К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

MAKTABGACHAYOSHDAGI BOLALARDAAXLOQIYSIFATLARNI · Davronova SevinchAlisherovna

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari va samarali mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda axloqiy tarbiyaning mazmuni, uning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi roli, ta’sirchan vositalari, shuningdek, oilaviy va ijtimoiy muhitning ahamiyati yoritilgan. Maqolada bolalarning halollik, adolat, do‘stlik, kattalarga hurmat, tengdoshlar bilan mehr-oqibatli munosabat kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirishda pedagogik metodlar, ertaklar, o‘yinlar va shaxsiy namunaning o‘rni asoslangan holdabayon etiladi. Kalit so‘zlar: maktabgacha yosh, axloqiy tarbiya, shaxsiy fazilat, o‘yin faoliyati, pedagogik ta’sir, axloqiy namuna, ertak terapiya. Axloqiy tarbiya – shaxsning barkamol rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘lib, ayniqsa maktabgacha yosh davrida bu tarbiyaning poydevori qo‘yiladi. Bu davrda bola o‘zining kimligini, atrofdagilarning unga nisbatan munosabatini anglab boradi, axloqiy me’yor va qadriyatlar haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantiradi. Axloqiy sifatlar – halollik, do‘stlik, rostgo‘ylik, mas’uliyatlilik, kattalarga hurmat kabi ijtimoiy muhim fazilatlar – bola shaxsining har tomonlama rivojlanishidamuhimahamiyatga ega. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimida axloqiy tarbiya bolaga u bilan teng va hurmatli munosabatda bo‘lish, uning fikriga e’tibor berish, shaxsiy namunaviy xatti-harakatlar orqali ta’sir qilish, ijtimoiy vaziyatlarga mos ravishda pedagogik yondashuvlar bilan yetkaziladi. Ayniqsa, bu yoshdagi bolalar abstrakt tushunchalarni emas, balki aniq harakatlar, obrazlar va holatlar orqali axloqiy saboqlarni o‘zlashtiradi. Shu bois, ertaklar, rolli o‘yinlar, voqeali dramatizatsiyalar, ijtimoiy vaziyatli mashqlar axloqiytarbiyada asosiy vositahisoblanadi. Bolaning axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayoni — bu faqat bilim berish emas, balki to‘g‘ri xatti-harakatlarni o‘rgatish, hissiy munosabatlarni tarbiyalash va har bir ijtimoiy holatda qanday yo‘l tutishni o‘rgatishdir. Bu esa nafaqat pedagog, balki ota-onaning, atrof muhitning, hatto media vositalarining ham bevositata’siriga bog‘liq. Ushbu maqolada axloqiy sifatlarning shakllanish bosqichlari, ta’lim-tarbiya jarayonida ularni rivojlantirish mexanizmlari, qo‘llash mumkin bo‘lgan pedagogik texnologiyalar va uslublar haqida so‘zyuritiladi. Mazkur tadqiqot maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid amaliy va nazariy yondashuvlarni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida kuzatuv, psixologik suhbat, ota-onalar va pedagoglar bilan so‘rovnomalar, shuningdek, bolalar bilan o‘tkazilgan rolli o‘yin va ertak asosida ishlangan mashg‘ulotlartahlil qilindi. Toshkent shahridagi bir nechta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilgan kuzatuvlarda bolalarning kundalik xatti-harakatlari, guruhdagi o‘zaro munosabatlari, kattalarga va 44 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com tengdoshlariga bo‘lgan munosabatlari o‘rganildi. Suhbatlar orqali bolalarning axloqiy tushunchalari, adolat, do‘stlik, halollikhaqidagi shaxsiy tasavvurlari aniqlab borildi. Shuningdek, axloqiy tarbiyani shakllantirishda qo‘llanilgan uslublar – ertak terapiyasi, dramatik o‘yinlar, ijtimoiy vaziyatli mashqlar samaradorligi tajriba asosida baholandi. Pedagogik jarayonda qo‘llanilayotgan tarbiyaviy mashg‘ulotlar tarkibi, bolalarda qanday axloqiy fazilatlarni rag‘batlantirayotgani o‘rganildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy fazilatlar tabiiy ravishda, ammo maqsadli pedagogik yondashuv orqali tezroq va barqarorroq shakllanadi. Bolalarga real voqealarga yaqin ertaklar, rolli o‘yinlar orqali axloqiy me’yorlar tushuntirilganda, ular bu bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay boshlaydi. Kuzatuvlar asosida bolalarning boshqalarga yordam berish, navbat kutish, o‘z navbatida gapirish, tengdoshlariga nisbatan mehribonlik ko‘rsatish kabi xatti-harakatlari ijobiy tomonga o‘zgargani aniqlandi. E’tiborga loyiq jihat shuki, pedagoglar tomonidan axloqiy muammoli vaziyatlar asosida o‘tkazilgan suhbatlar bolalarning tanqidiy fikrlashi va empatiyasini rivojlantirishga yordam bergan. So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, ota-onalarning katta qismi axloqiy tarbiyada bolaga berilayotgan e’tibor va metodik yondashuvlarning foydasini his qilganini bildirgan. Shuningdek, pedagogik jamoa tomonidan bolalar bilan olib borilgan doimiy va izchil tarbiyaviy ishlar, ularga o‘zini tutishning axloqiy me’yorlarini izchil tushuntirish orqali ko‘plab axloqiy fazilatlar shakllanayotgani kuzatilgan. Yakuniy tahlil shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim muassasasida axloqiy tarbiya pedagogik muloqot, shaxsiy namuna, o‘yin texnologiyalari va ijtimoiy muhit orqali muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan taqdirdagina kutilgan natijani beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarning shakllanishi bolaning shaxsiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yoshdagi bolalar axloqiy me’yorlarni bevos

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari va samarali mexanizmlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari va samarali mexanizmlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya, axloqiy namuna, shaxsiy fazilat, o‘yin faoliyati, ertak terapiya., maktabgacha yosh, pedagogik ta’sir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти