Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA RENTABELLIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH (“ASAKABANK” ATB MISOLIDA)
Ibroximov Ilxomjon Ibroximjon o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.
Современная наука и исследования · 4 · 45–53 · 2025
Аннотация
This scientific article provides an in-depth analysis of the important indicators that determine financial stability and economic efficiency in the activities of commercial banks - the amount of profit and the level of profitability. In particular, a comprehensive analysis was carried out on the example of JSCB "Asakabank" for 2020-2024 based on the bank's net profit, total assets, equity and profitability indicators (ROA - return on assets and ROE - return on equity). The results of the analysis show that profit indicators in the activities of "Asakabank" are consistently growing, which indicates an increase in the efficiency of financial management. The article puts forward practical measures to improve the profitability of the bank, such as: diversification of the loan portfolio, expansion of services using digital banking services, optimization of operating costs and strengthening the risk management system. It also covers modern methods of financial analysis of commercial banks and the practical importance of economic indicators used in assessing profitability. Keywords: commercial bank, bank profit, financial analysis, profitability indicators, net profit, return on assets (ROA), return on equity (ROE), JSCB "Asakabank", bank capital, bank assets, interest income, operating efficiency, loan portfolio, bank management, financial stability, risk management, bank indicators, banking system, digital banking services. 3 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va samarador faoliyati nafaqat banklar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik darajasini, balki mamlakatdagi umumiy iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ham bevosita belgilab beradi. Banklar uchun foyda – bu asosiy maqsadli ko‘rsatkich bo‘lib, u nafaqat bankning iqtisodiy ahvolini ifodalaydi, balki mijozlar bilan ishlashdagi ishonchlilik darajasini ham ko‘rsatadi. Foyda miqdori va uni ta’minlovchi rentabellik ko‘rsatkichlari (ROA va ROE) bank faoliyatining natijadorligini baholashda asosiy mezonlar hisoblanadi. O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tijorat banklarining kapitali, aktivlari va daromad bazasi izchil o‘sib bormoqda. Shu jarayonda banklarning foyda olish imkoniyatlarini kengaytirish, rentabellikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yirik banklar faoliyatini tahlil qilish orqali tizimli yondashuvlar ishlab chiqish mumkin. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy jihatdan baholashda rentabellik va foyda ko‘rsatkichlari eng muhim mezonlardan hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar orqali bankning resurslardan foydalanish samaradorligi, foyda olish salohiyati hamda moliyaviy barqarorligi aniqlanadi. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ushbu ko‘rsatkichlarning takomillashtirilishi uchun zaruriy nazariy asoslarni yaratib bermoqda. Birinchi navbatda, Abduraxmanova G.G. (2021) tomonidan olib borilgan tadqiqotda banklarning foyda ko‘rsatkichlari makroiqtisodiy barqarorlik bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil etilgan. U o‘z ishida bank rentabelligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlab, ayniqsa raqamli xizmatlar va mijozlar segmentatsiyasining foyda oshishiga bo‘lgan ijobiy ta’sirini asoslab bergan. Abduraxmanovaning fikricha, bank xizmatlarini individuallashtirish orqali nafaqat mijozlar soni, balki sof daromad ham ko‘payadi. Toshpulatova D.X. (2023) esa O‘zbekistondagi tijorat banklarining ROA va ROE kabi rentabellik indikatorlari bo‘yicha kuzatilgan o‘zgarishlarni statistik jihatdan tahlil qilgan. Uning tadqiqotida operatsion foydaning oshirilishi bankning umumiy rentabelligini belgilovchi asosiy omil sifatida ko‘riladi. Shuningdek, u rentabellikni aniqlashda qo‘llanilayotgan usullarning aniqligi va ularga zamonaviy yondashuvlarni qo‘shish zarurligini ta’kidlaydi. Islomov A.A. (2020) esa bank foydasiga ta’sir etuvchi ichki omillar – xususan, xarajatlar tuzilmasi va kredit portfeli sifati –ga alohida e’tibor qaratgan. U operatsion xarajatlarning optimallashtirilishi, foiz stavkalarining to‘g‘ri shakllantirilishi bankning foydasini belgilovchi asosiy ichki omillar ekani haqida xulosa bergan. Shuningdek, u foyda olishda likvidlik va aktivlar sifati muvozanatini saqlash muhimligini qayd etadi. Rossiyalik olim Mishustin V.V. (2019) o‘z tadqiqotida banklarning ROE darajasiga foiz stavkalari, pul-kredit siyosati va me’yoriy cheklovlar qanday ta’sir qilishini chuqur o‘rgangan. U rentabellik dinamikasining beqarorligi, asosan, regulyator siyosatdagi o‘zgarishlar va iqtisodiy sikllar bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Mishustin ROE ko‘rsatkichining kamayishini banklarning tashqi sharoitlarga moslashuvchanligini kuchaytirish orqali yumshatish mumkinligini ta’kidlagan. Yana bir rossiyalik tadqiqotchi – Belyakov D.S. (2021) moliyaviy
Доказательный фрагмент
«This scientific article provides an in-depth analysis of the important indicators that determine financial stability and economic efficiency in the activities of commercial banks - the amount of profit and the level o…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific article provides an in-depth analysis of the important indicators that determine financial stability and economic efficiency in the activities of commercial banks - the amount of profit and the level o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- commercial bank, bank profit, financial analysis, profitability indicators, net, “Asakabank” ATB, bank foydasi, moliyaviy tahlil, operatsion samaradorlik, o‘z kapital rentabelligi (ROE), foiz daromadlari, bank menejmenti, sof foyda, risklarni boshqarish, rentabellik ko‘rsatkichlari, bank aktivlari, raqamli bank xizmatlari., aktivlar rentabelligi (ROA), moliyaviy barqarorlik, tijorat banki, bank ko‘rsatkichlari, bank tizimi, kredit portfeli, bank kapitali
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025