Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA MUAMMOLI O‘QITISH METODIKASI
IYUL ANDIJON · O‘ZBEKISTONSUG‘URTABOZORIGA ZAMONAVIYINSURTECH · RashidovUlug‘bek Oripovich
Научный информационный бюллетень · 279–289 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy Insurtech texnologiyalarning mohiyati va va ularning O‘zbekiston sug‘urta bozoriga joriy etilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mamlakatdaInsurtechning rivojlanishiga ta’siretuvchi omillar tahlilqilingan. Kalit so‘zlar: sug‘urta, sug‘urta bozori, Insurtech texnologiyalar, sug‘urta polisi, moliyaviy texnologiyalar Globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari dunyo moliya bozorlarini tubdan o‘zgartirib yuborayotgan bir davrda, sug‘urta sohasi ham zamonaviy texnologiyalar ta’siridan chetda qolayotgani yo‘q. Xususan, Insurtech (Insurance + Technology) atamasi bugungi kunda nafaqat rivojlangan mamlakatlarda, balki rivojlanayotgan davlatlar moliyaviy xizmatlar tizimida ham faol qo‘llanilmoqda. Insurtech orqali sug‘urta mahsulotlarini yaratish, sotish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari avtomatlashtiriladi, xarajatlar kamayadi, mijozlarga individual yondashuv kuchayadi vaeng asosiysi, ishonch hamda ochiqlik oshadi. O‘zbekiston sharoitida esa so‘nggi yillarda sug‘urta bozorini liberallashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, Insurtech texnologiyalarini keng joriy etish hali ham qator tizimli muammolar va infratuzilma yetishmovchiligi bilan to‘qnash kelmoqda. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganligi, sug‘urta kompaniyalarining o‘z xizmatlarini onlayn shaklga o‘tkazishga bo‘lgan qiziqishi va aholining mobil texnologiyalardan foydalanish darajasining ortib borayotgani O‘zbekistonda Insurtech uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. “Insurtech” atamasi inglizcha “insurance” (sug‘urta) va “technology” (texnologiya) so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishga qaratilgan barcha ilg‘or texnologik yechimlarni o‘z ichiga oladi. Bu atama ilk bor 2010-yillarda AQSh va Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lib, asosan startaplar faoliyati orqali keng tarqala boshladi. Shu davr mobaynida raqamli sug‘urta xizmatlariga qiziqish keskin oshdi, bu esa sug‘urta kompaniyalarini yangi texnologiyalarni faol joriy etishga undadi. O‘zbekiston bo‘yicha adabiyotlar soni hozircha ko‘p emas, ammo Markaziy bank va Iqtisodiyot va moliya vazirligining so‘nggi 2023–2024-yillar uchun tahliliy hisobotlari, shuningdek Sug‘urta bozori assotsiatsiyasi ma’lumotlari mahalliy kontekstdagi asosiy ilmiy- amaliy manbalar sifatida xizmat qilmoqda. Ularda sug‘urta mukofotlari hajmi, sog‘liq sug‘urtasi segmentining kengayishi va raqamli xizmatlar ulushi borasidagi rasmiy statistika mavjudbo‘lib, yuqoridagi barcha jadvallar shu manbalargatayangan holda tuzildi. Xususan, Davlat statistika qo‘mitasining 2024-yil ma’lumotlarida aholining moliyaviy savodxonligi 32 foiz atrofida ekani, internet foydalanuvchilari ulushi esa 78 foizga yetgani qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston sug‘urta bozorida Insurtech xizmatlarini rivojlantirish uchun axborot texnologiyalari borasida salmoqli infratuzilma mavjudligini, ammo moliyaviy madaniyatning hali yetarlicha rivojlanmaganini ko‘rsatadi.1 1https://stat.uz 74 IYUL ANDIJON,2025 Shuningdek, International Monetary Fund va World Bank moliyaviy rivojlanish bo‘yicha gloIbLalMindekFslAaridNa haYmAO‘NzbeGkistIoLn sIuKg‘uLrtaAxiRzmaItlaKri OulusNhiFYIEMgRa nEisbNataSn IhaYli AjudSa pIast — taxminan 0,6% ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. Bu esa yuqoridagi nazariy qismda keltirilganidek, Insurtech texnologiyalarini joriy etishda katta salohiyatli “o‘sish nuqtasi” mavjudligini bildiradi2 hamda bugungi kunda Insurtech jahonda bir nechta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicharivojlanmoqda: Onlayn polislarni rasmiylashtirish – bu internet platformalari va mobil ilovalar orqali sug‘urta polislarini masofadan turib sotib olish imkonini beradi. Mijozlar uchun vaqt va xarajatlarni tejaydi, kompaniyalar uchun esa xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtiradi. Sun’iy intellekt (AI) va “big data” asosida risklarni baholash – mijozlarning xarid qilish odatlari, hayot tarzi va boshqa ma’lumotlarini tahlil qilish orqali individual risk profillarini tuzish va sug‘urta mukofotlarini shunga mos ravishda hisoblash imkonini yaratadi. Bu esasug‘urta mahsulotlarinishaxsga yo‘naltirilgan qilishga xizmat qiladi. Blokcheyn asosidagi shartnomalar – sug‘urta shartnomalarini o‘zgarmas va shaffof shaklda yuritish imkonini beradi. Bu texnologiya firibgarlikning oldini olish, to‘lovlar bo‘yicha shikoyatlarni kamaytirish hamdajarayonlarni avtomatlashtirishga yordam beradi. IoT (Internet of Things) orqali monitoring – avtomobillarga o‘rnatilgan telematik qurilmalar yoki sog‘liqni nazorat qiluvchi aqlli gadjetlar orqali real vaqtda risklarni monitoring qilishga imkon beradi. Masalan, avtomobil yurish uslubi yoki yurak urish tezligi asosida xavf ko‘rsatkichlari aniqlanib, sug‘urtamukofoti qayta hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishlarning jadal rivojlanishi natijasida jahon I
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy Insurtech texnologiyalarning mohiyati va va ularning O‘zbekiston sug‘urta bozoriga joriy etilishi masalalari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy Insurtech texnologiyalarning mohiyati va va ularning O‘zbekiston sug‘urta bozoriga joriy etilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oliy matematika, savodxonlik, o‘quv jarayoni, metodika., muammo, tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025