Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADABIY OBRAZLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
ADABIYOBRAZLARORQALI AXLOQIYTARBIYANI SHAKLLANTIRISH · Qurbonboyeva Mohidil
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada adabiy obrazlarning tarbiyaviy imkoniyatlari, xususan, ular orqali o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Asarlar qahramonlari timsolida aks etgan insoniy fazilatlar, ularning xatti-harakati, jamiyatdagi o‘rni, fikrlari va hayotiy pozitsiyasi o‘quvchida axloqiy mezonlar, qadriyat va ideallarni shakllantiradi. Adabiyot darslarida adabiy obrazlarni tahlil qilish orqali yoshlarda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi fazilatlarni rivojlantirishning samarali usullariko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Adabiy obraz, axloqiy tarbiya, badiiy ta’sir, ma’naviyat, fazilat, badiiy asar, qahramon, estetik idrok, tarbiyaviy metod, o‘quvchi tafakkuri Axloqiy tarbiya – bu yosh avlodda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularning ichki dunyosi, iymoni, ongini go‘zallik va ezgulikka yo‘naltirish jarayonidir. Bu jarayonda san’atning, xususan, adabiyotning tutgan o‘rni beqiyosdir. Chunki adabiyot– hayotni aks ettiruvchi, undagi murakkablik va go‘zallikni obrazlar orqali ifoda etuvchi san’at turidir. Badiiy obrazlar inson qalbiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, uni ruhlantiradi, o‘ylantiradi, hayotiy mezonlarni anglashga yo‘naltiradi. Adabiy obrazlar o‘zida nafaqat estetik go‘zallikni, balki axloqiy va ijtimoiy mezonlarni mujassam etadi. Bu obrazlar orqali o‘quvchi turli hayotiy holatlarni tahlil qiladi, qahramonlar taqdiridan ibrat oladi, yaxshilik va yomonlik, haqiqat va yolg‘on, halollik va xiyonat, sadoqat va sotqinlik o‘rtasidagi tafovutni anglaydi. Xususan, Alisher Navoiy asarlaridagi Adolatparvar podshohlar, Abdulla Qodiriyning Otabek obrazidagi sadoqat, Cho‘lpon she’riyati orqali ifodalangan Vatan sevgisi kabi jihatlaraxloqiy tarbiyaning kuchli vositasidir. Maktab adabiyot darslarida adabiy obrazlar ustida ishlash orqali o‘quvchilar faqat matnni o‘qib chiqish bilan cheklanmay, balki qahramonlar taqdirini tahlil qiladi, muammo va sabablarga yechim topishga urinadi. Bu esa o‘z-o‘zini anglash, muqaddas qadriyatlarga sodiq bo‘lish, jamiyatga foydali bo‘lishsingari axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu jihatdan, adabiy obrazlarni ta’lim-tarbiyada vositasifatida chuqur o‘rganish va ularni metodik yondashuvlar asosidadars jarayoniga tatbiq etish —bugungi ta’limning dolzarb vazifalaridandir. Ushbu maqolani tayyorlashda tahliliy-tavsifiy, pedagogik kuzatuv, adabiy matn tahlili, hamda uslubiy-metodik yondashuvlarga tayanildi. Tadqiqot asosan quyidagi yo‘nalishlarasosidaamalga oshirildi: Adabiy obrazlar tahlili – Navoiy, Abdulla Qodiriy, Oybek, Cho‘lpon, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov va O‘tkir Hoshimov kabi adiblarning asarlaridagi obrazlar chuqur tahlil qilinib, ularning axloqiy ma’nosiochib berildi. Tarbiya nuqtayi nazaridan obrazlarni guruhlash – axloqiy fazilatlar (halollik, sadoqat, sabr, fidoyilik, adolat, mehnatsevarlik)aks etgan qahramonlar alohidaguruhlarga ajratilib o‘rganildi. 18 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com Dars jarayonida qo‘llash usullari – adabiyot darslarida adabiy obrazlarni tahlil qilish orqali axloqiy tarbiya berishning samarali metodlari (muammo asosidagi savollar, bahs-munozara, rolda chiqish, dramatizatsiya) o‘rganildi. O‘quvchi mulohazalariga tayanish – o‘quvchilarning obrazlar haqidagi fikrlari, ularga nisbatan emotsional munosabati, qanday tarbiyaviy xulosaga kelgani o‘rganildi (so‘rovnoma va og‘zaki fikrlar asosida). Ushbu metodlar yordamida adabiy obrazlarning axloqiy tarbiyadagi imkoniyatlari aniq, tizimli va amaliy misollarbilan asoslab berildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi asosiy xulosalaraniqlandi: Adabiy obrazlar o‘quvchining ongiga bevosita estetik va axloqiy ta’sir ko‘rsatadi. Obrazdagi fazilatlar–go‘yo real hayot sabog‘i kabi qabul qilinadi. Obrazlar orqali o‘quvchi hayotiy mezonlarni anglaydi: yaxshi va yomonni ajratadi, adolatni qadrlaydi, sabr, sadoqat, halollikkabi qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Qahramonlar taqdiri orqali o‘quvchi o‘zini solishtirishga, muqoyasa qilishga o‘rganadi, bu esa o‘z-o‘zinibaholash va tarbiyalashga olib keladi. Adabiyot darslarida obrazlar ustida ishlash nafaqat savodxonlikni, balki tarbiyaviy ta’sirni kuchaytiradi.Bu darslardaaxloqiy-psixologik tarbiya berish imkoniyatini oshiradi. Dramatik obrazlar orqali axloqiy muammolar muhokamaga tortilishi, o‘quvchini faol ishtirokchi, mustaqilfikrli shaxs sifatidashakllantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy dars metodlari bilan boyitilgan obraz tahlillari o‘quvchilarda axloqiy ong, hayotga real vaideal qarash uyg‘otadi. Adabiyot – bu inson qalbini tarbiyalovchi, ruhini boyituvchi san’at turi. Ayniqsa, badiiy asardagi adabiy obrazlar — ya’ni, qahramonlar timsoli orqali ta’sir etish ta’lim-tarbiyada nihoyatda muhimdir. Yaxshi yozilgan obraz o‘quvchining ko‘z o‘ngida jonlanadi, u bilan birga yashaydi, o‘y-fikrlari, harakati bilanyosh qalbga singadi. Misol uchun: Otabek (A. Qodiriy “O‘tkan kunlar”) — halollik, fidoyilik, ilmga chanqoqlik, millatparvarlik timsoli. Ulug‘bek (P. Qodirov “Yulduzli t
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada adabiy obrazlarning tarbiyaviy imkoniyatlari, xususan, ular orqali o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada adabiy obrazlarning tarbiyaviy imkoniyatlari, xususan, ular orqali o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy asar, axloqiy tarbiya, qahramon, o‘quvchi tafakkuri, tarbiyaviy metod, ma’naviyat, Adabiy obraz, estetik idrok, badiiy ta’sir, fazilat
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025