Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEMOKRATIK HUQUQIY DAVLAT VA ADOLATLI FUQAROLIK JAMIYATIDA OILANING O‘RNI VA BUGUNGI AHAMIYATI
IYUL ANDIJON · Habibjonov Izzatbek Dilshodjon oʻgʻli
Научный информационный бюллетень · 2025
Аннотация
The article scientifically analyzes the place of the family in a humane democratic legal state and a fair civil society in the Republic of Uzbekistan, the constitutional and legal foundations of the family institution. In the new Uzbekistan, special attention is paid to the family and the formation of the legal basis for its social protection. The constitutional foundations ofsocial protection ofthefamily bythestate havebeen created. Keywords: social protection, legal foundations, family institution, vital interests, society, state, family, neighborhood, education, upbringing. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oila haqida so‘z yuritib, “Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, har bir oila bugun o‘z hayotida his etishi kerak. Buning uchun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar foizlar, raqamlar, qog‘ozning ortidan quvmasdan, har bir fuqaro uchun, uning hayotiy manfaatlarini ta'minlash uchun ishlashi shart. Shunda nuroniy keksalarimiz, muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, hurmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz, ko‘p millatli butun xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi”, - deya ta'kidlaydi [1]. Haqiqatdan ham Respublikamizda hozirgi kunga qadar oilaviy munosabatlarni tartibga solishga va mustahkamlashga qaratilgan Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilinib, ular izchil amalga tadbiq etib kelinmoqda. 167 IYUL ANDIJON,2025 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinda oila to‘g‘risida alohida bob o‘rnatildi vaIL“OMila FjamAiyNatniYngAasNosGiy IbLo‘IgK‘inLidiAr hRamIdKa jOamNiyaFt EvaRdaEvlNat SmIuhYofAazSasIida bo‘lish huquqiga ega” (63-modda) deb belgilandi [2,]. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi va tez rivojlanadi. Zero, jamiyat asosi – oilaning moddiy va ijtimoiy jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994 yildan e'tiboran har yili 15 may kunini “Halqaro oila kuni” sifatida nishonlashga qaror qilganligi bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasining 2-qismi hamda Oila kodeksi 4- moddasining 1-qismiga binoan, oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. O‘tgan vaqt davomida mamlakatimizda ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod sog‘ligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lomlashtirish ishlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Mazkur konstitutsiyaviy qoidani hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi kabi bir qator qonunlar qabul qilindi. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a'zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta'minlashdan iborat, deb belgilab qo‘yildi. Yaqinda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 5-moddasida ham har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta'minlash, sog‘lom oilani shakllantirish ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish sohalaridan biri, deb e'tirof etildi. Bir qator vazirliklar, xususan, Adliya, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Xalq ta'limi va boshqa vazirliklarning asosiy vazifasi sifatida tegishlicha nikohni qayd etish, kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, oilaviy tadbirkorlik rivojlantirilishini rag‘batlantirish, oila, ona, ota va bolaga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturini amalga oshirish, bolalarni oila sharoitlarida tarbiyalashga oid psixologik-pedagogik metodlar joriy etish kabilar belgilandi. Mamlakatimizda har bir yangi yilga nom berishda bevosita va bilvosita oilaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, uning iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy va huquqiy manfaatlarini ta'minlash, har bir oilaning farovonligini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Bulardan tashqari, Konstitutsiyada belgilangan oilaning davlat muhofazasida bo‘lish huquqini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator zarur chora-tadbirlar, qarorlarqabul qilinmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida skrining, perinatal va ixtisoslashtirilgan tibbiy-ilmiy muassasalar faoliyat yuritayotgani, homilador ayollar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan zarur polivitaminlar bilan ta'minlanayotgani sog‘lom avlodni dunyoga keltirish, ona va bola salomatligiga salbiy ta'sir etishi mum
Доказательный фрагмент
«The article scientifically analyzes the place of the family in a humane democratic legal state and a fair civil society in the Republic of Uzbekistan, the constitutional and legal foundations of the family institution.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article scientifically analyzes the place of the family in a humane democratic legal state and a fair civil society in the Republic of Uzbekistan, the constitutional and legal foundations of the family institution. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social protection, legal foundations, family institution, vital interests, society, state, hayotiy manfaatlar, tarbiya., davlat, oila insituti, oila, ijtimoiy himoya, jamiyat, huquqiy asoslar, ta'lim, mahalla
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025