К содержанию
РецензированоUZ2025

YALLIG‘LANISHLI PARODONTAL KASALLIKLARNI DAVOLASHDA KOMPLEKS TERAPIYANING SAMARADORLIGI: GLIKODENT VA ANTIBIOTIK VOSITALAR MISOLIDA

IYUL ANDIJON · Anvarjonova MohinurAvazbek qizi · Chalaboyeva Zilolaxon Mirzakarim qizi

Научный информационный бюллетень · 287–294 · 2025

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning tarqalish darajasi, etiopatogenetik omillari, klinik shakllari hamda ularni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari o‘rganilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va O‘zbekiston hududidan olingan epidemiologik ma’lumotlarga asoslanib, kasalliklarning yoshga bog‘liq xususiyatlari, CPITN indeksi, Shiller–Pisarev testi va Kulajenko usuli yordamida baholash mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot 30 nafar bemor ishtirokida o‘tkazilgan bo‘lib, "Glikodent" preparatining erta bosqichdagi parodontitda yuqori klinik samaradorligi aniqlangan. Og‘ir holatlarda antibiotik terapiyaning foydali ta’siri kuzatilgan. Natijalar, parodontal kasalliklarni erta aniqlash va ularni individual asosda davolashda kompleks yondashuv muhimligini ko‘rsatmoqda. Kalit so‘zlar: Parodontal kasalliklar, gingivit, parodontit, glikodent, antibiotik terapiya, fitoterapiya, stomatologik profilaktika. Kirish. Parodontal kasalliklar bugungi kunda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari ichida eng keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 35–44 yoshdagi aholining 60–90%ida bu kasalliklar kuzatiladi. Ularning og‘ir shakllari yurak-qon tomir, endokrin va immun tizimlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa, bolalar va o‘smirlar orasida 40–97% hollarda parodontal to‘qima kasalliklari aniqlanmoqda. So‘nggi yillarda molekulyar biologik tadqiqotlar parodontal to‘qimalarda glikozaminoglikanlarning trofik va regenerativ funksiyasini isbotladi. Xlorgeksidin, sulfatlangan glikozaminoglikan va yalpiz ekstrakti asosida yaratilgan “Glikodent” preparati bu borada istiqbolli vosita sifatida baholanmoqda. Tadqiqot metodologiyasi. 30 nafar bemor parodontal kasalliklar bilan klinik va laborator tekshiruvlarga jalb qilindi. CPITN indeksi asosida kasallik darajalari belgilandi. Diagnostik vositalarsifatidaShiller–Pisarev testi vaKulajenko vakuum usuli qo‘llanildi. Davolash quyidagi vositalar bilan olibborildi: Sistemik antibiotiklar:Amoksitsillin+Metronidazol, Doksitsiklin Mahalliyantibiotiklar:Arestin, PerioChip Tabiiyvositalar: 0.12%xlorgeksidin eritmasi, tuzli suv,aloe vera Innovatsionvosita: “Glikodent”eritmasi Natijalar. 25–45 yosh oralig‘idagi bemorlar orasida parodontal kasalliklar 95% holatlarda qayd etildi. Bu yosh guruhida kasallik keng tarqalgan bo‘lib, bu holat hayotiy faollik, gormonal o‘zgarishlar va past gigiyena darajasi bilan izohlanadi. “Glikodent” preparatining 7–10 kunlik qo‘llanishi natijasida shish, qonash va og‘riq kabi simptomlar kamaygan, shilliq qavat regeneratsiyasi va mikrosirkulyatsiya tiklangan. Og‘ir parodontit holatlarida antibiotik terapiya, 128 IYUL ANDIJON,2025 xususan Amoksitsillin+Metronidazol kombinatsiyasi, yallig‘lanish va patogen mikrofloraning kaImLayMishigaFAoliNb kYelgAan.NSGhilIleLr–PIiKsareLvAteRstiIyKordOamNidaFyEallRig‘lEanNishSzIoYnalAariSaIniq belgilangan bo‘lib, butest kasallikni ertaaniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa. Parodontal kasalliklar keng tarqalgan va jiddiy patologiya bo‘lib, ularni erta aniqlash va davolash zarur. “Glikodent” preparati kam toksiklikka ega, yuqori yallig‘lanishga qarshi va tiklovchi ta’sir ko‘rsatadi. Antibiotik, antiseptik va tabiiy vositalar asosidagi kompleks yondashuv kasallikni erta bosqichda bartaraf etishda yuqori samaraga ega. Profilaktik choralarni keng ommalashtirish, aholi o‘rtasida gigiyenik tarbiyaviy ishlarni olib borish parodontal kasalliklarning oldiniolishdamuhimhisoblanadi. Foydalanilganadabiyotlarro‘yxati: 1. Muehleman M. Epidemiology ofPeriodontal Diseases // Zurich. –2020.–P.213. 2. Muehleman M. Zurich School Children Periodontal Survey // European Journal of Oral Sciences.–2015.–V. 123–P.287–294. 3. SaburovaL. B.Эпидемиология заболеванийпародонта// Bishkek. –2016.–С.152. 4. Куценко Н.Ф.Клиническая пародонтология// Москва.2018.–С.278. 5. Кулаженко В. Клиническая диагностика в стоматологии // Москва. – 2018. – С. 245. 6. Kulajenko V. Kulyajenko metodikasi bo‘yicha klinik tadqiqotlar // Toshkent. –2019. – B.98. 7. Шиллер–Писарев.Метод определения гликогена//Медицина.–1979.–С.76. 129

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqolada yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning tarqalish darajasi, etiopatogenetik omillari, klinik shakllari hamda ularni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqolada yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning tarqalish darajasi, etiopatogenetik omillari, klinik shakllari hamda ularni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
glikodent, parodontit, antibiotik terapiya, Parodontal kasalliklar, fitoterapiya, gingivit, stomatologik profilaktika.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники