К содержанию
РецензированоUZ2026

ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLAR VA BOLALARNI HIMOYA QILISH TIZIMINING TAKOMILLASHUVI

QILISH TIZIMINING TAKOMILLASHUVI · Azizova Xosiyat Axmadbekovna

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada jamiyatda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimining takomillashuvi masalalari tahlil etilgan. Muallif jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatishning kompleks mexanizmlarini yoritib bergan. Kalit so‘zlar: Zo‘ravonlik, gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari, davlat himoyasi, ijtimoiy xizmatlar, psixologik reabilitatsiya, voyaga yetmaganlar himoyasi, shelter (boshpana) markazlari, ayollar daftari. Innovatsion muhit bo‘lishidan qat’iy nazar hozirgi davrga kelib inson o‘zining taqdiri, o‘zi erishadigan maqsaddagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxt yoki baxtsizlik, hunar tanlashi, kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog‘liqdir. Oilaning kelajakdagi yuzaga keladigan taqdiri esa insonning o‘ziga bog‘liq. Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog‘liqligi azaliy haqiqat. Shuni ta’kidlash lozimki, oilada tartib-intizom bo‘lsa, uning a’zolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga ko‘chiradi vafaoliyatlarida qo‘llaydilar. Hozirgi kunda erkaklar va ayollar teng huquqlarga ega bo‘lgan sharoitda umrguzaronlik qilmoqda va hatto hozirda xotin-qizlarga berilgan imtiyoz-imkoniyatlar har qachongidan yaxshiroq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimiz huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish yo‘lida dadil odimlab borar ekan, gender tenglikni ta’minlash sohasida izchil va samarali sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Shu asosda ularni qadrlash va ulug‘lashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy huquq tizimi yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev xotin- qizlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish borasida shunday degan edi: “Hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart. Afsuski, biz uzoq vaqt bu masalaga yetarlicha e’tibor bermasdan, hurmatli opa- singillarimizning dardu tashvishlariga beparvo qarab kelganimiz tufayli yillar davomida to‘planib qolgan ijtimoiy muammolarni hal qilish bugun, ochig‘ini aytish kerak, oson bo‘lmayapti. Lekin qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, muhtaram opa-singillarimiz uchun munosib ish va turmush sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha biz bor kuch va imkoniyatlarimizni to‘la safarbar etamiz”. Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-may 2024 yildagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Mazirlar mahkamasining 25-iyun 2024 yildagi “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 354-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Qarorda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirish va vaqtincha boshpana (shelter) bilan ta’minlash hamda ulardan chiqarish, xotin- qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida shakllantirish va yuritish, xotin-qizlar va ularning voyaga 9 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com yetmagan farzandlariga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda hududiy markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarva ularning monitoringiga alohidato‘htalib o‘tilgan. Tayiq va zo‘ravonlik jamiyatdagi eng yomon illatdir. U insonlar o‘rtasidagi tenglik va erkinlikni yo‘qqa chiqaradi. Qullik, qaramlik, o‘zgalar ustidan hukm yuritish, ularni kamsitish va tahqirlashga olib keladi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni vaqtida aniqlash va ushbu jarayonlarga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratildi. Yangi O‘zbekiston diyorida xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari davlat himoyasida: 1. Huquqiy asoslar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun gender tenglikni ta‘minlashga qaratilgan. “Bolahuquqlari to‘g‘risida”gi Qonun bolalarning huquqvamanfaatlarini himoya qiladi. 2. Davlathimoyasi shakllari. Ijtimoiy yordam: kam ta‘minlangan oilalarga nafaqa, moddiyyordam vasubsidiyalar beriladi. Huquqiy himoya: zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va bolalar uchun himoya orderlari va maslahat xiz

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada jamiyatda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimining takomillashuvi masalalari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada jamiyatda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimining takomillashuvi masalalari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
voyaga yetmaganlar himoyasi, Zo‘ravonlik, ijtimoiy xizmatlar, shelter (boshpana) markazlari, davlat himoyasi, gender tengligi, psixologik reabilitatsiya, ayollar daftari, xotin-qizlar huquqlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники