Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAKKIZ SOATLIK ISH KUNI, UNING AHAMIYATI HAMDA YANGI LOYIHALAR TASNIFI
IYUL ANDIJON · Abdurofiyeva NodirabonuAvaz qizi
Научный информационный бюллетень · 2025
Аннотация
Fuqarolik jamiyatida ko`pchilik insonlar o`z qobiliyat , salohiyat va erkin tanlagan kasbiy tanlovlaridan kelib chiqqan holda muayyan muassasa va tashkilotlarda mehnat faoliyatlarini amalga oshiradilar va ular mehnat shartnomasida belgilab qo`yilgan ish soatlarida o`zlariga yuklangan vazifalarni bajaradilar. Biroq belgilangan ish soatlari xodimlarning ishchanlik qobiliyatiga va ishga bo`lgan ijobiy munosabatlariga putur yetkazmoqda, bu esa xodim faoliyat olib borayotgan muassasaning faoliyatiga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Ushbu maqolada mehnat faoliyatining tashkil topishi ,sakkiz soatlik ish kunining kelib chiqish tarixi, sakkiz soatlik ish kuning salbiy oqibatlarining sabablari, jahon tajribasi va ish soatlarini qisqartirish mehnat samaradorligini oshirish uchun yechim ekanligiga oid islohotlar keng yoritilgan. Kalit so`zlar: Ish vaqti, mehnat huquqi, xodim, mehnat shartnomasi , Qirol Ordenan de Felipe farmoni, “yarim professionallar”, “texnik xodimlar”,ish haqqi, “Karroshi” atamasi , sprintlar tizimi,dam olishvaqti ,mahsuldorlik chegarasi . Inson bor ekan , jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lish, muayyan sohaning yetuk kadri bo`lish uchun harakat qiladi va o`z sohasiga doir bo`lgan bilim va ko`nikmalarimi oshirib boradi. Zero har bir shaxs rivojlangan fuqarolik jamiyatini qurishda o`z mehnati bilan hissa qo`shishga xohishmanddir. O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasining 42- moddasidamehnat qilishga oid huquqva erkinliklarnorma shaklidaqayd etib qo`yilgan . Ungako`ra : “Har kim munosib mehnat qilish , kasb va faoliyat turini erkin tanlash , xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash , mehnat uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to`lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo`lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega…”1 Shaxs biror muassasa yoki tashkilotda belgilangan vaqtda o`z mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Xo`sh, ish vaqtining o`zi nima degan savolga javob topish uchun mehnat qonunchiligigamurojaat qilamiz.Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko`ra:2 Ish vaqti - bu xodim ish tartibi va grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o`z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo`lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Mamlakatimiz qonunchiligigako`ra ishvaqti uch turga bo`linadi. Bular: 1. To`liqish vaqti ; 1https://lex.uz 2 https://www.norma.uz 279 IYUL ANDIJON,2025 2. Qisqartirilgan ish vaqti.; ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI 3. To`liqsizishvaqtlaridir. To`liq ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Biroq qonunchiligimizda belgilangan yosh toifadagi va muayyan zararli va xavfli sharoitda ishlaydigan shaxslar uchun imtiyozlar mavjud. Bunga ko`ra ular qisqartirilgan ish vaqti rejimida ishlaydilar. Bu ish stajiga hamda va boshqa huquqlarga o`z ta`sirini o`tkazmaydi. Mehnat qonunchiligining 118-moddasiga asosan quyidagishaxslar ish soatlari aniq qilibqo`yilgan qisqartirilgan ish vaqtida ishlaydilar : 16yoshgacha bo`lganlar uchun haftasiga 24soat; 16yoshdan 18yoshgacha bo`lganlar uchunhaftasiga 36soat; Zararli vaxavfli sharoitda ishlaydigan laruchun ham qisqartirilgan ish vaqtilari belgilangan. Bugungi kundagi qulay ish soatlarining kelib chiqish tarixi hech birimizni qiziqtirmay qolmaydi. Odatda 8 soatlik ish kuni ba`zi xodimlar uchun juda uzoq ish vaqti sifatida qabul qilinishi mumkin , biroq 8 soatlik ish vaqtiga erishish uchun uzoq yillar avval odamlar tish- tirnog`i bilan kurashishgan. Xususan sanoat jihatdan rivojlangan davlatlardan biri Buyuk Britaniya mamlakatida bu vaziyat juda qiyin kechgan. Fabrika mehnatining ommalashishi natijasida ishchi xodimlar bundan aziyat chekmay qolishmadi.Bolalar mehnatidan foydalanish, xavfli ish sharoiti va haftasiga 6 kun davomida ular eng kamida 10 soat ishlashgan. Odatiy ish soatlari esa 16 soatni tashkil etgan. 18-asr oxirlarida bu vaziyat nafaqat Buyuk Britaniyada ,balki ko`p mamlakatlarda ish kuni 16-17 soatni , 1- jahon urush arafasida esa 10- 12 soatni tashkil etgan.3 Ishchilar uzoq vaqt davomida bu holatga ko`z yumib kelishgan va o`z huquqlarini ilg`ay boshlashgan ishchilar tomonidan ishdan bosh tortish, g`alayonlar ko`tarish, namoyishlar kabi harakatlar boshlangan. Bunday vaziyatni ko`rgan ish beruvchilar ishchilar uchun qulayliklar yaratilmasa, sanoati inqirozga yuz tutishini anglab yetishdi. Shunday islohotlarni Shotlandiyaning Nyu-Lanark shahridagi tegirmon egasi Robert Ouen boshlab berdi. U ilk marta 1810 yilda o`z ishchilariga 10 soatlik ish kunini taklif qildi .Bu taklifni tegirmon ishchilari ta`tildek qabul qilishdi. Hozirgi davrda biz insonlar 10 soat ishlaydigan bo`lsak , o`zimizni uzoq davom etgan smenadan chiqqandek his etamiz.10 soatlik ish kunini ham ko`p deb hisoblagan Robert Ouen keyinchalik 8 soatlik ish kuni uchun kurash olib bordi. Robert Ouen 8 soatlik ish kuni talabi bilan chiqqanida, u shu so`zlarni o`z shioriga aylantirib olgan edi :”8 soatlik ish kuni, 8 soatlik dam ol
Доказательный фрагмент
«Fuqarolik jamiyatida ko`pchilik insonlar o`z qobiliyat , salohiyat va erkin tanlagan kasbiy tanlovlaridan kelib chiqqan holda muayyan muassasa va tashkilotlarda mehnat faoliyatlarini amalga oshiradilar va ular mehnat…»
Образец извлечения
Демо-превьюFuqarolik jamiyatida ko`pchilik insonlar o`z qobiliyat , salohiyat va erkin tanlagan kasbiy tanlovlaridan kelib chiqqan holda muayyan muassasa va tashkilotlarda mehnat faoliyatlarini amalga oshiradilar va ular mehnat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mehnat huquqi, xodim, “texnik xodimlar”, sprintlar tizimi, Qirol Ordenan de Felipe farmoni, “Karroshi” atamasi, mehnat shartnomasi, “yarim professionallar”, mahsuldorlik chegarasi ., ish haqqi, dam olish vaqti, Ish vaqti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024