К содержанию
РецензированоUZ2026

MOLIYAVIY NAZORATNING IQTISODIY MOHIYATI

MOLIYAVIY NAZORATNING IQTISODIYMOHIYATI

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Maqolada moliyaviy nazorat tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni oshirishda moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritibberilgan. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik va korrupsiya holatlarining oldini olishda moliyaviy nazoratning asosiy vosita sifatida xizmat qilishiasoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Nazorat funksiyasi, iqtisodiy xavfsizlik,iqtisodiy nazorat, davlat moliyasi. Annotation: The article provides a scientific analysis of the economic content of the concept of financial control, its place and importance in the economy. The role of financial control in ensuring rational and targeted use of financial resources, increasing budgetary discipline and financial transparency has been highlighted. It is also based on the fact that it serves as the main tool offinancial control in ensuring economic security, preventing cases of fraud and corruption. Keywords:Controlfunction, economicsecurity,economic control, publicfinance. Moliyaviy nazorat – bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar harakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari faoliyatini boshqarishni o‘ziga xos usullari, shakllar yordamida tashkiletish. Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi: barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro - va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga judakattae’tiborberiladi. Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchunham moliyaviy nazoratningob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi. 12 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat: turlidarajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; soliqto‘lovlarininghajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari); xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muomalaxarajatlari; tannarx vafoyda; uyxo‘jaliklarining daromadlari vaxarajatlari; vaboshqalar. Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqozaetadi. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy subyektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan vaikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo‘lgan) ikkisohaga bo‘linadi: davlat moliyaviy nazorati; nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga

Доказательный фрагмент

«Maqolada moliyaviy nazorat tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada moliyaviy nazorat tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Controlfunction, economicsecurity, economic control, publicfinance, iqtisodiy nazorat, Nazorat funksiyasi, davlat moliyasi., iqtisodiy xavfsizlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники