К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNING KIMYOVIY FIKRLASHINI CHUQURLASHTIRISHDA INTERAKTIV KVESTLAR VA RAQAMLI TOPSHIRIQLAR

TALABALARNING KIMYOVIYFIKRLASHINI CHUQURLASHTIRISHDA · INTERAKTIV KVESTLARVARAQAMLI TOPSHIRIQLAR

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida kimyo ta'limini samarali tashkil etish va talabalarning kimyoviy fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, interaktiv kvestlar va raqamli topshiriqlardan foydalanish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ushbu innovatsion yondashuvlar talabalarning kimyoviy fikrlashini chuqurlashtirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, kimyo faniga bo'lgan qiziqishlarini oshirish uchun samarali vositaekanligi aniqlangan. Kalit so'zlar: Kimyoviy fikrlash; interaktiv kvestlar; raqamli topshiriqlar; innovatsion ta'lim texnologiyalari; muammoli ta'lim; virtual laboratoriyalar. Zamonaviy jamiyat jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan sharoitda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularda nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko'nikmalar, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish oliy ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Kimyo fani tabiiy fanlar orasida alohida o'rin tutadi, chunki u nazariy va amaliy bilimlarning uzviy bog'liqligini talab etadi. Kimyoviy jarayonlarni tushunish, ularni tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish - kimyoviy fikrlashning asosiy komponentlari hisoblanadi [1]. Bugungi kunda an'anaviy ta'lim usullarining samaradorligi tobora pasayib bormoqda. Ko'plab tadqiqotlar ko'rsatishicha, ma'ruza shaklidagi darslar talabalarning fanga bo'lgan qiziqishini va o'zlashtirish darajasini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu sababli, ta'lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan, xususan, interaktiv kvestlar va raqamli topshiriqlardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Interaktiv kvestlar - bu o'quvchilarni ma'lum bir muammoni hal qilishga yo'naltirilgan o'yin shaklidagi faoliyat bo'lib, unda o'quvchilar ma'lum bir vaziyatda harakat qilish, ma'lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish orqali o'z bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Raqamli topshiriqlar esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yaratilgan ta'limiy resurslar bo'lib, ular talabalarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, bilimlarini mustahkamlash va baholash imkonini beradi. Kimyo ta'limida qo'llanishi mumkin bo'lgan interaktiv kvestlar va raqamli topshiriqlarning bir necha turlari mavjud. Bular "Kimyoviy labirint" kvesti, "Kimyoviy detektiv" kvesti, "Virtual laboratoriya" raqamli topshirig'i, "Kimyoviy formula konstruktori" raqamli topshirig'i, "Kimyo industriyasida muammolar va yechimlar" raqamli topshirig'i kabilardir [2]. Interaktiv kvestlar talabalarning kimyoviy fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular muammoli ta'lim muhitini yaratadi, bu esa talabalarga real hayotiy muammolar bilan to'qnashish va ularni hal qilish uchun o'z bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatini beradi. Masalan, "Kimyoviy detektiv" kvesti davomida talabalar noma'lum moddani aniqlash uchun turli kimyoviy reaktsiyalarni rejalashtirish, o'tkazish va natijalarni tahlil qilish orqali muammoni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Interaktiv kvestlar talabalarning tanqidiy fikrlashini ham rag'batlantiradi. Kvestlar davomida talabalar turli ma'lumotlarni tahlil qilish, ularni solishtirish va eng optimal yechimni topish ko'nikmalarini rivojlantiradilar. "Kimyoviy labirint" kvesti davomida talabalar turli kimyoviy reaktsiyalarning borishini oldindan bashorat qilish, reaktsiya natijalarini tahlil qilish va eng samarali yo'lni tanlash orqali tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar [3]. 62 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com Interaktiv kvestlar talabalarning hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini ham rivojlantiradi. Ko'pchilik kvestlar guruh bo'lib ishlashni talab qiladi, bu esa talabalarning kommunikativ ko'nikmalarini, jamoada ishlash qobiliyatini va mas'uliyatni taqsimlash ko'nikmalarini rivojlantiradi. "Kimyoviy detektiv" kvesti davomida talabalar guruhlarga bo'linib, har bir guruh a'zosi ma'lum bir vazifani bajarish orqali umumiy maqsadga erishishga harakat qiladilar. Bundan tashqari, kvestlar o'yin elementlarini o'z ichiga oladi, bu esa talabalarning darsga qiziqishini oshiradi va motivatsiyasini kuchaytiradi. Interaktiv kvestlar davomida talabalar kimyo faniga bo'lgan qiziqishlari oshganligini ta'kidlaydilar. Raqamli topshiriqlar ham kimyo ta'limini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular talabalarning mustaqil ta'limini samarali tashkil etish imkonini beradi. Raqamli topshiriqlar talabalarning darsdan tashqari vaqtlarda ham o'quv materiallarini o'zlashtirishlari, bilimlarini mustahkamlashlari va yangi bilimlarni egallashlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. "Kimyoviy formula konstruktori" raqamli topshirig'i talabalarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Raqamli topshiriqlar individuallashtirish imkoniyatini ham beradi. Ular har bir talabaning individual xususiyatlari, qobiliyatlari va bilim darajasini hisobga olgan holda tuzilishi mumk

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida kimyo ta'limini samarali tashkil etish va talabalarning kimyoviy fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, interaktiv kvestlar va raqamli topshir…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida kimyo ta'limini samarali tashkil etish va talabalarning kimyoviy fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, interaktiv kvestlar va raqamli topshir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kimyoviy fikrlash, interaktiv kvestlar, raqamli topshiriqlar, innovatsion ta'lim, innovatsion ta'lim texnologiyalari, virtual laboratoriyalar., muammoli ta'lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники