К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEK MILLIY MUSIQASINING TARIXIY ILDIZLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

IYUL ANDIJON · Maxamatova MarjonaAzamatjonovna · SobirovaZilola Sayyodjonqizi

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

This article talks about the history of Uzbek music, its roots, development of Uzbek art, history, development factors, stages of development of traditional music, musicologists who made agreat contribution tothe development ofUzbek music. Key words: art, culture, artistic thinking, taste, aesthetics, intelligence, mood, accompaniment, solo. Insoniyat madaniyatining boshqa sohalarida bo'lganidek, musiqada ham uning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o'rganish va tahlil qilish jarayonida muhim xususiyatlar va qonuniyatlar yorqin namoyon bo'ladi. O'zbek musiqa san'atining ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi madaniyatning ko'pdan ko'p obidalari, buyuk o'zbek mutafakkirlari, shoirlari, yozuvchilari o'zining boy adabiy merosi bilan guvohlik beradi. Madaniyat – insoniyat badiiy tafakkurining mujassamlangan ko'rinishi hisoblanadi. Badiiy tafakkur o'z navbatida did, ziyraklik, nafosat, estetika, musiqa kabi tuyg'ular majmuasidir. Ma'lumki, san'at insonga ta'sir ko'rsatuvchi ulkan kuchga ega,. Shu sababli barcha zamon va xalqlarning atoqli pedagog- tarbiyachilari yosh avlodga tarbiya va ta'lim berish tizimiga madaniyatli va ma'lumotli shaxsni shakllantirish uchun zarur bo'lgan barcha fanlar qatori san'atning ham teng huquq bilan kiritilishiga intilganlar. Ideologiya formasi, madaniyatning qudratli quroli, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va ma'rifatli qilish vositasi bo'lgan musiqa san'atning muhim turlaridan biridir. Musiqa, adabiyot, falsafa, etika bilan xilma-xil va murakkab tarzda bog'langan bo'lib, u yosh avlodni ma'naviy barkamollikka yetkazishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Respublika musiqa madaniyati tarixiga musiqashunos olimlar Y.Y.Romanovskaya, N.N.Mironov. B.A.Uspenskiy, T.S. Vizgo, Y.Rajabiy, F.Karomatov Ya.Pekker, S.Veksler va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Bu iste'dodli musiqashunos olimlar ilmiy ish bilan birga xalq ijodini propaganda qilish, musiqa kadrlarini tarbiyalash, respublikaning musiqa o'quv muasssasalari uchun dastlabki o'quv qo'llanmalar yaratish bo'yicha ko'plab ishlar olib borganlar.1 XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, o'zbek musiqa madaniyati turli xil xalq qo'shiqchilik ijodi, rivojlangan milliy professional musiqa, boy musiqa asboblaridan tashkil topadi. Bu xalq qo'shiqchilik ijodining, professional musiqachilar san'atining gurkirab rivojlanishi bilangina emas, balki ijtimoiy vamadaniy hayotdagi jiddiyo'zgarishlarbilan xarakterlanadi. 1Mamajonov A. “O’zbek musiqa madaniyati: an’ana va zamonaviylik”. “Yangi asr avlodi” nashriyoti 2012. 98 IYUL ANDIJON,2025 Oʻzbek milliy musiqasi – oʻzbek xalqining asrlar davomida shakllangan, boy madaniy meIrLosiMdir. BFuAmuNsiqaYxalAq hNayoGti,IuLrf-oIdKatlLariA, mRaroIsimKlarOi, dNiniyFeEʼtiqRodElarNi vaStaIriYxiyAtajSribIasi bilan chambarchas bogʻliq. U qadim zamonlardan boshlab xalq ogʻzaki ijodi, bastakorlik sanʼati, ashula va cholgʻu anʼanalari orqali rivojlanib kelgan. O’zbek milliy musiqasining rivojlanishiquyidagi bosqichlarga bo’linadi. 1. Birinchi bosqich: Oʻzbek musiqasi ildizlari qadimgi Turkiston, Soʻgʻdiyona, Baqtriya, Xorazm va Margʻiyona madaniyatlariga borib taqaladi. Arxeologik topilmalar, qadimiy suratlar va yozma manbalarda oʻzbek ajdodlari turli musiqa asboblari – doira, nay, chang, dutor, karnay-surnaydan foydalanganlari tasdiqlanadi. Zardushtiylik, buddaviylik, islom kabi dinlar davridaham musiqaturlishakllarda rivojlangan. 2. Oʻrta asrlarda (IX–XV asrlar): Oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoning madaniy markazlarida musiqa sanʼati yuksak darajada rivojlandi. Bu davrda: Al-Farobiy, Ibn Sino, Safiyuddin Urmaviy kabi allomalar musiqa nazariyasini ilmiy asoslab, maqom ilmi haqida asarlar yozdilar. Shashmaqom sanʼati vujudga keldi – bu oʻzbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqiy merosidir. Buxoro, Xorazm, Fargʻona-Toshkent maktablari shakllandi. Navoiy davrida adabiyot va musiqaning uzviybogʻliqligi kuchaydi –gʻazal janridayaratilgan she’rlar koʻphollarda kuyga solinaredi. 3.Yangi davr (XIX –XXasr boshlarida): Bu davrda Muhammad2jon Mirzayev, Shorahim Shayxov, Komiljon Otaniyozov, Toʻychi hofiz kabi hofiz va sozandalar ijodi orqali milliy musiqa keng yoyildi. Ashula janrlari (terma, lapar, yalla, qoʻshiq) xalq orasida mashhur boʻldi. Anʼanaviy cholgʻular – dutor, rubob, chang, g’ijjak, doiraasosiy musiqaasboblari sifatidarivojlandi. 4.Sovetdavrida (XX asr): Oʻzbek milliy musiqasi professional darajaga koʻtarildi, musiqa maktablari, konservatoriyalar, teatrlar tashkil etildi, Mukarrama Turgʻunboyeva, Yunus Rajabiy, Nabi Xazratqulov kabi musiqashunoslar va san’atkorlar anʼanaviy musiqani asrab-avaylab, uni sahna san’atiga olib chiqdi,shashmaqom ilkbor notayozuvigatushirildi varadio, fonograflar orqali keng tarqaldi. 5.Mustaqillikdavri va hozirgi zamon: Mustaqillikdan soʻng,milliy qadriyatlar, jumladan, milliy musiqaham tiklandi va rivojlantirildi, bundan tashqari milliy cholgʻu asboblari ansambllari, folklor jamoalari tashkil etildi, Oʻzbekistonda xalqaro musiqa festivallari – “Sharq taronalari”, “Maqom sanʼati” fes

Доказательный фрагмент

«This article talks about the history of Uzbek music, its roots, development of Uzbek art, history, development factors, stages of development of traditional music, musicologists who made agreat contribution tothe deve…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the history of Uzbek music, its roots, development of Uzbek art, history, development factors, stages of development of traditional music, musicologists who made agreat contribution tothe deve… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
art, culture, artistic thinking, taste, aesthetics, intelligence, mood, accompaniment, did, jo'rsozlik, kayfiyat, yakkaxon., ziyraklik, san'at, madaniyat, estetika, badiiy tafakkur
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники