К содержанию
РецензированоUZ2025

BUGʻDOYDA SARIQ ZANG (PUCCINIA STRIIFORMIS) KASALLIGIGA QARSHI KURASH CHORALARI

IYUL ANDIJON · Joʻrayev Nurboy Usmon oʻgʻli (Janubiy Dehqonchilik ilmiytadqiqot instituti)

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda bugʻdoy ekinlariga katta zarar yetkazuvchi sariq zang (Puccinia striiformis) kasalligi, uning biologik xususiyatlari, tarqalish sharoitlari va iqtisodiy oqibatlari chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, kasallikka qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari — agrotexnik, seleksion, kimyoviy, biologik va monitoring tizimlari bo‘yicha chuqur tahlil olib boriladi. Har bir usulning afzallik va kamchilik jihatlari taqqoslanadi, ularning amaliyotdagi qo‘llanilish holatlari misollar bilan yoritiladi. Materialda zamonaviy yondashuvlar, ekologik xavfsizlik va barqaror hosildorlikni ta’minlash uchun kompleks strategiyalar asoslab beriladi. Tezis, shuningdek, seleksiya orqali rezistent navlar yaratish, biofungitsidlardan foydalanish va ertaogohlantirish tizimlarining roli kabi istiqbolliyo‘nalishlargaalohida e’tiborqaratadi. Kalit so‘zlar: Bugʻdoy, sariq zang, Puccinia striiformis, kasallik, kurash choralari, fungitsidlar, biofungitsidlar, agrotexnika, rezistentnavlar, monitoring, hosildorlik,seleksiya. Bugʻdoy insoniyat tarixidagi eng qadimiy va ahamiyatli oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda esa bu ekin strategik rol o‘ynaydi va har yili katta maydonlarda yetishtiriladi. Biroq, bugʻdoy yetishtirish jarayonida turli tabiiy va biologik omillar sababli turli tahdidlar yuzaga keladi. Ayniqsa, turli o‘simlik kasalliklari, xususan, yildan-yilga kuchayib borayotganlari bugʻdoy hosiliga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Shunday xavfli kasalliklardan biri — sariq zang bo‘lib, ilmiy nomi Puccinia striiformis hisoblanadi. Ushbu patogen bugʻdoy barg to‘qimalariga zarar yetkazadi, o‘simlikning muhim hayotiy funksiyalarini izdan chiqaradi va hosilsifatini pasaytiradi. Sariq zang sovuq va nam muhitda tez tarqaladi. Ayniqsa, bahor va yoz boshlarida bu kasallik faollashadi. U dastlab barg yuzasida kichik sariq nuqtalar sifatida paydo bo‘lib, keyinchalik ular birikib chiziqsimon ko‘rinishga keladi. Bu pustulalar qo‘ziqorinning sportalari bo‘lib, shamol orqali boshqa maydonlarga osonlik bilan tarqaladi. Shuning uchun ham, agar vaqtida choralarko‘rilmasa, kasallikni to‘xtatish imkoniqolmaydi. Puccinia striiformis faqat tashqi belgilarni emas, balki ichki jarayonlarni ham izdan chiqaradi. O‘simlikda fotosintez jarayoni susayadi, oziqlanish buziladi. Natijada, boshoqlar mayda va pishmagan bo‘ladi, ayrim hollarda butunlay hosil bermaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha darajadagi zararlanish bugʻdoy hosilini 20–40% gacha kamaytiradi, og‘ir holatlarda esa bu ko‘rsatkich 60–70% ga yetadi. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligi, dehqonlar daromadi va butun iqtisodiyot uchun katta xavf hisoblanadi. Shu sababli, sariq zangga qarshi kurash faqat qishloqxo‘jaligi masalasi bo‘lmay, balki davlat ahamiyatidagi muhimyo‘nalishdir. Kurash choralari samarali bo‘lishi uchun, avvalo patogenning biologik xususiyatlari va rivojlanish bosqichlarini chuqur o‘rganish kerak. Puccinia striiformis — zang qo‘ziqorinlari 124 ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI IYUL ANDIJON,2025 oilasiga kiruvchi va ko‘p bosqichli hayot aylanishiga ega mikroorganizmdir. Uning asosiy tarqatuvchilari shamol, yomg‘ir tomchilari, ba’zida esa hasharotlardir. Aynan shamol tufayli, birhududdaaniqlangan kasallik tez orada butunmamlakatga tarqalib ketishi mumkin. Sariq zangga qarshi kurashda birinchi va eng muhim bosqich — profilaktik choralardir. Ya’ni, kasallik boshlanishidan oldin unga qulay sharoitlar yuzaga kelmasligini ta’minlash kerak. Mutaxassislar fikricha, ekin almashinuvi — oddiy, ammo samarali usullardan biridir. Bugʻdoy bir yerga ketma-ket ikki yoki undan ortiq yil ekilmasligi kerak. Tuproq chuqur haydalishi, o‘simlik qoldiqlari tozalanishi, urug‘lik sifati yuqori bo‘lishi lozim. Bu oddiy, biroq zaruriy qoidalar. Keyingi bosqich —seleksiya. Bugungi kunda ilmiy markazlar tomonidan sariq zangga nisbatan chidamli bugʻdoy navlari ishlab chiqilmoqda. Masalan, “Yaksart”, “Grom”, “Durdona”, “Andijon-1” kabi navlar nisbatan chidamli hisoblanadi. Ammo bu navlar ham doimo o‘zgarib borayotgan patogen biotiplariga qarshi to‘liq immunitetga ega emas. Shu sababli, yangi navlar seleksiya qilinishi, rezistent genlar bilan boyitilishi va muntazam sinovdan o‘tkazilishi zarur. Bu jarayon uzoqdavom etadi, lekin uzoq muddatliyechim aynan shunda. Agar kasallik allaqachon yuzaga kelgan bo‘lsa, kimyoviy usullar qo‘llaniladi. Bu holatda fungitsidlar, ya’ni qo‘ziqorinlarga qarshi dorilar muhim rol o‘ynaydi. Propiconazole, Tebuconazole, Triadimefon kabi triazol guruhiga mansub preparatlar aynan shunday holatlar uchun eng samarali vositalardan sanaladi. Ammo ularni ishlatishda zararlanish darajasi, o‘simlikning vegetatsiya holati e’tiborga olinishi zarur. Qandayki shifokor bemorga dori yozishda barcha omillarni hisobga olsa, agronom ham fungitsid tanlashda dala sharoitlarini, nav xususiyatlarini vaob-havoni tahlilqilishikerak. Shuningdek, biologik kurash usullari ham ahamiyat kasb etmoqda. Biofungitsidlar — tirik mikroorganizmlar asosida tayyorlangan vositalar — ekologik tozaligi va samarador

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda bugʻdoy ekinlariga katta zarar yetkazuvchi sariq zang (Puccinia striiformis) kasalligi, uning biologik xususiyatlari, tarqalish sharoitlari va iqtisodiy oqibatlari chuqur o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda bugʻdoy ekinlariga katta zarar yetkazuvchi sariq zang (Puccinia striiformis) kasalligi, uning biologik xususiyatlari, tarqalish sharoitlari va iqtisodiy oqibatlari chuqur o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fungitsidlar, sariq zang, monitoring, seleksiya., Bugʻdoy, kasallik, agrotexnika, rezistent navlar, hosildorlik, biofungitsidlar, kurash choralari, Puccinia striiformis
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники