К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLAR BILAN IJTIMOIY ISH: INTEGRATSIYA, MOSLASHUV VA QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI

IYUL ANDIJON · ILM FAN YANQUGVVIALTILKASLHAMERXIANKIZOMLNARFIERENSIYASI · Komilova Dilshoda Ulug’bekqizi · Ilmiy rahbar: Rahmatova Hayrihon

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

Mazkur maqola yoshlar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning integratsion va moslashuv mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda yoshlarning ijtimoiy hayotga kirib borishi, mehnat bozoriga moslashuvi, psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining roli, shuningdek, mavjud tizimlar va tajribalar tahlil qilinadi. Shubilan birga, O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar, hamkorlikdagi xizmatlar va ijtimoiy xodimlarning o‘rni ochib berilgan. Maqolada mahalliy va xorijiy tajriba asosida takomillashtirilgan yondashuvlar tavsiya qilinadi. Kalit so‘zlar: yoshlar, ijtimoiy ish, integratsiya, moslashuv, reabilitatsiya, qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar, muvofiqlashtirish, innovatsionyondashuvlar. Yoshlar har qanday jamiyatning eng faol va istiqbolli qatlamini tashkil etadi. Ularning ijtimoiylashuvi, iqtisodiy hayotda faol ishtiroki, shaxs sifatida shakllanishi ko‘plab ichki va tashqi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, o‘tish davrida bo‘lgan yoshlarda kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoriga kirib borish, oilaviy va jamiyatdagi munosabatlarda o‘z o‘rnini topishjarayoni ijtimoiy yordam vaqo‘llab-quvvatlash tizimlarining mavjudligigabog‘liqdir. Bugungi global o‘zgarishlar, iqtisodiy muammolar, axborot oqimining kuchayishi, migratsiya va ijtimoiy beqarorlik yoshlarda turli darajadagi psixologik, madaniy va iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy ish amaliyotining samarali, kompleks yondashuvlarga tayangan holda amalga oshirilishini taqozo etadi. Ayniqsa, xavf guruhidagi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, ishsiz yoki ijtimoiy moslashuvda muammoga duch kelgan yoshlar bilan olib boriladigan ishlar bevosita ularning kelajakdagi salohiyati vajamiyatdagi o‘rniga ta’sirko‘rsatadi. O‘zbekistondayoshlar siyosati va ijtimoiy himoya sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” kabi tizimlar orqali ehtiyojmand yoshlar aniqlanib, ularga aniq yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy kengashlar, ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilanhamkorlikda turli ijtimoiyloyihalar amalgaoshirilmoqda. Ammo amaldagi tizimda integratsiya, uzviylik, individual yondashuv, reabilitatsion xizmatlar va psixososial qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarida hali to‘laqonli natijalarga erishilgan emas. Shu sababli, ushbu maqolada yoshlar bilan ijtimoiy ish olib borishda zamonaviy, tizimli va innovatsion yondashuvlar, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bayon etiladi. Xususan, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yangi modellari, ko‘p tarmoqli hamkorlik asoslari, motivatsiya va ishonchga asoslangan yondashuvlar, hamda yoshlarning o‘z-o‘zini rivojlantirishiga xizmat qiladigan mexanizmlarga alohidae’tiborqaratiladi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, unda mavjud ijtimoiy muammolar chuqur tahlil qilinadi, zamonaviy yondashuvlar bilan o‘zbek ijtimoiy ish tizimi solishtiriladi va istiqbolli yo‘nalishlar 264 IYUL ANDIJON,2025 aniqlanadi. Bu esa yoshlar bilan ishlovchi ijtimoiy xodimlar, mutaxassislar va siyosatchilar ucIhuLnMamalFiy vAa nNazarYiyAasoNs bGo‘liIbLxiIzmKatLqiAladiR. I KONFERENSIYASI Mazkur tadqiqotda yoshlar bilan ijtimoiy ish olib borishning integratsion va qo‘llab- quvvatlovchi mexanizmlarini o‘rganish uchun sifatli va miqdoriy metodlar uyg‘unlashtirilgan. Birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan ijtimoiy siyosat, qonunlar va normativ hujjatlar tahlil qilindi. Xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun, “Yoshlar bilan ishlashbo‘yicha yo‘riqnomalar”asosiy manba bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot doirasida:  50nafardan ortiq yoshlar bilan intervyular o‘tkazildi(15–30yosh oralig‘ida),  20nafar ijtimoiy xodimbilan so‘rovnomalar asosida fikrlaryig‘ildi,  Toshkent, Samarqand, Andijon viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 10 ta ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati o‘rganildi. Tahlil qilishda SWOT-tahlil, ijtimoiy holatlarni tahlil qilish modeli (Social Case Analysis), shuningdek, tavsifiy statistika usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning nazariy asoslari zamonaviy ijtimoiy ish nazariyalari (ekologik yondashuv, sistemali yondashuv, kuchli tomonlarga asoslangan model)bilan mustahkamlandi. Tadqiqot natijalarigako‘ra, quyidagi holatlaraniqlangan: Ijtimoiy xizmatlar tizimi ayrim hududlarda markazlashmagan, xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar yetarlicha tarqalmagan. Yoshlar, ayniqsa, ishsizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy zaif guruhlarga mansublar o‘zhuquqlari vaijtimoiy yordam turlari haqidakam ma’lumotga ega. So‘rovda qatnashgan yoshlarning 65 foizi ijtimoiy xizmatlardan foydalanmagan, 72 foizi ijtimoiy xodimlarbilan aloqada bo‘lmagan. Yaxshi tashkil etilgan ijtimoiy xizmat markazlarida (masalan, “Mehribonlik uylari” va “Yoshlar markazlari”) ishtirok etgan yoshlarning moslashuv darajasi, mehnatga tayyorlik va ijtimoiy faollikko‘rsatkichlari ancha yuqori bo‘lgan. Natijalar shuni ko‘rs

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola yoshlar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning integratsion va moslashuv mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola yoshlar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning integratsion va moslashuv mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xizmatlar, yoshlar, reabilitatsiya, innovatsion yondashuvlar, qo‘llab-quvvatlash, moslashuv, ijtimoiy ish, muvofiqlashtirish, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники