К содержанию
РецензированоUZ2025

KIMYO FANINI O’QITISHDA O’YINGA ASOSLANGAN INTERAKTIV SIMULYATORLARNING SAMARADORLIGI

IYUL ANDIJON

Научный информационный бюллетень · 192-205 · 2025

Аннотация

Kimyo fanini o’qitishda o’yinga asoslangan interaktiv simulyatorlar talabalar bilimlarini mustahkamlashda va qiziqarli tarzda o’rgatishda samarali usul hisoblanadi. Ushbu simulyatorlar orqali o’qituvchilar murakkab kimyoviy konseptsiyalarni oson tarzda tushuntirishlari, talabalar motivatsiyasini oshirishda va ularning mustaqil o’rganish qobiliyatlarini rivojlantirishda qo’llashlari mumkin. O’yinga asoslangan metodikalar talabalarni interaktiv va amaliy o’rganish jarayoniga jalb qilib, ta’lim samaradorligini oshiradi va bilimlarni real hayotdagi muammolarni hal qilish uchun qo’llash imkoniyatini beradi.Bu platformalar orqali universistetda amaliy mashg’ulotlarni hamda labaratoriya mashg’ulotlarini qiziqarli tarzda olib borish mumkin,o’z navbatida o’rta maktab o’qituvchilari ham darslarda foydalanishlari yaxshi samara beradi. Kalit so’zlar:Kimyo ta'limi, interaktiv simulyatorlar, o’yinga asoslangan o’qitish, ta’lim samaradorligi, virtual laboratoriya, talabalar motivatsiyasi, kimyoviy kontseptsiyalar. O'yinga asoslangan interaktiv simulyatorlar kimyo fanini o'qitishda samarali usul bo'lib, o'quvchilarning bilim olish jarayonini yengillashtiradi, ularning qiziqishini oshiradi va murakkab konseptsiyalarni tushunishini yaxshilaydi. Ushbu texnologiyalar tajribalarni xavfsiz va qiziqarli tarzda o'tkazishga imkon berib, o'rganish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi (Hu, Si, & Wang, 2018), (Okrepka, 2020). Kimyo fanini o'qitishda kompyuter simulyatsiyalari an'anaviy o'qitish usullari bilan taqqoslaganda o'quvchilarni yanada yaxshi bilim olishini taminlaydi. Bu usullar murakkab kimyoviy konseptsiyalarni tushunishga yordam beradi va o'qitish jarayonida sezilarli darajada yaxshilanishlarga olibkeladi (Plass et al.,2012). Birinchi platforma, ChemCollective, talabalar uchun virtual laboratoriyada kimyoviy tajribalarni o'tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu platforma orqali talabalar konsentratsiya, kimyoviy muvozanat va undan tashqari ko’plab mavzularni o'rganib, turli kimyoviy muammolarni hal qilishlari mumkin. ChemCollective haqiqiy laboratoriya tajribalarini simulyatsiya qilishorqali talabalar bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Ikkinchi platforma, Molecules 3D, talabalarga molekulalarning uch o'lchamli modellarini yaratish va ularni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bu platforma orqali talabalar atomlar va molekulalaro'rtasidagi bog'lanishlarni, shuningdek, molekulyar strukturalarni tushunib olishadi. Molecules 3D talabalarga molekulalarning tuzilishini interaktiv va qiziqarli tarzda o'rganish imkoniniberadi. Kahoot! platformasi esa kimyo bo'yicha savol-javob o'yinlarini tashkil qilish va talabalar bilan baham ko'rish imkoniyatini taqdim etadi. O'qituvchilar ushbu platforma orqali qiziqarli topshiriq va o’yinlar tashkil va talabalar bilimlarini sinovdan o'tkazishlari mumkin. Bu esa talabalar motivatsiyasini oshirib, bilimlarni oshirishga yordam beradi. 62 IYUL ANDIJON,2025 ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI 1-rasm: Kahoot! vaPhet simulyator platformalari Bundan tashqari, Phet Interactive Simulations platformasi kimyo bo'yicha turli mavzular bo'yicha interaktiv simulyatsiyalarni taklif etadi. Ushbu platforma yordamida talabalar kimyoviy jarayonlarni vizual tarzda kuzatishlari va tushunishlari mumkin. Phet interaktiv simulyatsiyalari talabalarga turli kimyoviy kontseptsiyalarni oddiy va aniq tarzda o'rganish uchun qulaylik yaratadi (Okrepka, 2020). Labster platformasi esa virtual laboratoriya tajribalarini o’z ichiga oladi. Bu orqali talabalar turli kimyoviy tajribalarni o'tkazishlari mumkin. Ushbu platforma o'qituvchilarga o'z darslarida virtual laboratoriya tajribalarini qo'llash imkonini beradi. Labster orqali talabalar murakkab laboratoriya jarayonlarini xavfsizva samarali sharoitdao'rganishlari mumkin. 2-rasm: Labster vaAlchemy simulyator platformalari Oxirgi platforma, Alchemy, talabalar uchun kimyoviy elementlarni birlashtirish va yangi moddalar yaratish jarayonini o'rganishga qaratilgan o'yin hisoblanadi. Ushbu o'yin ilmiy asoslarga tayangan bo'lib, talabalar kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Alchemy yordamida talabalar yaratish va sintez qilish jarayonlarini qiziqarli va oson tushunarli tarzdao'rganish imkoniga ega bo'lishadi. Yuqorida keltirilgan interaktiv o'yin platformalari kimyo fanini interaktiv va qiziqarli tarzda o'rganishni ta'minlab, talabalarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga katta yordam beradi. Bu platformalar ta'lim jarayonini samarali tashkil qilishda, ayniqsa, zamonaviy ta'lim muhitida, kattaahamiyatga ega. Foydalanilganadabiyotlarro’yxati: 1. Wenfeng Hu et al. "Chemistry Experiment Simulation based on Game Engine." 2018 IEEE/ACIS 17th International Conference onComputer and Information Science (ICIS) (2018): 776-780. https://doi.org/10.1109/ICIS.2018.8466392. 2. J. Plasset al. "Research Article Investigating theEffectiveness ofComputerSimulations forChemistry Learning." (2012). https://doi.org/10.1002/TEA.21008. 63 IYUL ANDIJON,2025 3.

Доказательный фрагмент

«Kimyo fanini o’qitishda o’yinga asoslangan interaktiv simulyatorlar talabalar bilimlarini mustahkamlashda va qiziqarli tarzda o’rgatishda samarali usul hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kimyo fanini o’qitishda o’yinga asoslangan interaktiv simulyatorlar talabalar bilimlarini mustahkamlashda va qiziqarli tarzda o’rgatishda samarali usul hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kimyoviy kontseptsiyalar., interaktiv simulyatorlar, Kimyo ta'limi, virtual laboratoriya, o’yinga asoslangan o’qitish, talabalar motivatsiyasi, ta’lim samaradorligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники