К содержанию
РецензированоUZ2025

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA EKOTERMINLARNING O‘RGANILISHI VA ULARNING BOLA PSIXOLOGIYASIDA TUTGAN O’RNI

IYUL ANDIJON · INGLIZ VAO’ZBEKTILLARIDAEKOTERMINLARNING O‘RGANILISHIVA · ILM FAULNARYNIANGNBGOLIALPISKIXOLLAOGRIYIAKSIDOANTUFTGEARN OE’RNNISIYASI · Bo’riyev Umarbek Ulug’bek o’g’li

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan. Maqolada ekologikatamalarning struktual-kompozitsionxususiyatlari haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: ekologik leksika, sema, leksema, ekologik atamalarning farqlari va o’xshashligi, semantika. Terminlar insonning fikrlash faoliyati mahsuli, tamoyillar, qoidalar, qonunlar, nazariyalar shakllanishiga xizmat qiluvchi vositasifatidafan va texnikatilining muhim tarkibiyqismi. Terminlar nafaqat tilshunoslar, balki turli soha mutaxassislar uchun ham foydalanish manbaidir. Terminologik tizimlarning shakllanishi va qaror topishi sohadagi o‘zbek va qoraqalpoq ekologik terminologiyasi asosan, ikki manba: tilning ichki imkoniyatlari va xorijiy tillar unsurlari (so‘z va so‘z birikmalari) asosida rivojlanib va boyib borishi aniqlandi. Jumladan, G.O. Vinokur termin – bu alohida so‘z emas, balki atash funksiyasini bajaruvchi so‘zlardir» – deb taʼkidlaydi. Terminning o‘ziga xosligini ochib bergan olim A.S. Gerdning fikricha, termin ilmiy tushunchaga oid maʼnoni anglatadigan so‘zga bog‘lanadi. Biroq bu maʼno ilmiy tushunchaning faqat asosiy, muhim belgilarini aks ettiradi. Vaholanki, uning taʼrifida ifodalangan maʼno kengroq bo‘ladi. Termin haqidagi masalani hal qilishning kaliti, avvalo, ushbu aniq bilimning maksimal darajada to‘liq tuzilishini modellashtirishdan iboratligi taʼkidlangan. Terminga nisbatan meʼyoriy talablar rus terminologik maktabi asoschisi D.S. Lotte tomonidan tizimlilik, terminning kontekstga bog‘liq emasligi, qisqalik, mutlaq va nisbiy bir maʼnolik, oddiylik vatushunarlilik, terminning joriy etilganlik darajasi bilan ifodalangan. Fransuz va o‘zbek tillari yuridik terminologiyasini qiyosiy tadqiq qilgan P. Nishonov «Terminlar semantik jihatidan maxsus soha doirasi bilan chegaralanishi va shu sohaga oid tushunchani ifodalovchi leksik birlikdir» deya taʼkidlaydi. R.G. Piotrovskiy terminologiya lug‘at tarkibining boshqa qatlamlari va asosiy so‘z fondi bilan yaqindan bog‘liqligi, avvalo, tildagi so‘z yasash vositalariga oid terminlarni hosil qilish fikrni bildirgan . Ekologik terminlarni tadqiq qilish o‘zbek tilshunosligining muammolaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan tipologik jihatdan har xil bo‘lgan tillarning termin tizimlarini o‘rganish lozim. Ekologiya fani nisbatan kechroq, XIX asrning ikkinchi yarmida biologiyaning bir tarmog‘i sifatida shakllangan sohasining yuzaga kelgani va taraqqiy etishi yangi ekoleksikaning paydo bo‘lishida,ekoterminlar tizimining yaratilishidaasosiy omilbo‘lib maydongachiqdi. Ekologik leksikaning alohida terminlarsifatidapa ydo bo‘lishi, taraqqiyoti va rivojlanish tamoyillarini belgilab berilishida ingliz olimlari katta tashabbus ko‘rsatdilar. Jumladan Ingliz tabiatshunosi Charlz Darvinning ilmiy ishlari ekologiya g‘oyalari asosi va keyingi taraqqiyoti tamoyillarini belgilanishida muhim o‘rin egalladi. Qolavresa, T. Spenserning 1870 yilda chop etilgan “Sotsiologiyani o‘rganish” asarida inson ekologiyasining asoslarini shakllantirdi. Ekologiya fanining markaziy tushunchalaridan biri - ekotizim tushunchasi 1935 yili tadqiqotchi Artur Tensli tomonidan kiritilgan. Amerikalik olimlarning ekologiya rivojiga qo‘shgan hissasi ham salmoqli. AQShda ekologiya termini jonli tabiatning 207 IYUL ANDIJON,2025 tarixiy rivojlanishini tadqiq qilishning anʼanaviy usullaridan voz kechib, organizmlarning atrof muIhLitMbilanFo‘AzarNo mYunoAsaNbatlGariIniLo‘IrgKanLishAgaRjazImKqilOganNbFiolEogRlarEguNruhSi tIomYoAnidSanIilk marotaba ishlatilgan edi. Imlo lug‘atlari, shubhasiz, ekologiyaning boshqafanlar bilan aloqalarini ham o‘zidaaks ettiradi. Ularda ekologiyaning yangi sohalarigaoidso‘zlarqayd etilgan. “Dictionary ofEcology”lug‘ati 90 xil fan sohalarini o‘z ichiga olgan: masalan: demografiya - demography, kibernetika - cybernetics, genetika - genetics, geomorfologiya - geomorphology. Shulardan atigi 20 tasi ekologik yo‘nalishlar nomlaridir: Dendraecology; ecological genetics; restoration ecology; replacement ecology vahokazo. Ingliz tilida ekoleksikaning qayd etilishi IX asrga (825 y) to‘g‘ri keladi va ular asosan hozirgi tuproq ekologiyasiga oid bo‘lgan. Ground leksemasi earth va land so‘zlaridan avval, ancha avval paydo bo‘lgan. Qadimgi ingliz tilida bu so‘z “tekislik” maʼnosini bildirgan. Aynan shu so‘z orqali ingliz tilida “tuproq ekologiyasi” semantik maydoni shakllana boshlaydi va uning eng asosiy, yadroviy komponentlaridan biri bo‘lib qoladi. IX-X asrlarda ingliz tilidagi “land” va“Earth” so‘zlari (“quruqlik”,“hudud”, “o‘lka”,“mamlakat”,“yer mulki”hamda “tabiiy yer”, “insoniyat”, “tuproqning tashqi qavati”, “modda” “ko‘l” kabi maʼnolarda) qo‘llana boshlanadi. Keyinroq ushbu ekoleksemalar qatori fransuzcha soil (tuproq) so‘zi hisobiga kengayadi. XV- XIX asrlarga kelib, bu semantik maydon yangi tuproq haqida tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar hisobiga kengayadi. Mas: soil type, soil processes, soil pollution va hokazolar(A Dictionary

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekologik atamalarning farqlari va o’xshashligi, ekologik leksika, sema, semantika., leksema
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники