К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY AYOL TRAGEDIYASI: “OYIMTILLA” VA “BONU” ROMANLARINING QIYOSIY POETIKASI

ROMANLARINING QIYOSIYPOETIKASI · Mamatova Dilorom A'zamqizi

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” hamda Iqbol Mirzoning “Bonu” romanlarida zamonaviy o‘zbek ayolining fojiali taqdiri badiiy jihatdan qanday yoritilgani tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Nilufar va Bonu obrazlari orqali ichki ruhiy iztirob, jamiyat tazyiqi, shaxsiy erkinlik va qadriyatlar to‘qnashuvi kabi holatlarning tasvirlanishiga qaratiladi. Maqola har ikki asardagi poetik uslub, tragik yakunlar, ichki monologlar va ramziy ifodalar asosida ayol fojiasining adabiy ifodasini ochib beradi. Kalit so‘zlar: Oyimtilla, Bonu, ayol obrazlari, zamonaviy ayol, tragizm, qiyosiy tahlil, ichki iztirob, ruhiy inqiroz,jamiyat bosimi Kirish Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayol timsoli borgan sari murakkab, ko‘p qirrali va ichki ruhiy qatlamlarga boy obraz sifatida tasvirlanmoqda. Ayniqsa, ayolning ichki kurashi, tanlovlari, ijtimoiy bosim va ma’naviy inqiroz holatlari zamonaviy romanlarda fojiali shakllarda ifodalanmoqda. Bu esa yangi davr adabiy tafakkurida ayol tragizmi tushunchasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zulfiya Qurolboy qiziningOyimtillaromani bosh qahramoni Nilufar obrazi orqali ayolning onalik, muhabbat va jamiyat o‘rtasidagi ichki tortinchoqligi tasvirlansa, Iqbol Mirzoning Bonu romanida esa tarixiy kontekstda ayolning yo‘qotishlar, ma’naviy tanazzul va erksizlik bilan kechgan hayoti aks ettiriladi. Har ikki asarda ayollar fojiasi individual hayot tajribasi orqali emas, balki ijtimoiy strukturaviy bosimlar, an’anaviy stereotiplar va ma’naviy izolyatsiya orqali badiiylashtiriladi. Mazkur maqolada aynan shu ikki ayol obrazining poetik qiyosiy tahlili asosida zamonaviy o‘zbek ayolining fojiali taqdiri qanday ifodaetilgani o‘rganiladi. Asosiy qism Zamonaviy o‘zbek romanlarida ayol tragizmi ko‘pincha shaxsiy baxt izlash, erkin qaror qabul qilish va jamiyat tomonidan belgilangan stereotiplarga qarshi kurashish jarayonida yuzaga chiqadi. Zulfiya Qurolboy qizining Oyimtilla romanidagi Nilufar hamda Iqbol Mirzoning Bonu romanidagi Bonu obrazlari ana shunday kurashning markazida turgan ayollar sifatida tasvirlanadi. Har ikki asarda ayol obrazi murakkab ruhiy kechinmalar, ijtimoiy bosim, ma’naviy izolyatsiya va mustaqillik uchun ichki kurash orqali yoritiladi. Nilufar obrazi orqali muallif ayol tanlovi ustidan jamiyat tazyiqini ko‘rsatadi. Onalik va ayollik masalasi Nilufarning hayotiy qarorlariga bevosita ta’sir qiladi. U jamiyatning “ayol — ona bo‘lishi kerak” degan qadriyatiga mos kelolmaydi va ayni shu jihat uning fojiasining asosini tashkil etadi. Nilufar o‘z tanloviga ega bo‘lishni istasa-da, jamiyat unga bu huquqni bermaydi. Uning ichki monologlari, ruhiy iztiroblari va sust harakatlari uni passiv fojia qahramoniga aylantiradi. Ujamiyatda mavjud bo‘lgan konservativ qadriyatlar qurbonisifatida tasvirlanadi. Bonu romanidagi Bonu esa tarixiy kontekstda tasvirlangan, ammo uning fojiasi zamonaviylikka xos elementlarga boy. Bonu ilmli, kuchli, o‘z hayotini nazorat qilmoqchi bo‘lgan ayol sifatida tasvirlanadi. Biroq u jamiyatdagi erkalik, siyosiy notinchlik, diniy va mafkuraviy bosimlar sababli 59 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com o‘z orzularini ro‘yobga chiqarolmaydi. Bonu obrazi faol harakat qiluvchi, jamiyatga qarshi chiqishga urinuvchi obrazdir. Uning tragizmi – orzu bilan haqiqat, bilim bilan kuchsizlik o‘rtasidagi ziddiyatdir. Uqat’iyatli, ammo yakunida fojiali tanlovga majburbo‘ladi. Har ikkala romanda ham ayolning hayotiy yo‘li tanlovlar bilan to‘la. Oyimtillada Nilufarning ichki olami passiv syujet orqali ochilsa, Bonuda syujet keskin burilishlarga, harakatlarga boy. Nilufarning fojiaviy holati ko‘proq ichki monologlar, sust harakatlar, sukunat orqali berilgan. Bonuning fojiasi esavoqealar zanjiri,qarama-qarshiliklar, ochiq to‘qnashuvlar orqali ko‘rsatilgan. Har ikkala asarda ham tragizm ramz va motivlar orqali kuchaytirilgan. Oyimtillada Nilufarning sukunati, o‘ziga qamalgan ruhiy holati asosiy motivga aylansa, Bonuda ayolning notinch ijtimoiy muhitdagi urinishlari, sukunatga majbur bo‘lishi tragik kayfiyat yaratadi. Har ikkala asarda ayol obrazi o‘z ovozini jamiyatda yo‘qotgan, ammo uni izlayotgan, topa olmayotgan obraz sifatida talqin qilinadi. Har ikki roman ham shuni ko‘rsatadiki, ayolning erkin qaror qabul qilolmasligi, uning fojiali yakunlarining asosiy sababi sifatida chiqadi. Nilufar o‘z tanasiga, hayotiga egalik qila olmaydi. Bonu esa o‘z bilimiga, g‘oyasiga egalik qila olmaydi. Bu ikki aspekt – hayotiy va intellektual erkinlik –o‘zbekayolining zamonaviy obrazinifojiaviylashtiradi. Nazariy asoslar. Ushbu maqolada ayol obrazini tahlil qilishda asosan feministik adabiy tanqid va ijtimoiy- konstruktivistik yondashuv asos qilib olinadi. Feministik nazariya adabiyotda ayol obrazining erkaklar yozgan andozalardan farqli tarzda ifodalanishiga urg‘u beradi. Bu nazariya asosida ayollarning ovozi,tanloviva hayotiy tajribasi markazgachiqariladi. Nilufar va Bonu obrazlari orqali o‘zbek adabiyotida ayollik timsoli erkak markazli madaniyatdan uzoqlashib, o‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” hamda Iqbol Mirzoning “Bonu” romanlarida zamonaviy o‘zbek ayolining fojiali taqdiri badiiy jihatdan qanday yoritilgani tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” hamda Iqbol Mirzoning “Bonu” romanlarida zamonaviy o‘zbek ayolining fojiali taqdiri badiiy jihatdan qanday yoritilgani tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bonu, zamonaviy ayol, ruhiy inqiroz, ichki iztirob, qiyosiy tahlil, jamiyat bosimi, Oyimtilla, tragizm, ayol obrazlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники