К содержанию
РецензированоRU2024

PAXTA TOZALASH SANOATIDA QO‘LLANADIGAN TOZALAGICHLAR VA ILMIY MANBA’LARNI TAHLILI.

t.f.f.d., dots. Qarshiyev Baxtiyor Eshqobilovich. · t.f.f.d..Abdullayev Kamoliddin Yusupovich · t.f.f.d. Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li · tadqiqotchi: Tursunov Ne’mat Normeyliyevich

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024

Аннотация

Paxtani tozalash texnologik jarayoni tola sifatini belgilovchi asosiy jarayonlardan biridir. Paxta xomashyosini tozalash texnologiyasi paxtaning naviga, yani tozalanish darajasiga qarab qo‘llaniladi, tozalanish darajasi paxta navining ilashuvchanlik koeffitsentiga bog‘liqdir. Kalit so‘zlar: Пахта tozalash, samaradorligi,uskuna, navlar Paxtani tozalash texnologik jarayoni tola sifatini belgilovchi asosiy jarayonlardan biridir. Paxta xomashyosini tozalash texnologiyasi paxtaning naviga, yani tozalanish darajasiga qarab qo‘llaniladi, tozalanish darajasi paxta navining ilashuvchanlik koeffitsentiga bog‘liqdir. Paxtani har xil iflosliklardan tozalash uchun kerakli uskunalar turlarini tanlashda ularning fizik-mexanikaviy xususiyatlarini (o‘lchamlari, kelib chiqishi, paxtaga ilashish darajasi) nazarga olish katta ahamiyatga ega. Paxtani iflosliklardan tozalash mashinalari asosan qoziqchali barabanlar seksiyasi va arrachali barabanlar seksiyasidan iborat bo‘ladi. Mayda iflosliklardan qoziqchali barabanlar seksiyasida, yirik iflosliklardan esa arrachali barabanli seksiyada tozalanadi. Paxtani tozalash uskunalari ish unumdorligi va tozalash samaradorligi (paxtadan iflosliklardan, ulyuk va puch chigitlarni ajratish qobiliyati) bilan baholanadi. Uskunaning tozalash samaradorligi uskunaga tushgan paxtadan ajratilgan aralashma massasining paxtada bo‘lgan barcha aralashma massasiga nisbati bilan foiz hisobida aniqlanadi: Uskunalarning tozalash samaradorligiga ularning ish unumdorligi, paxtaning namligi va iflosligi katta ta’sir qiladi. Uskunalarning ish unumdorligi ularning eng yuqori tozalash samaradorligiga moslab oshiriladi. Paxtaning namligi normal darajagacha kamaytirilganda tozalash samaradorligi ko‘payib, iflos aralashmalarning paxtadan ajralishi osonlashadi va ko‘payadi. Namligi normal darajadan yuqori bo‘lgan paxtani tozalaganda uskunalarning tozalash samaradorligi kamayishidan tashqari, shu paxtaning tolasida qo‘shimcha nuqsonlar ham ko‘payadi. Uskunalarning tozalash 59 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-7 samaradorligi paxtaning iflos qo‘shilmalarining miqdoriga qarab o‘zgaradi: iflos qo‘shilmalar qancha ko‘p bo‘lsa, tozalash vaqtida shuncha ko‘p iflosliklar ajratiladi. Ma’lumki, paxta xomashyosini tozalashda qabul qilinadigan reglamentlangan rejasini ishlab chiqishda turli omillar, ammo birinchi navbatda, qayta ishlanadigan materialni birlamchi iflosligi, seleksion va ishlab chiqarish navlari hisobga olinadi. Paxta tozalash korxonalarida qo‘llaniladigan tozalagichlarni mayda va yirik organik iflosliklardan tozalovchi turlariga bo‘linadi. Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash asosan barabanli va qisman shnekli tozalagichlarda bajariladi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash muhim jarayon hisoblanib, u keyingi bosqichda paxtani qayta ishlash, ya’ni jinlash va tolani tozalash jarayonlariga katta ta’sir etadi. Agar paxtadagi mayda iflosliklar yetarli darajada tozalanmasa, u passiv ifloslikdan aktiv ifloslikka o‘tadi va keyingi jarayonlarda, ya’ni jinlash va tola tozalashda ajratilishi qiyinlashadi, tiqilishlar sodir bo‘ladi, tola va chigit shikastlanadi. Paxtadan mayda iflosliklarni ajratuvchi barcha tozalagichlar bir xil tamoyilda ishlaydi, ya’ni paxta xomashyosi qoziqli barabanlarda titkilanib, to‘rli yuzali sirtlar orqali harakatlantiriladi. Bu jarayon bir necha marotaba takrorlanadi va paxta xomashyosi mayda iflosliklardan tozalanadi. Tozalanish samaradorligi qoziqli barabanlar aylanish soniga, to‘rli yuzasiga, texnologik tirqishlarga, paxta xomashyosining boshlang‘ich ko‘rsatkichlari va boshqalarga bog‘liq. Tituvchi qoziqli barabanlarning aylanishlari soni paxta xomashyosi chigitini mexanik shikastlanishi ortishi, to‘rli yuzasining maydoni esa, paxta xomashyosining iflos aralashmalar tarkibiga o‘tishi bilan chegaralangan. Hozirgi paytda paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalovchi tozalagichlarni ishlab chiqarishni muqobillash uchun tarkibida bir juft qoziqli-parrakli baraban bo‘lgan EH.178 rusumli bo‘linma ishlatiladi (1-rasm). Bu bo‘linmalardan to‘rttasi yig‘ilib, 1XK rusumidagi (2-rasm) sakkiz barabanli tozalagich ishlab chiqariladi. EH.178 bo‘linmalarning qulayligi - ulardan foydalanib hohlagan sonli qoziqli-parrakli barabanga ega mayda iflosliklardan tozalovchi tozalagich hosil qilinishi mumkin. Bu bo‘linmalardan UXK agregatida ham foydalanilgan. 60 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-7 1-rasm. EH.178 rusumli tozalagich bo‘linmasi sxemasi 1-rama, 2- qoziqli-parrakli baraban, 3- to‘rli yuza. 2-rasm. 1XK rusumli paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning texnologik sxemasi 1-boshlang‘ich me’yorlashtirilgan qoziqli bo‘lim EH. 178.01 (ta’minlovchi g‘o‘lachalar bilan); 2, 4- ustun, 3- me’yorlashtirilgan qoziqli-parrakli bo‘lim EH. 178.02, 5- bunker Uzoq yillardan buyon paxta xomashyosini mayda ifloslikdan tozalovchi tozalagichlarida ishlatilinib kelinayotgan qoziqli-parrakli

Доказательный фрагмент

«Paxtani tozalash texnologik jarayoni tola sifatini belgilovchi asosiy jarayonlardan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Paxtani tozalash texnologik jarayoni tola sifatini belgilovchi asosiy jarayonlardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
samaradorligi, Пахта tozalash, uskuna, navlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники