Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQLIMIY SHAROITGA MOSLASHTIRILGAN ARXITEKTURA: O‘ZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI UCHUN DIZAYN YONDASHUVLARI
IYUL ANDIJON · IQLIMIYSHAROITGA MOSLASHTIRILGANARXITEKTURA: O‘ZBEKISTON · ILM FJAANNUBIYYHAUNDUGDLIALRIIKUCLHAUNRDIIZAKYON YNONFDEASRHUEVNLASRIIYASI · HamidovaMohigul Hayotqizi · Janubiy O‘zbekiston
Научный информационный бюллетень · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston janubiy hududlarining iqlimiy xususiyatlarini inobatga olgan holda arxitektura loyihalarini ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi. Haroratning yuqoriligi, kam yog‘ingarchilik, quyoshli kunlar ko‘pligi kabi omillar energiya tejovchi, ekologik qulay va mahalliy qurilish an’analariga asoslangan dizayn yondashuvlarini talab qiladi. Maqolada passiv sovitish tizimlari, tabiiy ventilyatsiya, quyosh panellaridan foydalanish va soyali maydonlarni tashkil etishbo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: iqlimga mos arxitektura, passiv dizayn, tabiiyventilyatsiya, issiqlik izolyatsiyasi, Janubiy O‘zbekiston O‘zbekistonning janubiy viloyatlari — Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarining ayrim qismlari — yarim cho‘l va cho‘l iqlimiga ega. Bu hududlarda yozda harorat 40–45°C gacha yetadi, havo namligi past, qishda esa keskin sovuqlar kuzatiladi. Ana shu iqlimiy omillar aholi yashash sharoitini murakkablashtiradi va arxitektura yondashuvlariga alohidatalablar qo‘yadi. Bugungi globallashuv jarayonida ko‘plab davlatlarda universal arxitektura uslublari keng qo‘llanilmoqda. Biroq bu yondashuv har doim ham mahalliy iqlim sharoitlariga mos kelavermaydi. O‘zbekiston janubiy hududlarida ayniqsa yoz mavsumida issiqlik darajasi yuqori bo‘lishi, sovitish xarajatlarining ortishiga olib kelmoqda. Energiya resurslari cheklangan sharoitdaesa bumuammo iqtisodiy vaekologik inqirozlarga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun, yangi qurilayotgan binolarni loyihalashda passiv energiya tejovchi tizimlar, mahalliy materiallardan foydalanish, an’anaviy dizayn elementlarini zamonaviy uslublar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu yondashuv nafaqat yashash sharoitini qulaylashtiradi, balki milliy arxitekturaan’analarini saqlashgaham xizmat qiladi. Janubiy viloyatlar uchun mo‘ljallangan loyiha va inshootlarda bu yondashuv hali keng qo‘llanilmayapti. Aksariyat hollarda standart va umumiy dizayn modellaridan foydalanilmoqda. Ushbu maqola ana shunday muammolarni yoritish, zamonaviy ekologik yondashuvlarni taklif qilish hamda tarixiy qurilish tajribasidan o‘rinli foydalanish zaruriyatini asoslashga xizmat qiladi. Bugungi kunda bu hududlarda barpo etilayotgan ko‘plab binolar umumiy shablon asosida, iqlimiy moslashtirishsiz qurilmoqda. Natijada, issiqlik energiyasi isrofgarchiligi, ichki mikroiqlimning nomuvofiqligi va yuqori ekspluatatsiya xarajatlari yuzaga kelmoqda. Ushbu 267 IYUL ANDIJON,2025 maqolada aynan janubiy iqlim sharoitiga mos arxitektura dizayn yechimlarini ishlab chiqish va ulaIrLniMjoriyFetiAsh mNasaYlasAi koN‘ribGchIiLqilIadKi. LARI KONFERENSIYASI Meteorologik tahlil: 2000–2023 yillar orasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi harorat, namlik vaquyosh nurlanishi ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Me’moriy kuzatuv: Termiz va Qarshi shaharlaridagi turar-joy, ta’lim va sog‘liqni saqlash obyektlarining loyihalari tahlil qilindi. An’anaviy qurilish uslublari: mahalliy loy, g‘isht, suvoq va peshtoq elementlari o‘rganilib, ularning zamonaviy arxitekturadagi o‘rni baholandi. Xalqaro amaliyotlar bilan solishtirish: O‘xshash iqlimga ega bo‘lgan Eron, Marokash va Saudiya Arabistoni arxitekturasidagi iqlimga moslashtirilgan dizayn yondashuvlari tahlil qilindi. Quyosh radiatsiyasi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda binolarning sharq va g‘arb fasadlarini soyali elementlar bilan himoyalash, derazalar sonini kamaytirish, tomlar uchun oq rangli, yorug‘likniqaytaruvchi materiallardan foydalanish tavsiya qilinadi. Ichki sovitish xarajatlarini kamaytirish uchun binolarning oraliq devorlariga qalin issiqlik izolyatsiyasiqo‘llanishienergiya samaradorligini oshiradi. An’anaviy uslubdagi suvoq va peshtoq elementlari nafaqat estetik jihatdan, balki fasadni quyoshdan himoyalashda ham amaliy foydaberadi. Passiv sovitish uslublari, masalan, vertikal shamollatish minoralari (badgir) va yuqoridan havo aylanishini ta’minlovchi deraza tizimlari orqali konditsionerga bo‘lgan ehtiyoj 30–40% gacha kamayadi. Iqlimiy sharoitga moslashtirilgan arxitektura faqatgina energiya tejash emas, balki inson salomatligi va qulay yashash muhiti uchun ham muhim omildir. Ayniqsa, iqlim o‘ta ekstremal bo‘lganjanubiy hududlarda bunday yondashuv zarur. Zamonaviy arxitekturadagi asosiy xatoliklardan biri — shablonli, takroriy loyiha tiplarini barcha iqlim zonalariga bir xil tarzda qo‘llashdir. Bu esa arxitektura mohiyatiga zid bo‘lib, mahalliy resurslardan foydalanmaslik, ortiqcha energiya sarfi va ekologik nomuvofiqlikka olib keladi. Mahalliy materiallar (loy, g‘isht, yog‘och) uzoq yillar davomida iqlim bilan sinovdan o‘tgan bo‘lib, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Shu bilan birga, binolarda tabiiy yoritish, ichki hovli (ayvonli) tizimlar, kichik hovuzlar, quyosh batareyalari va yomg‘irsuvi yig‘ish tizimlarini joriy qilish orqali ekologik samaradorlik oshiriladi. Ushbu tadqiqotdan olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda ko‘plab shahar va qishloq joylarda barpo etilayotgan binolarda klima
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston janubiy hududlarining iqlimiy xususiyatlarini inobatga olgan holda arxitektura loyihalarini ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston janubiy hududlarining iqlimiy xususiyatlarini inobatga olgan holda arxitektura loyihalarini ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- issiqlik izolyatsiyasi, tabiiy ventilyatsiya, Janubiy O‘zbekiston, iqlimga mos arxitektura, passiv dizayn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025