К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLAR TARBIYASI: MA'NAVIY QADRIYATLAR VA “OMMAVIY MADANIYATNING O‘RNI

YOSHLARTARBIYASI:MA'NAVIY QADRIYATLAR VA“OMMAVIY · MADANIYATNING O‘RNI · Toʻxtayeva Sitora Shuhratqizi

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari, hamda ta’lim tarbiya jarayonida qadriyatlarning tasiri, millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati, ommaviy madaniyat hamda axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm, egosentrizm, globalizatsiya bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘luvchi qadriyatlarning ahamiyati haqida fikrmulohazalaryuritilgan. Kalit so‘zlar: Oila, qadriyat, ta’lim-tarbiya, barkamol avlod, milliy madaniyat, turmush tarzi, din, urf-odat va an’ana, muomala madaniyati, mehr-oqibat, muruvvat, andisha va or-nomus, odob- axloq,his-tuyg‘ular, axloqiy buzuqlik vazoʻravonlik, individualizm, egosentrizm. Mamlakatimizda bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni milliy qadriyatlar asosida intellekti yuqori va vatanparvarqilib tarbiyalashga kattaahamiyat qaratil-moqda. Abdurauf Fitrat oʻzining “Oila” nomli asarida bolalarni “diqqatlari va zehnlari chuqur va jiddiy boʻlishiga oʻrgating.... Koʻrganlari ustidan tez xulosa chiqarmasinlar”, – deya ta'kidlab, farzand tarbiyasiga e'tiborberish lozimligini uqtiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi davlatimizning qomusiy hujjati boʻlib, bu hujjat tahlil qilinganida unda yoshlar tarbiyasi, axloq-odobi, ijtimoiy himoyalangani, konstitusiyaviy haq- huquqlariga oid etmishga yaqin atama va soʻz birlikmalari mavjud ekani ma'lum boʻldi. Jumladan, bunyodkorlik gʻoyalariga sodiqlik, yuksak mas'uliyat, ijtimoiy adolatparvarlik, insonparvarlik, demokratik-huquqiy davlat, fuqarolarning tinchligi, milliy totuvlik, xalqimizning urf-odatlari va an'analari, qadriyatlari, ijtimoiy hayotda mafkuralar xilma-xilligi va erkinligi, inson va jamiyat munosabatlaridagi ijtimoiy adolat, dunyo hamjamiyatida xalqlar va millatlarning suveren tengligi, fuqarolarning e'tiqodi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar qonun oldidagi tengligi, sha'ni va obroʻsining daxlsizligi, fuqarolarning vijdon erkinligi, adolatli mehnat, ijod erkinligi va har bir shaxsning madaniy yutuqlardan foydalanish erkinligi, yosh avlodni tarbiyalash va bepul ta'lim olishi kabi fikrlar keltirilgan boʻlib, ular Bosh Qomusimizdahuquqiy jihatdan kafolatlangan. Odob-axloq milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismidir. “Davlat oʻz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”[1]. Darhaqiqat, yosh avlodni qonuniylik prinsiplari asosida oʻz xalqiga, uning qadriyatlariga, an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash orqali oʻz xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, oʻz Vatanining jonkuyarini tarbiyalash dolzarbdir. Bilamizki, yoshlar ijtimoiy guruh sifatida, oʻzi koʻzlagan maqsadi yoʻlida mamlakatdagi ijtimoiy tizim rivojiga bevosita faol ta'sir koʻrsatadi. Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishini ularning ma'naviy saviyasi darajasi orqali aniqlasa boʻladi. Yoshlarning ma'naviy qarashlari milliy, diniy, oʻz-oʻzini anglash holatlari, talablari, hayotdagi faoliyati orqali oʻz aksini ifoda etadi. Shu yoʻnalishda oʻtkazilgan sosiologik tadqiqot natijalariga koʻra, yoshlarning fikricha, odamning ma'naviyatini belgilab beruvchi asosiy sifatlar bu – “Haqgoʻylik” (60,8%), “Milliy qadriyatlarni hurmat qilish” (55,5%), “Oʻz xalqining tarixini yaxshi bilish”, “Milliy gʻurur tuygʻusini rivojlantirish” (44,2%), “Qalb pokligi” (39,1%), “Kamtarlik” (39,5%), “Millatlararo va hududlararo bagʻrikenglik” (29,6%), “Ekstremistlarga salbiy munosabat” (19,5%), “Mehnatsevarlik”(0,5%), “Madaniylik”(0,9%), “Bilimdonlik”(0,7%) koʻrsatilgan. Soʻrov-tadqiqotlarda qatnashgan respondentlar fikriga koʻra, yoshlarimizning yarmidan koʻpi poraxoʻrlikni – 54%, takabburlikni – 52,7%, shu bilan birga, ikkiyuzlamachilikni – 17,3%, beparvolikni – 14,5%, tekinxoʻrlikni – 10,4%, yolgʻonchilikni – 1,7%, hasadni – 0,5%, 68 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com gʻiybatni – 0,6%, tuhmat, dangasalik va qoʻpollikni – 0,2% yoqtirmas ekan. Yoshlarning fikri boʻyicha xalqning kuchi millatning birdamligida, uning olamshumul ahamiyati, avvalo, iqtisodiyotida – 69,7%, qurolli kuchlarida – 44,6%, ilmda – 44,4%, siyosatda – 41,5%, odobliligida–37,7% deb ta'kidlashgan[2]. Natijalardan koʻrinadiki, yoshlardan “odamning ma'naviyatini belgilab beruvchi asosiy sifatlar” soʻralganida, salbiy axloqiy qarashlarga juda kam foiz berilgani, axloqiy qadriyat sifatlari esa yuqori baholangani oʻgʻil-qizlarimiz bugungi kunning yetuk, barkamol, vatanparvar farzandlari sifatida kamol topayotganlaridan dalolat. Ta'kidlash joiz, Vatan soʻzining ma'nosiga Oʻzbekiston yoshlari alohida urgʻu berishar ekan. Yoshlarning aksariyati “Dunyoda davlatlar koʻp, lekin bizning Oʻzbekiston Vatanimiz – yagona va hech qayerda topilmaydi”, degan fikrlarni bildirishgani diqqatga sazovordir. Albatta, soʻnggi yillarda respublikamizda fan, madaniyat, ishlab chiqarish, ta'lim sohasida jadal rivojlan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari, hamda ta’lim tarbiya jarayonida qadriyatlarning tasiri, millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati, ommaviy ma…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari, hamda ta’lim tarbiya jarayonida qadriyatlarning tasiri, millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati, ommaviy ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muomala madaniyati, barkamol avlod, urf-odat va an’ana, mehr-oqibat, din, odob-axloq, andisha va or-nomus, milliy madaniyat, muruvvat, axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, egosentrizm., Oila, his-tuyg‘ular, turmush tarzi, individualizm, ta’lim-tarbiya, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники