К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUV MARKAZI LOYIHASIDA RISK VA DAROMADLILIK MASALALARI

Ergashova Rushana Saloxiddin qizi · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the main risk factors that may arise in the implementation of training center projects and financial indicators that determine profitability. In assessing the effectiveness of private sector projects in the field of educational services, identifying risks, developing strategies for their management, and compiling profit forecasts based on economic indicators play an important role. The study determines the profitability of the training center using financial assessment tools such as Net Present Value (NPV), Internal Rate of Return (IRR), Payback Period. Also, a thorough analysis of the market, financial, operational, and legal risks inherent in these projects is provided. At the end of the article, practical recommendations are given to minimize these risks. Keywords: Training center, investment project, risk analysis, profitability, NPV, IRR, financial plan, business strategy, education market, investment risk, operational risk, market analysis, profitability, cash flow, business model. Metodologiya: O‘quv markazi loyihasining iqtisodiy samaradorligini baholash va unga ta’sir etuvchi risk omillarini chuqur o‘rganish uchun biz kompleks va tizimli yondashuvlarga asoslangan ilmiy metodologiyadan foydalandik. Tadqiqot jarayonida amaliyotda samarali ishlatiladigan bir nechta yondashuvlar uyg‘unlashtirildi. Har bir metod ma’lum bir muammoni yoritishga xizmat qildi va yakuniy xulosalarning asosli bo‘lishini ta’minladi. Avvalo, analitik yondashuv yordamida O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan xususiy o‘quv markazlari bozorining umumiy holati o‘rganildi. Ushbu tahlilda markazlarning xizmat turlari, narx siyosati, daromad va xarajat strukturalari, o‘quvchilar oqimi hamda faoliyat yuritish sharoitlari atroflicha tahlil qilindi. Bu tahlil orqali biz loyiha iqtisodiyotining ichki tarkibini, rentabellik manbalarini aniqlab oldik. 1 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keyingi bosqichda statistik tahlil metodidan keng foydalandik. Bu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa rasmiy manbalardan olingan ochiq raqamli ma’lumotlar asosida xususiy o‘quv markazlarining oxirgi besh yildagi o‘sish sur’atlari, foyda darajalari, mijozlar to‘lov qobiliyati va mintaqaviy farqlari chuqur tahlil qilindi. Ayniqsa, foyda va xarajatlarning o‘zgarish dinamikasi grafik va trend chiziqlari orqali aks ettirildi. Bu esa loyihaning kelajakdagi salohiyatini ob’ektiv baholashga xizmat qildi. Shuningdek, investitsion baholash vositalari yordamida loyiha moliyaviy jihatdan baholandi. Bunda uchta asosiy ko‘rsatkichga – Net Present Value (NPV), Internal Rate of Return (IRR) va Payback Period indikatorlariga tayandik. NPV orqali loyihaning hozirgi qiymati va kutilayotgan daromadi aniqlanib, IRR esa rentabellik chegarasini ko‘rsatdi. Payback muddati esa investor uchun sarmoya qancha muddatda o‘zini qoplaydi, degan savolga javob berdi. Ushbu ko‘rsatkichlarning uyg‘un natijasi loyiha iqtisodiy jihatdan qanchalik barqaror va investitsiyaga yaroqli ekanini ko‘rsatib berdi. Bundan tashqari, biz SWOT tahlili usuliga murojaat qildik. Bu yondashuv orqali o‘quv markazi loyihasining ichki kuchli va zaif tomonlari, tashqi imkoniyatlar va xavf-xatarlar to‘liq sistemalashtirildi. SWOT orqali aniqlangan omillar risklarni boshqarish rejasini ishlab chiqishda asos bo‘ldi. Ayniqsa, tashqi muhitdagi raqobatchilar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, talabning mavsumiyligi kabi xavflar puxta baholandi. Ilmiy asoslangan tahlillarni mustahkamlash uchun ekspert baholari metodidan ham foydalanildi. Soha mutaxassislari, xususiy ta’lim markazlari rahbarlari, biznes-konsultantlar va tajribali investorlar bilan suhbat va so‘rovnomalar tashkil qilindi. Ularning amaliy tajribaga asoslangan fikr-mulohazalari orqali risk darajalari yanada aniqroq tasniflandi va daromadlilik prognozlari real sharoitlarga yaqinlashtirildi. Nihoyat, metodologiyaning muhim qismlaridan biri bu komparativ tahlil bo‘ldi. O‘zbekiston sharoitida faoliyat yuritayotgan o‘quv markazlari tajribasi boshqa davlatlardagi – xususan, Rossiya, Turkiya va Hindistondagi o‘xshash ta’lim startaplari bilan solishtirildi. Bu esa biznes model va xizmat ko‘rsatish yondashuvlarini solishtirish, ilg‘or tajribalarni aniqlash va mahalliy sharoitga moslashtirish imkonini berdi. Xulosa qilib aytganda, o‘quv markazi loyihasini tahlil qilishda qo‘llanilgan metodologik yondashuvlar bir-birini to‘ldiruvchi xarakterga ega bo‘ldi. Har bir bosqich o‘ziga xos yo‘nalishda muammoni yoritib berdi. Aynan shu metodlar uyg‘unligi hisobiga loyiha risklari chuqur o‘rganildi, moliyaviy daromadlilik aniq prognoz qilindi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu esa, ilmiy jihatdan asosli va real sektor ehtiyojlariga mos keluvchi natijalarga olib keldi. Mavzuga oid adabiyotlar sharxi : O‘quv markazi loyihalarining iqtisodiy samaradorligi va daromadlilik mezonlarini chuqur tahlil qilis

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the main risk factors that may arise in the implementation of training center projects and financial indicators that determine profitability.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the main risk factors that may arise in the implementation of training center projects and financial indicators that determine profitability. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Training center, investment project, risk analysis, profitability, NPV, IRR, pul oqimi, O‘quv markazi, risk tahlili, daromadlilik, investitsion xavf, biznes modeli., investitsiya loyihasi, operatsion xavf, rentabellik, moliyaviy reja, biznes strategiya, ta’lim bozori, bozor tahlili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники