К содержанию
РецензированоUZ2025

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA TABIAT VA INSON MANZARALARI UYG‘UNLIGI

Alimova Mohidil

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei made that provide specific and the gameis scientific analysis. The writer is the occurrence of internal mental image out of his hero status kredosi creative ob'ektivligi the world, and the reliability of the image is clear, the author details in the likelihood of out your artistic artistic goals] which plays an important role. Keywords: kompozitsiya, artistic details, images, nature, landscape details, item details, exposition, interior details, artistic konstepstiya. Shukur Xolmirzayev ijodining ma'lum bir qismini tabiat va inson munosabatlarini badiiy tadqiq etishga bag‘ishladi. Bu munosabatlar haqida adibniig o‘zi iqror tarzida yozgan ushbu so‘zlaridan ham anglash mumkin: “Men Boysun rayonida tug‘ilganman. Boysun - tog‘lik joy. O‘n ikki yoshimda o‘zim yolg‘iz miltiq ko‘tarib ovga chiqib ketardim. So‘ngra, bu yerda yashirishning hojati yo‘q: qaysarroq edim... Lekin bitta narsani yaxshi ko‘rardim: masalaning mohiyatini tushunishni”. Bu so‘zlardan anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida, ya'ni ijodiy prinsiplari hali to‘la shakllanib ulgurmagan paytda yosh yozuvchi voqyelikni badiiy idrok etish yo‘llarini o‘rgana boshladi. 99 Iyul, 2025-Yil U inson hayotini, yashash tarzini, abadiy tiriklik maibaini tabiat bilan uyg‘unlikda, bog‘liqlikda, birlikda deb biladi. Bu xulosaga u hozirgi Surxon elining olis avlod-ajdodi bo‘lmish qadimgi baqtriyaliklar hayoti tarzini kuzatish asnosida keladi, bu o‘lkaning ko‘hna ibtidoiy xalqlari dastlab tabiatga sig‘inishganini, uni ulug‘ bir ne'mat sifatida qadrlashganini anglaydi. Yomg‘ir yog‘may qurg‘oqchilik bo‘lgan paytda ko‘kdan yomg‘ir tilab qo‘shiq aytishlar, bahorning birinchi darakchisi bo‘lmish boychechak chiqishi bilan bolalarning uyma-uy yurib xabar berishlari va qariyalarning eson-omon bahorni qarshilaganlari bois ko‘zlariga giyohni surib, tavof qilishlari, Navro‘z quvonchlari o‘sha qadim davrlardan to hozirgacha, ayniqsa, Surxondaryoda saqlanib qolganligi, yozuvchining bolalik xotiralarini ham band etgani sezilib turadi. Yozuvchi bolaligida eshitgan qadimgi afsonalar mazmunida ham inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikda katta ma'no yashiringanini anglaydi: “Momomning Tiniqoy kampir haqida aytgan ertagining mazmunini keyinchalik chaqishga urinib ko‘rdim... Shukur Xolmirzayevning “Uchinchi hamroh” hikoyasida Ziyorat va uning sevimli iti Olapar o‘rtasidagi o‘zgacha do‘stlik manzalarini ko‘rish mumkin. Hikoya Olaparning favqulotda ziyrakligi, boshqalar uni ko‘rganda qani edi bizning uyimizda ham shunday it bo‘lsa, deb havas qilishi tasvirlari bilan boshlanadi. Hikoyada keyinchalik u ovoz chiqarmay yurishni odat qiladi degan tasvirning o‘ziyoq psixologik detalni vujuga keltiradi. Mohir yozuvchi aynan shu tasvir bilan sassizlik sadolari ostida vafot etish hodisasini kitobxon bilan yuzma yuz kelishini ishora sifatida qo‘laydi. Yoshlik - umr bahori, u kelib ketuvchi. Mehmon bo‘lgan bu davrda barcha inson- u jonzotlar tabiiyki, kuch-quvvatga to‘lgan davr bo‘ladi. Hammaga va hamma narsaga kuchim yetadi, barchasi qo‘limdan keladi deya o‘ylay. Afsuski, umrimizning kuzi biz bilan salomlashgan davrga kelib qolganimizni payqamay qolamiz. Olapar va uning do‘sti Ziyorat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yillar o‘tgan sayin ko‘paysa ko‘paydi, sira kamaymadi.Ziyorat unga ovchilik sir - asrorlarini o‘rgatadi.Birga vaqtlari maroqli o‘tkazishadi. Olapar ancha qarib qolgan edi. Kunlarning birida Ziyorat do‘sti Tesha bilan ovga chiqishmoqchi bo‘lishadi. Do‘sti Olapar ancha qarib qolganligi sababli uni toliqtirib qo‘ymaslik uchun Ziyorat uni ovga olib ketishni istamaydi. Olapar qishloq oxirigacha ular taqib etib borgandan so‘ng ular o‘zlari bilan uni ham olib ketishadi. Olapar kakliklarni yugurib borib ushlar qarib qolgan bo‘lsa ham undagi abjirlik zarracha kamaymagandek, huddi avvalgidek o‘zini his etardi. Ovchilar naq o‘n bir kaklilkni o‘ljaga olishdi. Ovdan sarmast bo‘ldimi va yoki gurunglari o‘zaro kelishib qoldimi, ular bu u dunyoni unutib o‘z olamlariga sho‘ng‘ishdi. Olaparning shunday odati bor edi: Ruxsat berilmaguncha, hatto oldida turgan kaklik ichak- chovoqlarini ham olib yeyishga botina olmadi. Uning mana shunday fe’lini bilgan qishloqdagilar to‘y-u marakada Olaparga qovon - tovoqlarini ochiq holda ishonib tashlab ketishar edi. Rumiy hazratlarining: Ko‘zingni yumgin, Ko‘zga aylansin ko‘ngil degan misralari asrlar osha yashab kelyapti.Ko‘ngil misli Ka’baga qiyoslanadi, muqaddas Qur’oni karim oyatlarida ham qalb Ollohning mulki ekanligi haqida ham ko‘p bor ta’kidlanadi. Olaparning ko‘ngil mulkiga ziyon etdi. Chirsillab turgan olov soyasida Olaparning alamzada, faryodga to‘la ko‘zlari ko‘rinardi. Shukur Xolmirzayev hikoyada itning ketganini ikki sherik burilgandan keyin sezib qolishganini yozadi.Olaparning burilish detalining o‘ziyoq butun dunyoga, do‘stga, o‘zi yashayotgan muhitga teskari bir olamga tus

Доказательный фрагмент

«In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei made that provide specific and the…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the writer Thanks the Xolmirzaev kompozitsiya story of artistic details, including its landscape, things-objects, interiors, such as the widely used cultivars havei made that provide specific and the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompozitsiya, artistic details, images, nature, landscape details, item details, tabiat, badiiy detal, ekspozitsiya, badiiy konstepstiya., interyer detal, predmet detal, obraz, peyzaj detal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники