К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLALARNING SOG'LOM BO'LIB RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYANING O'RNI

IYUL ANDIJON · BOLALARNING SOG'LOMBO'LIB RIVOJLANISHIDAJISMONIY · TARBIYANING O'RNI

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar organizmining sog‘lom shakllanishi va har tomonlama rivojlanishida jismoniy tarbiyaning o‘rni tahlil qilinadi. Jismoniy tarbiya nafaqat bolaning jismoniy holatini mustahkamlash, balki ruhiy va ijtimoiy moslashuvini ham ta’minlaydi. Tadqiqot davomida maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy faollikning salomatlik, harakat faoliyati, nutq rivoji va shaxsiy intizomga ta’siri o‘rganildi. Maqolada samarali jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar, ertalabki gimnastika va sport elementlarining tarbiyaviy qiymati yoritilgan. Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sog‘lom bola, harakatli o‘yin, maktabgacha yosh, rivojlanish, psixofiziologik holat, sport mashqlari Bola sog‘lom rivojlanishi uchun nafaqat to‘g‘ri ovqatlanish va ruhiy osoyishtalik, balki jismoniy faollik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi, mushak va suyak tizimlari, yurak-qon tomir faoliyati, nafas olish organlari mustahkamlanadi. Bu davrda jismoniy tarbiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bola salomatligini asrash, tana a’zolari faoliyatini muvozanatda saqlash va ijtimoiy moslashuv darajasinioshirishdabeqiyos rol o‘ynaydi. Jismoniy tarbiya orqali bola o‘z harakatini boshqarishni, muvozanatni saqlashni, aniqlik, chidamlilik va chaqqonlikni o‘rganadi. Bundan tashqari, jismoniy faollik bolaning emotsional holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi — u stress, xavotir, ichki zo‘riqishlarni kamaytiradi, quvnoqlikni oshiradi. Harakatli o‘yinlar orqali bola tengdoshlari bilan muloqot qiladi, jamoaviy ishdaishtiroketish, qoidaga rioya qilish,sabr-toqat kabi ijtimoiyko‘nikmalarni egallaydi. Zamonaviy ta’limda jismoniy tarbiya sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ertalabki gimnastikadan tortib, harakatli o‘yinlar, sport elementlari va musiqali mashqlar bolalarda sog‘lom yashash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada aynan maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning ahamiyati, uni samaralitashkil etish yo‘llari va sog‘lomrivojlanishga ta’sirqiluvchi mexanizmlaryoritiladi. Ushbu tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lom rivojlanishni aniqlash maqsadida kuzatuv, eksperiment, pedagogik tahlil va suhbat usullaridan foydalanildi. Tadqiqot maktabgacha ta’limtashkilotlarining tayyorlov guruhlarida olibborildi. Kuzatuvlar jarayonida bolalarning ertalabki gimnastika, harakatli o‘yinlar, sport mashg‘ulotlarida ishtiroki, faol harakat qilish darajasi, jismoniy mashqlarni bajarish aniqligi va chidamlilik darajasi tahlil qilindi. Eksperiment tarzida 3 oylik jismoniy tarbiyaga asoslangan mashg‘ulotlar dasturi ishlab chiqilib, har haftalik gimnastika, harakatli o‘yinlar, musiqali jismoniy mashqlar, koordinatsion harakatlar asosidabajarildi. 47 IYUL ANDIJON,2025 Pedagoglar bilan suhbatlar orqali har bir bolaning holati, jismoniy faollik darajasi, sog‘lig‘i, emIoLtsiMonalFmAuvoNzanYatiAvaNjaGmoIaLdaIgiKijLtimAoiyRxIatKti-hOaraNkatlFariEhRaqiEdaNmSa’lIuYmoAt oSlinIdi. Shuningdek, ota-onalar bilan so‘rovnomalar orqali bolalarning uy sharoitidagi harakat faolligi vasog‘lom turmushtarziga rioya qilishio‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, jismoniy tarbiya vositalaridan muntazam va maqsadli foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sog‘lomlashuv, emotsional barqarorlik vaijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sirko‘rsatadi. Tajriba ishtirokchilari bo‘lgan bolalar jismoniy faollik tufayli yurish, yugurish, sakrash, muvozanatni saqlash, to‘g‘ri nafas olish kabi asosiy harakat ko‘nikmalarini mustahkamladi. Shuningdek, bolalarning immuniteti, chanqoqlik darajasi, tez charchash holatlari kamayganligi pedagogik kuzatuvlarorqali aniqlangan. Musiqali va o‘yin asosidagi jismoniy mashqlar bolalarning mashg‘ulotlarga qiziqishini oshirdi, ularning ijobiy kayfiyatda bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida, jismoniy tarbiya elementlari qatnashgan guruhlarda bolalar orasida ijtimoiy faollik, jamoada ishlash, tartibga rioya qilish, rahbar vaizdoshlik rollarini bajara olish ko‘nikmalari kuchliroq shakllangan. Ota-onalar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalar orqali aniqlanishicha, jismoniy tarbiyani uyda davom ettirgan bolalar sog‘lom turmush tarziga ko‘proq rioya qilgan, to‘g‘ri ovqatlanish va harakatgabo‘lgan ehtiyoji yuqori bo‘lgan. Maktabgacha yosh — bolaning jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishida muhim poydevor davridir. Aynan shu bosqichda bola asosiy harakat ko‘nikmalarini egallaydi, tana tuzilishi va mushak tizimi jadal rivojlanadi, yurak-qon tomir hamda nafas olish organlari faoliyati takomillashadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya orqali bola nafaqat jismonanchiniqadi, balkipsixologik vaijtimoiy jihatdan ham mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlar davomida o‘yinlar va harakatlar orqali bolalarda muvozanat, chidamlilik, koordinatsiya, diqqat, intizom, ishonch va o‘zini nazorat qilish kabi shaxsiy sifatlar rivojlanadi. Harakatli o‘yinlar ij

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalar organizmining sog‘lom shakllanishi va har tomonlama rivojlanishida jismoniy tarbiyaning o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalar organizmining sog‘lom shakllanishi va har tomonlama rivojlanishida jismoniy tarbiyaning o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harakatli o‘yin, rivojlanish, jismoniy tarbiya, sport mashqlari, maktabgacha yosh, psixofiziologik holat, sog‘lom bola
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники