К содержанию
РецензированоUZ2025

INTELLEKTUAL-FALSAFIY ROMAN – TARIXIY ROMAN MODIFIKATSIYASI SIFATIDA

IYUL ANDIJON · QurbonovaFeruza Ilhomovna

Научный информационный бюллетень · 2025

Аннотация

Ushbu maqola badiiy asar kayfiyatining inson ruhiyatiga bevosita va bilvosita ta’siri badiiy mushohada teranligi hamda badiiy estetik salohiyatining ichki qonuniyati bir butunlikda uyg‘unlashib talqin etilishi yozuvchining yutug‘i hisoblanadi. Adib qahramon ruhiyatini tahlil qilar ekan, har bir personaj yashashdan maqsad va ma’no qidiradi. Olloh tomonidan buyurilgan farz va amallarni ikki dunyo mezonidan kelib chiqib baholaydi va baholi qudrat bajaradi, shunga ko‘ra romanda psixologik, falsafiy va ilohiy tushunchalar badiiy umumlashmamazmunkasb etadi. Kalitso‘z:ezgulik, psixologik, insonruhiyati, fe’l-atvor, xarakter. ANNOTATSIYA: Статья является достижением писателя, который интерпретирует прямое и косвенное воздействие настроения художественного произведения на психику человека, глубину художественного наблюдения и внутренний закон художественно- эстетического потенциала в едином целом. Анализируя психику героя, писатель ищет цель и смысл жизни. Он оценивает обязанности и деяния, заповеданные Богом, исходя из критериев двух миров и осуществляет власть оценки, соответственно, психологические, философские и божественные концепции приобретают в романе художественное обобщение. Ключевые слова:доброта,психология,человеческийдух,характер,расположениедуха. ANNOTATION: This article is an achievement of the writer, who interprets the direct and indirect impact of the mood of a work of art on the human psyche, the depth of artistic observation, and the internal law of artistic aesthetic potential in a unified whole. While analyzing the psyche of the hero, the writer seeks a purpose and meaning in life. He evaluates the duties and deeds commanded by God based on the criteria of two worlds and performs the power of evaluation, accordingly, psychological, philosophical and divine concepts acquire artisticgeneralizationin thenovel. Key word:goodness, psychological, human spirit, character, disposition. Chorak asr davomida tarix va inson munosabatlarini idrok va ifoda etish tamoyillari tamomila o‘zgardi. Badiiy haqiqat ijtimoiy-siyosiy hayot tasviridan ustun qo‘yilib, Arastu davridayoq tasdig‘ini topgan mavqeini egalladi. Endilikda, personaj aksariyat sho‘ro romanlarida kuzatilganidek, voqelikka ilova emas, balki o‘z o‘y-xayol va xatti-harakati bilan tirikinson sifatidaxolis tasvirlana boshladi. Boshqacha aytganda, alohida shaxs borlig‘i ijtimoiy voqelikdan ko‘ra murakkabroq hodisava uni tushunishva izohlash muhimekani poetik idrok etilaboshladi. Globallashuv davri shiddati ta’sirida o‘z milliy qiyofasidan ayrilib qolmaslikka intilayotgan kishilar ruhiy intellektual olami, tuyg‘ular dunyosini ko‘rsatishga ehtiyoj ortdi. Nuqul kitobxonga o‘rnak bo‘lish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish missiyasini tashuvchi, ammo o‘z shaxsiy hayoti, insoniy tuyg‘u-kechinmalaridan mahrum trafaret adabiy qahramonlarinkoretildi. “Boqiy darbadar” romani kompozitsiyasining uchinchi qismi “BOENG 787 DREAMLINER. Bo‘rondan yarim soat avval”, “Mutafakkirning vido maktubi”, “Bo‘rondan o‘n besh daqiqa avval”, “BOENG 787 DREAMLINER. Bo‘rondan o‘n daqiqa avval”, “Mezonul-avzon”, “Bo‘ron” shaklida sarlavhalangan olti bo‘lim-epizodni o‘z ichiga oladi. Ko‘rinib turibdiki, bu 6 IYUL ANDIJON,2025 qism yarim soatlik zamon voqeligini tasvirlashga qaratilgan. Shuningdek, bu qism voqealari maIrLkazMidadFunAyonNi osYtinA-ustNunGqilgIaLn gIlKobaLl bAo‘rRonIhoKdisaOsiNturaFdi.ERENSIYASI Ushbu epizodlar tizmasida, asosan, ikki qahramon haqida gap ketadi. Biri professor Ziyo, ikkinchisi jahondagi harbiy birlashmalar tomonidan o‘limga hukm qilingan klon-odam obrazlari. Bu qismda ham ikkinchi qismdagidek ikki zamon uyg‘unlashtirilib tasvirlanadi. Axborot-kommunikatsiya vositalari orqali joriy zamon, professor Ziyo assotsiativ xayollari orqali o‘tmish zamoni. Yozuvchi “BOENG 787 DREAMLINER. Bo‘rondan yarim soat avval” deb sarlavha qo‘yilgan epizodda Reyter axborot agentligining internet saytida berilgan axborotlarni roman voqealariga postmodernistik usulda payvandlaydi. Bundan o‘quvchi yangi asr dunyosida jahonda ro‘y bergan, hatto real hayotda ham axborot sifatida mavjud bo‘lgan o‘n uchta global axborot bilan tanishadi. Yozuvchining mahorati shundaki, internet uslubida berilgan turli axborotlarni professor Ziyo nigohida o‘qitishi bilan ularni romanning markaziy voqealari, badiiy-falsafiy konsepsiyasiga bog‘lay oladi. Masalan: “...dunyoning turli mintaqalarida sohillar kengayib bormoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sahroi Kabir keyingi o‘n yil ichida o‘ttiz kilometrga kengaygan...”; “...Misrda qoyalarni yo‘nib ishlangan uylardan topilgan anjomlar u yerda yashagan kishilarning, darhaqiqat, bahaybat gavdali, kuchli kishilar bo‘lganini tasdiqladi. Rivoyatlarga ko‘ra, ularni kuchli shamol halok qilgan...”; “...butunjahon Ovchilar Jamiyati barcha ovchilarni Xitoydan kelgan qora chumchuqlarni qirib tashlashga chaqirdi... Oddiy va odatiy sarg‘ish chumchuqlardan farq qilib, ular na don-dun terishadi, na sayrashadi, qop-qora ko‘zlarini jovdiratgancha nimanidir sabr-toqat b

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola badiiy asar kayfiyatining inson ruhiyatiga bevosita va bilvosita ta’siri badiiy mushohada teranligi hamda badiiy estetik salohiyatining ichki qonuniyati bir butunlikda uyg‘unlashib talqin etilishi yozuvch…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola badiiy asar kayfiyatining inson ruhiyatiga bevosita va bilvosita ta’siri badiiy mushohada teranligi hamda badiiy estetik salohiyatining ichki qonuniyati bir butunlikda uyg‘unlashib talqin etilishi yozuvch… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
доброта, психология, человеческийдух, характер, расположениедуха, xarakter, inson ruhiyati, fe’l-atvor, psixologik, ezgulik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники