К содержанию
РецензированоEN2026

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BADIIY DETALLAR

Alimova Mohidil

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei made that provide specific and the gameis scientific analysis. The writer is the occurrence of internal mental image out of his hero status kredosi creative ob'ektivligi the world, and the reliability of the image is clear, the author details in the likelihood of out your artistic artistic goals] which plays an important role. Keywords: kompozitsiya, artistic details, images, nature, landscape details, item details, exposition, interior details, artistic konstepstiya. Yozuvchilarning asosiy qismi asar yozib bo’lishgandan so’ng, uning sarlavhasi, unga beriladigan nom ustida, asarga ajratilgan vaqtdan ko’ra bo’lsa, asar nomi kiyimni kiyib namoyish qiladigan madel qiz deyishimiz mumkin. Bu xuddi aksioma qonuni singari, biri birisini taqazo etadi. Inson umri doimo yashillikni mangu maskanini qumsab yashaydi. Qalb illatlardan, yovuzlikdan to’xtamas ekan, umr xazonrezgilik balosiga mubtalo bo’ladi. Ko’klam ro’yxushlik bermaydi. Manguga makonsiz, shamollarda sargardon hislar singari o’zligi izldizlari qariga g’oyib bo’ladi. Shukur Xolmirzayevning “Bahor o’tdi” hikoyasi. Bu asar insonni chuqur o’yga toldiradi.\ Shukr qilishga, mulohazakorlik bilan fikr yuritishga majbur qiladi. Qishloqning tanti, otasi vafot etgani uchunmi, yolg’iz onasi bilan qolgan qiz qishloq qayerida yig’ayotganini ko’rishsa unga achinishar, doimo muloyimlik bilan muomala qilar edi. Bazi insonlar ularga hayotda kimdir achinib qaraganligidan ichki hotirjamlik his etadi. \ 454 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Himoyaga muhtoj singari himoya qilishlarini, hammaning e’tibori unda bo’lishini istaydi. Aynan himoyaga muhtojlik, hammaning e’tiborini o’ziga jalb etilishini istash xarakter detalining namunasidir. Mastura huddi shunday insonlar toifasiga kirardi. Uning tolesida baxtiqarolik sezimlari sezilmasada, unga butun qishloq ahli mehribonlik qilar, hatto muallimlari ham maktabda baho qo’yish masalasida unga rahmdillik qilar, u bazida qishloq o’rtasida baqirib yig’lar va buning sababini hech kim so’ramas, chunki bu sabab hammmaga ayon edi. Uning otasi do’konda ishlagan, yigirma sotix bog’i bor, bog’da bog’dorchilik qilar va pensiya pulidan kun kechirishar edi. Bir kuni magazinda ishlash chog’ida tap etib yiqiladi-yu, qaytib turmaydi. Badiiy asarda detalga bog’liq ko’p elementlarni uchratish mumkin. Qay yo’sinda bo’lmasin yozuvchi kitobxonga nima deyayotganini anglatmog’i lozim. Bu asarda ham Mastura bosh obraz bo’lib kelmoqda. Masturaga yozuvchi shunday harakter detalini beradi: U ko’p narsani o’ylab fikr qilib o’tirmas edi. Asar qahramonining asar boshlanishidan to tugaguniga qadar taqdiridagi voqealariga nazar soladigan bo’lsak uning dilida o’zi aytganidek “pushmon” bo’lishga loyiq voqea bo’lmagandek. Uning qalbida sokin tuyg‘ular, tiriklikning o‘tkinchiligi to‘g‘risida falsafiy mushohadalar mehmon ham emas. Hikoyada qandaydir ma’yuslik, Pushkin iborasi bilan aytganda “yorug‘ ma’yuslik” bor. Asardagi “yorug‘ ma’yuslik” Mastura qalbiga yaqin bo‘lgan. U hali hayotning qaqshatqich zarbalariga yomonlik, adolatsizlikka, xiyonat va sotqinlikka, hasad va tuhmatga, nafratga duch kelmagan edi. Xayollari “shirin” edi. U hali “hovliqib oqquvchi hayot soyida chavandoz umrining qaytmas sehri”ni ko‘rish darajasidagi aql- zakovatag ega emas edi. Inson hayotining har bir lahzalariga shukronalik keltirmas ekan, u turli xil hayot sinovlariga duchor bo’laveradi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shukr haqida shunday deganlar: “Kim oziga shukr qilmasa, ko‘piga ham shukr qilmaydi. Kim insonlarga tashakkur aytmasa, ulardan minnatdor bo‘lmasa, Alloh taologa ham shukr qilmaydi. Ne'matlar haqida gapirish – shukrdir. Uni gapirmaslik esa –noshukurlikdir. Jamoat bilan yurish – rahmatdir. Yolg‘izlik esa – azobdir”,– dedilar ( Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Robbimizning bizga bergan vadalari doimo yodimizda turishi lozim. Shukr qiling, shukr qilganingizdan ziyodasini beraman. Asarni o’qish davomida Masturaning hayotidagi barcha voqealarni sinchiklab o’qib chiqar ekanman, aynan Masturada noshukrlik alomatlarini sezdim. Shukur Xolmirzayev ushbu hikoyasida Masturaning onasi haqida portret detalidan foydalanadi:ko’zi shilpiq deya ta’riflaydi. Shilpiq so’zining etimologiyasiga nazar soladigan bo’lsak, ko’z atrofi doimo yoshlanib yuradigan yuqumli kasallik . Shilpiq so’zning asarda ikki bora takrorlanishining berilishi hodisalari: Masturaning o’qishdan qaytib kelish voqeasida va Akobirga turmushga chiqqandan keying voqealar bayonida. Har ikkala holatda ham voqea noxush yakun topadi. Mastura o’qishdan qaytib kelgandan so’ng ham odamlar tomonidan yana rahm-shavqat tuyg’ulari bilan kutib olinaman deb o’ylaydi, afsuski, qshloqdagilar uning xatti – harakatlarini erkalik emas, balki u joyda bo’lgan biror noqulay vaziyat sifatida qabul qilib unga tuhmat toshlarini otis

Доказательный фрагмент

«In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei made that provide specific and the…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei made that provide specific and the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompozitsiya, artistic details, images, nature, landscape details, item details, tabiat, badiiy detal, ekspozitsiya, badiiy konstepstiya., interyer detal, predmet detal, obraz, peyzaj detal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники