Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYATCHILIK TURLARI VA UNING HUDUDIY TAFOVUTLARI
Insights Across the Disciplines · UNING HUDUDIY TAFOVUTLARI · Dilnoza D. Tuxtamuratova
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024
Аннотация
This article describes the crimes committed on the territory of the Republic of Uzbekistan, their socio-geographical aspects, territorial recommendations of types of crime, gives relevant conclusions and recommendations on the topic. В данной статье изложены преступления, совершенные на территории Республики Узбекистан, их социально-географические аспекты, территориальная специфика видов преступлений, даны соответствующие выводы и рекомендации по данной теме. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyatlar, ularning ijtimoiy-geografik jihatlari, jinoyatchilik turlarining hududiy tavofutlari haqida bayon etilgan bo’lib, mavzu yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan. Sotsial geografiya o’zining ichki tuzilishiga, tarkibi va unga qo’shni fanlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega.Ma’lumki, sotsial geografiya fani rivojlanib borgani sayin unda yangi yosh tarmoqlar vujudga kela boshlagach, ana shunday fanlar qatorida jinoyatchilik geografiyasi ham fan sifatida vujudga kelib, sekin-asta rivojlana boshladi.Jinoyatchilik geografiyasi ko’proq kriminologiya va geografiya fanlari qirrasida o’rganiladi.Jinoyatchilikni o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi va kriminologiya nomini oldi ,Kriminologiya so’zi lotincha “crimen”–jinoyat, yunoncha “logos”– ta’limot, ya’ni “jinoyatchilik haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi. Bunda jinoyat tushunchasi aniq bir jinoyatni emas, balki umuman jinoyatchilikni nazarda tutadi. Jinoyatchilikni jinoiy-hududiy kompleks sifatida o’rganish XX asrdan boshlandi. Aniqrog’i, XX asrning 20-30-yillariga kelib Yevropada keng miqyosda inson geografiyasiga bog’liq holda jinoyatchilik holatlari hududiy jihatdan tadqiq etila 31 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 boshlandi va xaritalari ham yaratildi. Jahonda jinoyatchilik geografiyasini shakllanishi va rivojlanishida AQSH, Germaniya, Fransiya,Italiya davlatlarida jinoyatchilikning sabablari va uni oldini olish masalalari bilan shug’ullangan olimlarning xizmatlari beqiyosdir..Xususan, jinoyatni o’rganishda hududiy jihatlarni hisobga olgan holda birinchi tadqiqotlar fransuz kriminologi A.M.Gerpi va belgiyalik sotsiolog A.Kueteletlarga (1833-1835) tegishlidir. Republikamizda jinoyatchilik geografiyasi, jinoyatchilik turlarining hududiy jihatlari, geokriminogen vaziyat to’g’risidagi dastlabki ilmiy maqolalar A.S.Soliyev va uning shogirdlari tomonidan e’lon qilingan. 2006-yilda professor A.Soliyev ilmiy rahbarligida A.Qayumov “O’zbekistonda jinoyatchilikning ijtimoiy-geografik jihatlari” mavzusida tadqiqot olib borgan. Biroq, bu ish O’zbekiston miqyosiyada tadqiq qilingan. Tadqiqotda statatistik, qiyosiy tahlil, tizim-tarkib usullaridan foydalanilgan.n. Shu bilan birga hozirgi kungacha kriminologik muammolarga oid turli ko’lamdagi ilmiy ishlar V.M.Bikov, J.Alimardonov, K.Mirzajonov, K.Abdurasulova, M.Rustambayev, U.Haydarova va boshqalar tomonidan bajarilgan “Geokriminologiya” sotsial geografiyaning muhim bir qismi sifatida turli mamlakat yoki mintaqalarda sodir etilayotgan jinoyatlarga ta’sir etuvchi shartsharoit va omillar, shuningdek kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatini o’rganadi. Geokriminologiya jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini o’rganish bilan birga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir etilishini, jinoyat sodir etgan shaxslarning sotsial demografik tarkibi hamda alohida turdagi jinoyatlarning sharoit va sabablarini ham tadqiq etadi. Zamonaviy jinoyatchilik tarkibiy qismlarining yaxlitligi, ularning o’zaro bog’liqligi, ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jinoyatlar ko’p xususiyatlarning umumiyligiga qaramay, juda xilma-xildir. Bu obyektning hujum va tazyiqqa uchrashi, subyektlarning xulq-atvori, motiv va maqsadlari, dunyoqarashining xilma-xilligi, xatti- harakatlarining xususiyatlari, hayotiy vaziyat tarkibidagi farqlar tufaylidir. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda yangi jinoyatchilik turlari paydo bo’layotganini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo’yicha ro’yxatga olingan jinoyatlarning umumiy soni 46529 tani tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 1.0% bo’ldi. Ushbu davrdagi jinoyatlar soni 10 ming kishiga nisbatan 13.1 taga yetgan. 32 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 7 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 Oxirgi uch yilda qayd etilgan jinoyatlar soni 2.1 martaga oshgani qayd etilgan. Bu ko’rsatkich 2020-yilning yanvar-iyun oylarida 21535 tani tashkil etgan bo’lsa, 2022-yilning shu davrida 46529 taga yetdi. 2022-yil • 46529 2021-yil • 45630 2020-yil • 21535 Hozirgi kunda O’zbekistonda shahar aholisining salmog’i 51 foizni, qishloq aholisi esa 49 foizga teng. Shaharlarda potensial xavf katta ahamiy
Доказательный фрагмент
«This article describes the crimes committed on the territory of the Republic of Uzbekistan, their socio-geographical aspects, territorial recommendations of types of crime, gives relevant conclusions and recommendatio…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the crimes committed on the territory of the Republic of Uzbekistan, their socio-geographical aspects, territorial recommendations of types of crime, gives relevant conclusions and recommendatio… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jinoyat, giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlar, mulkka qarshi jinoyatlar, potensial xavf, shaxsga, geokriminologiya., jinoyatchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025