uni хаl etish niхоyatdа dоlzаrb. Yurtbоshimiz tа’kidlаgаnidеk, «Mа’nаviyat insоnning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yo‘q jоydа хеch qаchоn bах-tu sаоdаt tаrаqqiyot bo‘lmаydi. Sаn’аt vоsitаsidа musiqа mаdаniyati, bоlа shахsining mа’nаviyatini shаkllаntirishni izchil аmаlgа оshirishdа umumtа’lim mаktаblаrning аyniqsа rо’li juda kаttа. Xo‘sh, umumta’lim maktablarida xalq musiqa ijodiyotini o‘rganishda nimalarga e’tibor berish, ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni qanday tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi? Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqiy izlanishlar quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy natijalarga erishish imkonini berishni ko‘rsatdi: 1. Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari faoliyatda xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanishda ularni ma’lum mezon va talablarga ko‘ra tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda: a) xalq musiqa ijodiga mansub asarlarning har bir sinfning musiqiy mavzulari (yil, chorak)ga va dastur talablariga mosligi; b) asarlarning o‘quvchilarning musiqiy qiziqishi, qobiliyati va ijrochilik imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishi; d) tanlangan asarlar o‘quvchilarning musiqiydunyoqarashi va tafakkurini, pirovard natijada milliy madaniyatini shakllantirish nuqtayi nazaridan tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lishi; e) o‘quvchilarda o‘qishga, mehnatga, ijodiy izlanish, ijtimoiyfoydali ishlargarag‘bat uyg‘otishi; f) xalq musiqa ijodiyoti namunalarining hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar mavzulariga mosligi; g) asarlarni o‘rganishda ta’limning boshqa tarkibiy qismlarini (musiqa savodi, musiqa adabiyoti, musiqa ijodkorligi) o‘zlashtirish uchun ahamiyatliligi yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egaligiga e’tibor qaratilishimuhimdir. 2. Xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda sinfda o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash nuqtayi nazaridan yondashish. Dars va darsdan tashqari jarayonda xalq musiqasi namunalarini o‘rganish, ijro etish ishlari ular haqidagi tarixiy, adabiy, 97 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com nazariy manbalardan imkon qadar ko‘proq foydalanish orqali amalga oshirilishi lozim. Bu pedagogik talab musiqa darslarining asosiy faoliyat turlari mazmuni va mohiyatiga muvofiq holda ish yuritishni nazarda tutadi. Ya’ni erkin tanlov asosida o‘rganilgan asar ayni vaqtdagi asosiy maqsad vahal etilayotgan vazifalargaijodiy yondashish xarakterida bo‘lishilozim. 3. Darsdan tashqari faoliyatda o‘rganish uchun tanlab olingan namunalar o‘quvchilarning an’anaviy mumtoz va folklor yo‘nalishida mustaqil bilim olishga bo‘lgan talab va istaklariga mos kelishi va o‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotlarni tashkil etishda e’tiborda tutilishi lozim. Bu pedagogik sharoit o‘z mazmunida o‘quvchilarning musiqiy iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun izchil va maqsadli mashg‘ulotlar olib borishni nazarda tutadi. Shuningdek, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga imkon qadar keng va ommaviy jalb qilishni, sinfdan tashqari ishlarda o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirishni uqtiradi. 4. Xalq musiqa ijodiyotiga murojaat qilganda, ularning qaysi mahalliy uslubga xosligi, janri, ijrodagi cholg‘ular ishtiroki, raqs jo‘rligi kabilarga e’tibor berish eng muhim shartlardan hisoblanmog‘i lozim. Chunki bu jihatlar xalq musiqasining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi va o‘quvchilarning umummusiqiy biluv darajasining takomillashuviga, milliy musiqaning o‘ziga xos uslublarini, ijrochilik an’analarini chuqur o‘zlashtirishlariga ijobiy ta
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to‘garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to‘garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- musiqa madaniyati, metodika., umumiy o‘rta ta’lim, estetika, to‘garak, ta’lim va tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024