Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIY SHAHRIDA 2018-YIL CHANG ZARRALARINING ME’YORIDAN OSHGAN KUZATUVLARI VA UNING TAHLILI
IYUL ANDIJON · Toshturdiyev Nurbek Nuralio‘g‘li
Научный информационный бюллетень · 2025
Аннотация
This article presents a statistical analysis of the exceedance of dust particle concentrations in the atmospheric air of Navoi city during 2018. The study explores the highest recorded values, their seasonal distribution, and the main factors contributing to air pollution. The negative impact of particulate matter on human health is also discussed, highlighting the need foreffective environmental protection measures. Keywords: atmospheric air, dust particles, environmental issue, industrial pollution, health, monitoring. Atmosfera havosining ifloslanishi – bugungi kunda global miqyosda eng dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Sanoat korxonalarining ko‘payishi, aholi zichligining oshishi, transport vositalari harakatining intensivligi va tuproq eroziyasining kuchayishi natijasida havoga har yili millionlab tonna zararli moddalarning chiqarilishi kuzatilmoqda. Bu holat nafaqat ekologik muhitga, balki inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, havoda chang zarralari konsentratsiyasining oshib borishi ko‘plab kasalliklar, xususan, nafas olishyo‘llari,yurak-qon tomirva allergik kasalliklar soniningortishiga olib kelmoqda. Navoiy shahri O‘zbekiston Respublikasi miqyosida yirik sanoat hududi sifatida tan olingan bo‘lib, bu yerda kimyo sanoati, tog‘-kon va energetika sohalarining faol rivojlanib borayotgani, shahar ekologik holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Ayni paytda, viloyatning iqlim sharoiti — ya’ni, qurg‘oqchil iqlim, kam yog‘ingarchilik, shamolli kunlarning ko‘pligi — chang zarralarining havoda ushlanishini kuchaytiruvchi tabiiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2018-yil mobaynida Navoiy shahrida olib borilgan atmosfera monitoringi natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu davrda chang zarralari me’yoriy ko‘rsatkichlardan bir necha marotaba oshgan kunlar ko‘p kuzatilgan. Bu esa ushbu yilda ekologik vaziyatning nisbatan og‘ir 197 IYUL ANDIJON,2025 bo‘lganidan dalolat beradi. Me’yoriy chegaradan oshgan chang zarralari ko‘plab tumanlarda baIrqLarMorqayFdAetilNib,bYuhAolaNt shGahIarLahIoKlisiLsaAlomRatlIigiKvaOekoNlogFikExaRvfsEizliNgigSa tIahYdiAd soSlgIan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, chang zarralari muammosi faqatgina sanoat chiqindilari bilan bog‘liq emas, balki qurilish ishlari, asfaltlash, transport vositalarining harakati, qishloq xo‘jalik faoliyati, hatto tabiiy shamol va bo‘ronlar natijasida ham yuzaga keladi. Aynan shu sababli chang zarralarining konsentratsiyasi o‘zgaruvchan bo‘lib, ularni doimiy nazorat qilish zarurati tug‘iladi. Mazkur ilmiy maqolada 2018-yilda Navoiy shahrida kuzatilgan chang zarralarining me’yoridan oshish holatlari chuqur tahlil qilinadi. Ularning oylik, fasliy taqsimoti, yuqori konsentratsiyali kunlar soni, asosiy ifloslantiruvchi manbalar, meteorologik omillar bilan bog‘liqligi hamda bu holatning inson salomatligiga ta’siri statistik dalillar bilan asoslanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — havodagi ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash, ularning manbalarini aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha ekologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Navoiy shahrida 2018-yil davomida atmosfera havosida chang zarralarining kecha-kunduzlik konsentratsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari ushbu moddaning me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshgan holatlari yilning deyarli barcha oylarida qayd etilganini ko‘rsatmoqda. Quyida 1-jadvalda oylar kesimida chang zarralarining necha marta me’yoriy darajadan yuqori bo‘lganholatlari sanab o‘tilgan. 1-jadval Navoiy shahrida 2018-yil davomida chang zarralarining oy ichida necha marta me’yoridanoshganholatkuzatilganligi(kecha-kunduzlik) T/r Oylar 2018-yil 1 Yanvar 4 2 Fevral 6 3 Mart 5 4 Aprel 6 5 May 5 6 Iyun 7 7 Iyul 11 8 Avgust 6 9 Sentabr 9 10 Oktabr 7 11 Noyabr 3 12 Dekabr - 198 IYUL ANDIJON,2025 ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI 1-rasm. Navoiy shahrida 2018-yil davomida me’yoridan oshgan chang zarralari kuzatuvlarimiqdori (birkecha kunduzlik) Navoiy shahrida 2018-yil davomida atmosfera havosining chang zarralari bilan ifloslanishi holati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari yilning deyarli barcha oylarida ushbu ifloslantiruvchi moddaning me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshganligini ko‘rsatmoqda. Yil davomida jami 69 ta me’yoriy oshish holati qayd etilgan bo‘lib, bu Navoiy shahri ekologik holatiningbarqaror emasligidan dalolat beradi. Oylik kesimda ko‘rib chiqilganda, eng ko‘p me’yoriy oshish holatlari iyul oyida kuzatilgan bo‘lib, bu oyda 11 marta chang zarralari me’yoriy darajadan yuqori qayd etilgan. Bu holat iqlimiy omillar, ya’ni yuqori harorat, kam yog‘ingarchilik va kuchli shamollar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu davrda shahar infratuzilmasida olib borilgan qurilish, asfaltlash va yo‘l ta’mirlash ishlari ham chang chiqindilarining ko‘payishiga sabab bo‘lgan bo‘lishiehtimoldan xoli emas. Sentabr oyida 9 ta, oktabr oyida esa 7 ta holatda me’yoriy darajadan oshgan konsentratsiya qayd etilgan. Ushbu davrda ham meteorologik sharoitlar, xususan, quruq havo, kuzgi shamollar, shahar tashqar
Доказательный фрагмент
«This article presents a statistical analysis of the exceedance of dust particle concentrations in the atmospheric air of Navoi city during 2018.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents a statistical analysis of the exceedance of dust particle concentrations in the atmospheric air of Navoi city during 2018. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- atmospheric air, dust particles, environmental issue, industrial pollution, health, sanoat ifloslanishi, ekologik muammo, sog‘liq, chang zarralari, monitoring., atmosfera havosi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025