Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOR А’ZOLARI SHIKASTLANISHIDA SOG‘LIQQA YETKAZILGAN SHIKAST DARAJASINI SUD-TIBBIY BAHOLASH MEZONLARI
IYUL ANDIJON · LORА’ZOLARI SHIKASTLANISHIDASOG‘LIQQAYETKAZILGAN SHIKAST · Abdumalikov I.M.
Научный информационный бюллетень · 2025
Аннотация
New criteria have been proposed for assessing the severity of damage in ENT injuries, taking into account not only anatomical injuries but also functional disorders - impaired breathing, hearing, smell, and voice. The degree of harm is determined by a combination of factors: the nature of the injuries and the duration of functional disorders. Severe harm is established in cases of life-threatening conditions or permanent loss of organ function, while moderate and mild harm are determined for limited or temporary disorders. The implementationof such criteria enhances thevalidityofforensic medical qualification. Keywords:forensic medical examination; severity criteria; harm to health; functional disorders; ENT injuries Kirish. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida sog‘liqqa yetkazilgan shikast darajasini sud-tibbiy aniqlash mezonlari SSVning 2012 yil 1 iyundagi 153-sonli buyrug‘i [1], shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2007 yil 27 iyundagi 6-sonli Plenum qarori [2] bilan tartibga solinadi. Mazkur normalarga ko‘ra, shikast darajasi yengil, o‘rtacha yoki og‘ir deb baholanadi. Biroq LOR a’zolari (burun, quloq, hiqildoq) shikastlanishida faqat anatomik zararlanishlarga tayanish har doim ham etarli emas. Chunki bu organlarning funksional buzilishlari (nafas olish, eshitish,hid bilish, tovushchiqarish) bemorning hayot sifati vamehnatga layoqatiga kuchli ta’sirko‘rsatadi [3]. Tadqiqot maqsadi. LOR a’zolari shikastlanishida sog‘liqqa yetkazilgan zarar og‘irligini baholashda funksional buzilishlarni hisobga olgan holda yangi mezonlarni asoslash va amaliyotga tatbiq etish. Materiallar va usullar. 2023–2025 yillarda 531 nafar bemorda quloq, burun va hiqildoq shikastlanishiga oid sud-tibbiy ekspertiza natijalari o‘rganildi. Baholashda oldingi aktiv rinosmanometriya, akustik rinosmanometriya, audiometriya, videostroboskopiya va morfologik-funksional mezonlarga asoslangan ballik baholash tizimiqo‘llanildi. Asosiynatijalar. Shikastog‘irligi quyidagi mezonlarasosidabaholandi: –shikastlanishlokalizatsiyasi va morfologik turi; 256 IYUL ANDIJON,2025 –funksional buzilish turi,og‘irligi vadavomiyligi. DoIiLmiMy afonFiyAa, dNoimYiyAikkNi toGmoInLlamIaKbuLruAn nRafaIsinKingOyoN‘qliFgi,EesRhitiEshNyo‘SqoIliYshiAyoSkiIhid bilishning butunlay yo‘qolishi og‘ir shikast darajasiga tenglashtirildi. Agar funksional buzilishlar 21 kundan ortiq davom etsa – o‘rtacha darajadagi shikast deb baholandi. Yengil darajadagi shikastlar esa 3 haftagacha davom etgan funksional buzilishlar bilan bog‘liq bo‘ldi. Rinosmanometriyada 0,4 Pa/sm³/s dan yuqori qarshilik yoki audiometriyada 40 dB dan ortiq eshitishyo‘qotilishi kabi ko‘rsatkichlar ekspert xulosasininganiqligini oshirishgaxizmat qildi. Xulosa. Sud-tibbiyot ekspertizasida LOR a’zolari shikastlanishining og‘irlik darajasini baholashda funksional ko‘rsatkichlarni inobatga olish aniq va standartlashtirilgan yondashuvni shakllantirish imkonini beradi. Zamonaviy usullar – rinosmanometriya, audiometriya, stroboskopiya – yordamida shikastning sub’ektiv emas, balki ob’ektiv holatda tasdiqlanishi ta’minlanadi. Taklif etilgan mezonlar ekspertizalarning ishonchliligini oshiradi, kasbiy kelishmovchiliklar sonini kamaytiradi hamda bemorlarga malakali yordam ko‘rsatish darajasini oshiradi. Аdаbiyotlar: [1] O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 1 iyundagi 153-son buyrug‘i “Tanashikastlanishining og‘irlikdarajasini sud-tibbiy aniqlash qoidalari haqida”. [2] O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007 yil 27 iyundagi 6-son qarori “Hayot vasog‘liqkaqarshi jinoyatlar bo‘yicha sudamaliyoti to‘g‘risida”. [3] Indiyaminov S.I., Rasulova M.R. LOR a’zolari zararlanishining sud-tibbiy ekspertizasi. – Toshkent:Fanziyosi, 2021.–124b. [4] Khalikov Sh.U., Ismoilov B.B. Burun shikastlanishida funksional baholash va ekspert xulosasi// Toshkent tibbiyot universiteti axborotnomasi. –2021.–№ 2.–B. 19–23. [5] Khusanov A.M., Rakhmonov A.J. Hiqildoq shikastlanishlarida diagnostika va ekspert bahosi //O‘zbekiston sud-tibbiyot jurnali. –2022.–№ 1.–B. 33–38. 257
Доказательный фрагмент
«New criteria have been proposed for assessing the severity of damage in ENT injuries, taking into account not only anatomical injuries but also functional disorders - impaired breathing, hearing, smell, and voice.»
Образец извлечения
Демо-превьюNew criteria have been proposed for assessing the severity of damage in ENT injuries, taking into account not only anatomical injuries but also functional disorders - impaired breathing, hearing, smell, and voice. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- forensic medical examination, severity criteria, harm to health, functional disorders, LOR-jarohatlar, funksional buzilishlar, og‘irlik mezonlari, sud-tibbiy ekspertiza, sog‘liqqa zarar yetkazish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025