Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILIDAGI QO‘SHIMCHALARNING IFODAVIY IMKONIYATLARI TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR
TO‘G‘RISIDABA’ZI MULOHAZALAR · Marjona Ravshanova
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi grammatik qo‘shimchalarning stilistik va ekspressiv imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Bo‘yoqdorlik, hissiylik, kinoya, obrazlilik kabi uslubiy xususiyatlarni yuzaga chiqarishda ayrim qo‘shimchalarning ifodaviy roli izohlanadi. Maqolada bunday qo‘shimchalarning badiiy matnlardagi qo‘llanilishiga doir misollar tahlil qilinadi vaularning funksional boyligi ochib beriladi. Kalit so‘zlar: qo‘shimch morfemalar, bo‘yoqdorlik, ekspressiv yuk, emotsionallik, stilistik funksiya, badiiy matn, ifodaviylik. O‘zbek tili agglyutinativ tillar qatoriga kirgani sababli bu tilda morfemalarning, xususan, qo‘shimcha morfemalarning roli juda muhim. Tilimizda qo‘shimchalar nafaqat grammatik ma’no ifodalashga, balki uslubiy, semantik, hissiy rang berishga ham xizmat qiladi. O‘zbek tilida ayrim grammatik ko‘rinishdagi qo‘shimchalar orqali so‘zga ohangdorlik, obrazlilik, yumor yoki kinoya kabi ma’nolarni yuklash mumkin. Bunday qo‘shimchalar tilning ifodaviy boyligini oshirib, badiiy nutqning kuchayishiga xizmat qiladi. Ular og‘zaki nutq, folklor va publitsistik matnlarda, ayniqsa, badiiy adabiyotda, faol qo‘llanadi. Chunki badiiy adabiyotda ijodkor mahurat bilan qo‘shimchalarni o‘zining badiiy maqsadiga bo‘ysundiradi, tilning keng imkoniyatlarini namoyon qilishga intiladi. Masalan, “-gina” qo‘shimchasi (ayiruv yuklamasi bilan shakldosh) odatda, ismlarga qo‘shilib,erkalash ma’nosiniberadi. Masalan, Bozor boradi qizgina, Do‘ppioladi qizgina. Noz-u karashmalar bilan Do‘ppikiyadi qizgina.(Xalq qo‘shig‘idan) Quyida esa -gina qo‘shimchasi boshqa ma’noni ifodalaganini ko‘ramiz: “Darvozadan kirganda tomiga qora qog‘ozyopilgan ko‘rimsizgina ikkiuy, bir dahlizgako‘ztushadi.”(E.A’zam). Bu gapda -gina qo‘shimchasi sifatga qo‘shilib, uning ma’nosini kuchaytirib, qo‘shimcha ravishda oddiylik ma’nosiniham yuklaydi. Qo‘shimchalarda zid ma’nolilik nutqning ravon, ta’sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor bo‘lib chiqishiga yordam beradi. Masalan: “Badavlat-davlatsiz” Badavlat bo‘lish uchun odamning faqat puliemas, balki uningbilimizo‘rbo‘lishi kerak.(O.Valijonov). “Ko‘ngilli-ko‘ngilsiz”. Bu dunyoda ko‘ngilli insonlarga juda ham yashash qiyin bo‘ladi, chunki ular hamma narsani ko‘ngliga yaqin olishadi. Azizning Guliga nisbatan ko‘nglida qanchalik iliqlik bo‘lsa ham Gulining ko‘ngilsizligi sababli ularning munosabati uzoqqa cho‘zilmadi. (O.Valijonov). Bu o‘rinda muallifikki personaj holatini aniqtasvirlash uchun zid ma’noliso‘zlardan foydalangan. Natijada nutqning ravon, ta’sirchanligi ta’minlangan. Tilimizda yana bir guruh qo‘shimchalar mavjudki, ular taqqoslash, o‘xshatish, qiyoslash vazifasini bajaradi. Bular: “-cha”, “-dek”, “-sifat” kabi qo‘shimchalardir. “Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan tolgan osmonga tillaqoshdekingichka oysuzib chiqardi.” (O‘.Hoshimov). Ushbu jumlada-dek qo‘shimchasi o‘xshatish-qiyoslash ma'nosi ifodalamoqda. 81 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com Badiiy adabiyotda, ayniqsa, xalqona ifoda vositalari yordamida yaratilgan obrazlarda bu kabi qo‘shimchalarning rolini yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, “O‘sha, o‘zicha aytgan javobini eshitib, ichimdan kuldim” degan jumlada ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi mazax, kinoya, istehzoma’nosiniifodalagan. Ta’kidlash lozimki, bunday stilistik yuklama beruvchi qo‘shimchalar grammatikani estetikaga yaqinlashtiradi. Ya’ni bu qo‘shimchalar yordamida grammatik birliklar nafaqat grammatik funksiya, balki hissiy-estetik yuk ham olib yuradi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek tilining obrazlilik imkoniyatlarini boyitadi. Umuman olganda, o‘zbek tilida grammatik qo‘shimchalar yordamida ifoda kuchi sezilarli darajada ortadi. . Bunday qo‘shimchalar xalq og‘zaki ijodi, maqollar, dostonlar, zamonaviy badiiy asarlarda jonli vatabiiy tarzdaqo‘llaniladi. Ular turli uslubiy nuqtayi nazardan til boyligini ko‘rsatadi va xalq tafakkuridagi ohangni, jozibani ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.A’zamE.Ko‘keshik. https://kutubxonasi1.rssing.com/ (murojaat sanasi: 09.04.2025) 2.Hoshimov O‘.Dunyoning ishlari: Qissava hikoyalar .—T.:Yangi asr avlodi, 2019. 3. Mamajonova D. O‘zbek tilining stilistikasi. —Toshkent: Fan, 2010. 4. Valijonov O. Hissiylik vabo‘yoqdorlik vositalari. —Farg‘ona,2015. 5.Ismatullaeva D.O‘zbektilining morfologik tizimi. —Samarqand, 2018. 82
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi grammatik qo‘shimchalarning stilistik va ekspressiv imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek tilidagi grammatik qo‘shimchalarning stilistik va ekspressiv imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsionallik, stilistik funksiya, bo‘yoqdorlik, ifodaviylik., qo‘shimch morfemalar, ekspressiv yuk, badiiy matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025