К содержанию
РецензированоUZ2025

BO’LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATIGA TAYYORLASHDA KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

IYUL ANDIJON

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

Zamonaviy ta'lim tizimida o‘qituvchilarning professional malakasi va shaxsiy kompetentsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish ularning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun zarurdir. Kreativ kompetentsiya o‘qituvchilarga innovatsion metodlar qo‘llash, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu maqolada, kelajakdagi texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentsiyani rivojlantirish metodlarining pedagogik- psixologik imkoniyatlari tahlilqilinadi. Kalit soʻzlar: Kreativ kompetentsiya, Texnologiya fani o‘qituvchisi, Innovatsion pedagogika, Aktivo‘quvmetodlari, Dizayn fikrlash, Loyiha asosidagi o‘rganish. Bugungi kunda ta’lim tizimida global miqyosda o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish va zamonaviy o‘qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Texnologiya fanining o‘qitilishi, faqatgina nazariy bilimlar yetkazish emas, balki o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda zamonaviy muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan innovatsion yondashuvlarni shakllantirishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentsiyani rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Kreativ kompetentsiya - bu shaxsning muammolarni yechishda ijodkorlik bilan yondashishi, yangilik yaratish va samarali usullarni ishlab chiqish qobiliyatidir. Zamonaviy texnologiyalar va ularning ta’limdagi qo‘llanilishi sharoitida, o‘qituvchilardan faqatgina bilimli bo‘lish emas, balki o‘z bilimi va tajribasini ijodiy tarzda tatbiq eta olish ham talab qilinadi. Bunda pedagogik-psixologik yondashuvlar va innovatsion metodlarning ahamiyati katta. Ta’lim jarayonida kreativ kompetentsiyani rivojlantirish o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish bilan birga, ularning muammoli vaziyatlarni hal qilishda o‘ziga xos va samarali yondashuvlarni ishlab chiqishiga xizmat qiladi. Bu esa, texnologiya fani o‘qituvchilarining nafaqat kasbiy mahoratini oshiradi, balki ularning o‘quvchilar bilan samarali pedagogik munosabatlarini shakllantiradi. Ushbu maqola bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan metodlarning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kreativ yondashuvlar va o‘quv jarayonida ijodiy usullardan foydalanishning afzalliklari va ularning o‘qituvchilar faoliyatidagi o‘rni keng yoritiladi. O‘z navbatida, ta’limda kreativ kompetentsiyani shakllantirish va rivojlantirish masalasiga milliy va xalqaro tajriba asosida yondashib, bo‘lajak o‘qituvchilarning professional va shaxsiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan tavsiyalar beriladi. Shu bilan birga, kreativ kompetentsiyani rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar va yondashuvlarning psixologik asoslari ham chuqur tahlil qilinadi. Kelajakdagi texnologiya fani o‘qituvchilarini kreativ kompetentsiyani rivojlantirish masalasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy- tadqiqotlar turli pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida amalga oshirilgan. Ushbu tahlil jarayonida mavzuga oidadabiyotlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yichao‘rganamiz: Guilford (1950) ijodiylikni shaxsning muhim psixologik sifati sifatida ta'riflab, uni yangi g‘oyalar yaratish va muammolarni noan’anaviy usullar bilan hal qilish qobiliyati sifatida ko‘rsatgan. Uning tadqiqotlari kreativ fikrlashning komponentlarini, masalan, moslashuvchanlik, o‘ziga xoslikva fluensiyani aniqlashgaqaratilgan. 215 IYUL ANDIJON,2025 Runco va Jaeger (2012) kreativlikni zamonaviy ta’lim jarayonida asosiy kompetentsiyalardan birIiLdeMb hiFsobAlayNdi. YUlaArniNngGtadIqLiqIotKlariLsAhunRi kIo‘KrsaOtadiNki,FkrEeatRivEkoNmpSeteInYtsiyAagSa Iega o‘qituvchilaro‘quvchilarda yangi bilimlarni izlashga qiziqishuyg‘otadi. O‘zbekistonlik olimlar orasida Gulomov (2020) kreativ kompetentsiyaning o‘quv jarayonidagi ahamiyatini o‘rganib, uni pedagogik jarayonning ajralmas qismi deb ta'kidlagan. Uning tadqiqotlarida kreativ kompetentsiya o‘qituvchilarning innovatsion yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlarini ochib beruvchi sifat sifatida qaraladi. Vygotskiy (1978) o‘quv jarayonida ijodiylikni rivojlantirishga alohida urg‘u bergan va shaxsning ijtimoiy muhit bilan muloqoti ijodiy fikrlashni shakllantirishda muhim omil ekanliginita'kidlagan. Miller (2015) texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida loyiha asosida o‘qitish va dizayn fikrlash metodologiyasini qo‘llash ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda samarador ekanliginiko‘rsatgan. Islomova (2018) texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarning o‘rnini o‘rgangan. U, ayniqsa, texnologik loyihalash va gamifikatsiyaning o‘quv jarayonida ijodiy qobili

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy ta'lim tizimida o‘qituvchilarning professional malakasi va shaxsiy kompetentsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy ta'lim tizimida o‘qituvchilarning professional malakasi va shaxsiy kompetentsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Texnologiya fani o‘qituvchisi, Aktiv o‘quv metodlari, Dizayn fikrlash, Innovatsion pedagogika, Loyiha asosidagi o‘rganish, Kreativ kompetentsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти