К содержанию
РецензированоUZ2025

INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH ORQALI IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH

IYUL ANDIJON · ILM FAN YANGMIOLDIEKRNLIZAATRSIIYAKLAOSHNFERENSIYASI

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari vaularning xususiyatlari o‘rganildi. Kalitso‘zlar:Iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya, moliyalashtirish, kredit. Investitsiyalarni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyatini o‘rganishda bir qator iqtisodchi olimlarning qarashlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik iqtisodchi olim I.Mazurning “Loyihalarni boshqarish” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”, deb ta’rif berilgan. Bu yerda , kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan. D.Morozov asarlarida esa “loyihaviy moliyalashtirish – bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan. O‘zbekistonlik iqtisodchi olim D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy moliyalashtirish o‘zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov asarlarida loyihaga kiritilgan qarz mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan so‘ng olinadigan daromadlarhisoblanishita’kidlab o‘tilgan. Haqiqatdan ham investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish –moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham u boy mazmunga ega. Aytish joizki, loyihaviy moliyalashtirish – loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni, tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga e’tiborberadi: kreditni qaytarish manbai sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul oqimiga; loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga. Loyihaviy moliyalashtirish mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo‘riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkiletish hamda ishchi kapitalni sotibolishga yo‘naltiriladi”. Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish deb bo‘lmaydi, u biznes-reja asosidaamalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirish – bu regressiz (talab, huquq) yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli kreditlash bo‘lib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarini ta’minoti sifatida, investitsiya 179 IYUL ANDIJON,2025 faoliyati davomida to‘plangan pul mablag‘lari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda krIedLitnMi qayFtaArishNningYmAanNbaiGboI‘Llib,IKloyLihaAniRamIalgKa OoshNirisFh EnatRijasEidaNolSinIgaYn AdarSomIad hisoblanadi. Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan daromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy moliyalashtirish - bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish vaxizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish,qayta ta’mirlash yoki asbob-uskunani sotibolishuchun yo‘naltiriladi debe’tirofetilgan. Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida , eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga

Доказательный фрагмент

«Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moliyalashtirish, kredit., investitsiya, Iqtisodiyotni rivojlantirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники