К содержанию
РецензированоUZ2026

BYUDJET TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Д Норбоева · Д. Нуруллаева

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimining amaldagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, byudjet tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: byudjet tizimi, fiskal siyosat, davlat xarajatlari, byudjet intizomi, mahalliy byudjetlar, samaradorlik. Annotation: This article analyzes the current state of the budget system in the Republic of Uzbekistan, existing problems and ways to eliminate them. Also, the main directions of improving the budget system and their impact on economic efficiency are covered on a scientific basis. Key words: budget system, fiscal policy, government spending, budget discipline, local budgets, efficiency. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyasini boshqarishda byudjet tizimi alohida o‘rin egallaydi. U davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini moliyalashtirish, fiskal siyosatni amalga oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vositasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar davlat moliyasi tizimini, xususan byudjet tizimini modernizatsiya qilishni talab etmoqda. Shu boisdan ham byudjet tizimini takomillashtirishhozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir. Byudjet tizimi – bu davlatning moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan moliyaviy mexanizmdir. O‘zbekistonda byudjet tizimi quyidagi bosqichlardan iborat:  Respublikabyudjeti;  Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti;  Viloyatlar vaToshkent shahri byudjetlari;  Tuman va shahar byudjetlari;  Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari. Bu bosqichlar o‘zaro vertikal va gorizontal bog‘liqlikka ega bo‘lib, ularning har biri moliyaviy mustaqillikka intilishikerak. O‘zbekistonRespublikasi byudjettizimidaquyidagi asosiy muammolarmavjud:  Byudjet intizomining sustligi: Byudjet mablag‘larining maqsadsiz ishlatilishi holatlari hali-hanuz uchrab turibdi.  Mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligi past: Mahalliy darajadagi byudjetlarning markaziy byudjetdan yuqori darajada qaramligi ularning tashabbuskorligini cheklaydi.  Byudjet xarajatlarining samaradorligi past: Ajratilayotgan mablag‘lar iqtisodiy natijaga yetarlicha ta’sirko‘rsatmayapti.  Soliq va bojxona tushumlarining barqaror emasligi: Soliq bazasining torligi byudjet daromadlarini barqaror shakllantirishga to‘sqinlikqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimini takomillashtirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarzarur: Byudjet intizominikuchaytirish 7 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com  Byudjet mablag‘lariningsarflanishini doimiynazorat qilish;  Avtomatlashtirilgan byudjet monitoring tizimlarini joriy etish;  Hisobot berish tartiblarini qat’iylashtirish. Mahalliy byudjetlarningmoliyaviy mustaqilliginioshirish  Mahalliy soliq manbalarini kengaytirish;  Mahalliy hokimiyatlarga byudjet tuzishvakolatlarini ko‘proq berish;  Transferlar mexanizminiqayta ko‘rib chiqish. Xarajatlarsamaradorligini oshirish  Davlat xarajatlarining iqtisodiytahliliniyo‘lga qo‘yish;  Loyihalarga ajratiladigan mablag‘larustidan samaradorlik asosidatanlov asosida ajratish;  Natijadorlikka yo‘naltirilgan byudjet tamoyillarini joriyetish. Soliqvabojxona tiziminiislohqilish  Soliqbazasini kengaytirish va soyadagi iqtisodiyot hajmini qisqartirish;  Raqamli texnologiyalar asosidasoliqyig‘imlarinioptimallashtirish;  Soliqyuki adolatli taqsimotinita’minlash. Raqamli byudjet boshqaruvitizimini joriy qilish  “E-byudjet”tizimini barcha bosqichlarga joriy etish;  Xarajatlar vadaromadlar prognozini avtomatlashtirish;  Sun’iy intellekt asosidagi tahlilvositalaridan foydalanish. Byudjet tiziminingtakomillashuvi ijtimoiy-iqtisodiyrivojlanishgata’siri Byudjet tizimini yuqoridagi yo‘nalishlarasosidatakomillashtirishquyidagi natijalarga olib keladi:  Davlat xarajatlari ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;  Mahalliy hokimiyatlar tashabbusini kuchaytiradi;  Moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaydi;  Investitsion muhityaxshilanadi;  Ijtimoiyhimoya tizimi barqarormoliyaviy asosda rivojlanadi. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, hududlar o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytirish va fiskal barqarorlikni ta’minlash uchun byudjet tizimini chuqur takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Maqolada ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar orqali byudjet tizimini yanada zamonaviy va samarali tizimga aylantirish mumkin. Ayniqsa, byudjet intizomi, mahalliy byudjetlar mustaqilligi va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi byudjet boshqaruvining sifatini keskin oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLARRO‘YXATI: 1. O‘zbekistonRespublikasi Byudjet Kodeksi (2020-yilgi tahrir). 2. O‘zbekistonRespublikasi Prezidentiningqarorlari vafarmonlari (2022–2024-yillar). 3. Jahonbanki –“PublicExpenditureReview: Uzbekistan” (2023). 4. Moliya vazirligi axborotnomalari vastatistik hisobotlari. 5. Xudoybergano

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimining amaldagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimining amaldagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
budget system, fiscal policy, government spending, budget discipline, local budgets, samaradorlik., byudjet intizomi, mahalliy byudjetlar, davlat xarajatlari, fiskal siyosat, byudjet tizimi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники