Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO MOLIYA OPERATSIYALARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
OSHIRISH YO‘LLARI · Nosirova Jamilaxon Akbarovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.
Современная наука и исследования · 2 · 45–52 · 2026
Аннотация
This article examines the issue of improving the efficiency of international financial operations management using the example of the activities of Asakabank JSC. The bank's practice of cooperation with international financial institutions, management mechanisms in currency operations, hedging strategies and compliance system are analyzed. During the study, the effectiveness indicators of cross-border payments, currency risk management, and resource attraction through international credit lines were assessed based on statistical data. Also, practical recommendations for further optimization of international financial operations were developed based on the experience of Asakabank. Keywords: international finance, Asakabank JSC, financial operations, currency risks, cross-border payments, compliance control, financial management, hedging strategy, financial efficiency, export-import financing, SWIFT system, international cooperation, credit lines. Kirish: Global moliyaviy integratsiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi davrda xalqaro moliya operatsiyalarini samarali boshqarish har bir tijorat banki uchun strategik muhim masalaga aylanmoqda. Ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, transchegaraviy to‘lovlarni tez va xavfsiz amalga oshirish kabi faoliyat yo‘nalishlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, bank moliyaviy barqarorligining asosiy omillaridan biridir. Xalqaro moliya amaliyotining murakkabligi, valyuta kurslarining tez-tez o‘zgarib turishi, moliyaviy risklar va har xil yurisdiksiyalar talablari bu yo‘nalishdagi boshqaruv samaradorligini yanada oshirish zaruratini tug‘dirmoqda. Shu nuqtayi nazardan, xalqaro moliyaviy operatsiyalarni zamonaviy texnologiyalar, risklarni boshqarish strategiyalari va compliance tizimlari orqali samarali boshqarish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Xalqaro moliya operatsiyalarining samarali boshqaruvi bo‘yicha O‘zbekiston olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar so‘nggi yillarda sezilarli darajada faollashgan. Jumladan, Rasulov A.B. (2020) o‘zining tadqiqotida O‘zbekiston bank sektorining xalqaro moliyaviy institutlar, jumladan Jahon banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) bilan hamkorlik mexanizmlarini chuqur tahlil qilgan. 458 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 U, asosan, ushbu institutlar tomonidan ajratilgan kredit liniyalarining tijorat banklari orqali real sektordagi investitsion loyihalarga ta’sirini o‘rganib, ushbu hamkorlik mamlakat iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy bozorning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, xalqaro moliyaviy manbalarni jalb qilish bo‘yicha professional yondashuv va monitoring tizimlarining mavjudligi operatsion samaradorlikka bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Toshpulatova D.X. (2021) esa tijorat banklarida valyuta risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish masalasini markaziy o‘ringa qo‘ygan. U o‘z dissertatsiyasida valyuta kursining o‘zgaruvchanligi sababli yuzaga keladigan moliyaviy xatarlarning oldini olishda hedjing vositalarining — xususan, svop, forvard va fyuchers bitimlarining — samarali qo‘llanishini asoslab bergan. Muallif valyuta xatarlariga qarshi professional yondashuv banklarning likvidlik darajasini ushlab turishda muhim omil ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston bank tizimida bunday vositalarning joriy etilishi borasida qator amaliy takliflar bildirgan. Bu tadqiqot xalqaro moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonlik tadqiqotchi Mamatqulov U.I. (2023) esa o‘z tadqiqot ishida xalqaro to‘lov tizimlarining raqamlashtirilishi masalasiga e’tibor qaratgan. U SWIFT, SEPA, VisaNet kabi zamonaviy tizimlarning O‘zbekiston moliya sektorida joriy etilishi va ulardan foydalanish darajasi, ularning texnologik afzalliklari va xavfsizlik darajasini tahlil qilgan. Tadqiqot muallifi O‘zbekiston banklarining global moliyaviy infratuzilmaga integratsiyalashuvi mamlakatda xalqaro moliya operatsiyalarining tezligi, ishonchliligi va shaffofligini oshirishda muhim omil ekanligini alohida qayd etgan. Shu bilan birga, muallif tomonidan xorijiy tajribalar asosida bir qator innovatsion takliflar ham ilgari surilgan. Rossiya olimlari ham xalqaro moliya operatsiyalari bo‘yicha qimmatli nazariy asoslar yaratgan. Jumladan, Zaytseva N.A. (2019) o‘zining “Upravlenie mezhdunarodnymi finansovymi operatsiyami v usloviyax volatil'nosti valyutnyx rynkov” nomli ilmiy ishida valyuta bozoridagi o‘zgaruvchanlik sharoitida xalqaro operatsiyalarni qanday boshqarish kerakligi borasida strategik yondashuvlarni ishlab chiqqan. U moliyaviy rejalashtirish, risklarni diversifikatsiyalash va valyuta hedjing vositalaridan foydalanish mexanizmlarini nazariy jihatdan asoslab, ular amaliyotda qanday ishlashini Rossiya bank tizimi misolida ko‘rsatib bergan. Shuningdek, Smirnov V.I. (2022) o‘z
Доказательный фрагмент
«This article examines the issue of improving the efficiency of international financial operations management using the example of the activities of Asakabank JSC.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the issue of improving the efficiency of international financial operations management using the example of the activities of Asakabank JSC. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- international finance, Asakabank JSC, financial operations, currency risks, eksport-import moliyalashtirish, moliyaviy samaradorlik, transchegaraviy to‘lovlar, xalqaro hamkorlik, SWIFT tizimi, “Asakabank” AJ, hedjing strategiyasi, xalqaro moliya, kredit liniyalari., moliyaviy boshqaruv, valyuta risklari, moliyaviy operatsiyalar, compliance nazorati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025