Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DIPLOMATIYADA AYOLLARNING O’RNI VA ROLI: IMKONIYATLAR, YUTUQLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mirzabekova Ruxsora Ilxam qizi
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025
Аннотация
В данной статье анализируется ключевая роль и значение женщин в современной дипломатии. Рассматриваются гендерный подход в современной дипломатической системе, участие женщин среди исторических и современных дипломатов, а также их вклад в международные политические и социальные процессы. Также исследуются новые возможности, возникающие на основе принципов гендерного равенства. Кроме того, освещаются определённые барьеры, стереотипы и проблемы, с которыми сталкиваются женщины-дипломаты, и предлагаются пути их преодоления. В качестве яркого примера анализируется дипломатическая деятельность женщин в истории Узбекистана и других стран, подчеркивая их важную роль в сохранении мира, развитии диалога и укреплении международного сотрудничества. Ключевые слова: эпоха глобализации, дипломатия, гендерное неравенство, дипломат, ООН-женщины, кадровая политика, культурная политика, протокол, международный диалог, международная политика, неправительственные организации. Hozirgi globallashuv jarayonida diplomatiya xalqaro aloqalarni rivojlantirishda asosiy rol o’ynab kelmoqda. Qadimdan bunday diplomatik 94 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 jarayonlarda asosan faol bo’lib, muhim qarorlarni faqat erkaklar qabul qilishgan bo’lsa, endilikda ayollarning o’rni tobora kundan-kun ortib bormoqda. Diplomat ayollar siyosiy jarayonlarda ham tinchlikni ta’minlash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, hamda umumiy inson huquqlarini himoya qilish, madaniy aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda faol ishtirok etib, diplomatiya dunyosida o’z salohiyatini namoyon qilmoqdalar. Zamonaviy davrda ko’plab mamlakatlarda gender yondashuv asosida olib borilayotgan islohotlar tufayli ayollar tashqi siyosatni shakllantirishda bevosita faol ishtirok eta boshladilar. Ular vazir, elchi, xalqaro tashkilot rahbarlari kabi nufuzli lavozimlarini egallab, an’anaviy gender tengsizliklarni bartaraf etmoqda. Shu sababli, ayollar diplomat sifatida nafaqat o’z mamlakatlari, balki dunyodagi barcha xalqlar uchun muhim bo’lgan tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik yo’lida xizmat qilyapti. Tarixga nazar tashlasak, bilamizki, ayollar asosan norasmiy diplomatik missiyalar orqali ishtirok etgan. Masalan, XVI asr oxiri XVII asr boshlarida ham ayollar siyosiy aloqalarni boshqarishda faol bo’lgan. Biroq, ular rasmiy diplomatik unvonga ega bo’lishmagan. Bugungi kunda esa bu holatga yakun yasaldi va tubdan o’zgardi. Yorqin misol tariqasida, BMTdagi yuqori lavozimlarga ega bo‘lgan ayollar — Amina Mohammed (BMT Bosh kotibining o‘rinbosari), Ursula von der Leyen (Yevropa Komissiyasi prezidenti), Sigrid Kaag (Niderlandiya tashqi 95 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 ishlar vaziri) kabi nomlarni keltirish mumkin. Ular xalqaro siyosatdagi muhim qarorlarning qabul qiluvchisi bo’lib, global diplomatik jarayonga yaxshigina ta’sir ko’rsatmoqdalar. Biroq, shunga qaramay, hali ham diplomatik tizimda gender tengligi to’liq ta’minlanmagan. Ko’plab mamlakatlarda ayollar vazir yoki elchi lavozimiga erkin tayinlanish huquqiga ega emaslar. UN ( United Nation) Women tashkilotining 2023- yili ma’lumot berishicha, dunyo bo’yicha atigi 23% elchilarni ayollar tashkil etadi. Ko’plab ayollar hali hamon, gender tengsizligiga, ish va oilani bir maromda ushlab turish muammolari, siyosiy ishonchning yetishmasligi kabi to’siqlarga duch kelmoqda. 2014-yil holatiga ko‘ra, 143 davlat Konstitutsiyalarida erkaklar va ayollar tengligini kafolatlagan, biroq, yana 52 mamlakat esa bu muhim majburiyatni hali ham qabul qilmagan. 1992-yildan to 2019-yilgacha bo‘lgan davrda tinchlik jarayonlarida ayollar faqat 13 foizi muzokarachilar, 6 foizi vositachilar va 6 foizi imzo chekuvchilar sifatida ishtirok etgan. O‘zbekistonda ham ayollarning diplomatik faoliyatda ishtiroki kundan kun ortib bormoqda. Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirligida va boshqa xalqaro aloqalar bilan bog‘liq idoralarda ayol mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Ular protokol, xalqaro muloqot, matbuot xizmati, madaniy diplomatiya va boshqa sohalarda muvaffaqiyatli ishlamoqdalar. Misol tariqasida, hozirgi kunda O’zbekistonda Saida Mirziyoyeva ijtimoiy diplomatiya, madaniy aloqalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelmoqda, shu bilan birgalikda, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, tarixda ham Dilorom Tashmuhamedova kabi ayollar parlament va xalqaro vakillik lavozimlarida faol ishtirok etganlar. Shu bilan birgalikda, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Gender tenglik strategiyasi doirasida ayollarning siyosiy va diplomatik lavozimlarga tayinlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Bu strategiya esa O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash yo‘lida muhim huquqiy asosi bo‘lib 96 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “TH
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется ключевая роль и значение женщин в современной дипломатии.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется ключевая роль и значение женщин в современной дипломатии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globalization era, diplomacy, gender inequality, diplomat, United, United Nation Women, diplomatiya, gender tengsizlik, madaniy siyosat, xalqaro muloqot, nohukumat tashkilotlar, protokol, kadrlar siyosati, globallashuv davri, Xalqaro siyosat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014