К содержанию
РецензированоUZ2025

ELEKTRON TIJORAT TIZIMINING IQTISODIY MOHIYATI VA MODELLARI

Mullabayev Murod Farxodjonovich

Современная трансформация образования · 1-7 · 2025

Аннотация

Mazkur tezisda elektron tijorat tizimining iqtisodiy mohiyati va uni amalga oshirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy modellarning tahlili yoritilgan. Avvalo, elektron tijoratning iqtisodiyotdagi o‘rni va uning global raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli iqtisodiy kategoriyalar asosida izohlangan. Unda elektron tijorat tovar va xizmatlarni sotish jarayonlarini raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirishga asoslanishi, xarajatlarni kamaytirishi, samaradorlikni oshirishi va yangi bozorlarni kengaytirish imkoniyatini berishi tushuntirib berilgan. Tadqiqotda elektron tijoratning B2B, B2C, C2C, C2B va G2C modellari alohida ko‘rib chiqilib, ularning afzalliklari, kamchiliklari va amaliy qo‘llanilish sohalari misollar bilan izohlangan. Shuningdek, ushbu modellar yordamida milliy iqtisodiyotda tadbirkorlik subyektlarining raqamli savdo imkoniyatlarini kengaytirish, logistika tizimini rivojlantirish va aholi uchun qulay elektron xizmatlarni yaratish imkoniyatlari yoritilgan. Kalit soʻzlar: Elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, onlayn savdo, elektron to‘lovlar, elektron bozor, internet marketing, elektron platformalar, elektron xizmatlar, elektron savdo modellar, B2B modeli, B2C modeli, C2C modeli, C2B modeli. Hozirgi davrda globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, elektron tijorat tizimining shakllanishi va rivojlanishi iqtisodiy www.tadqiqotlar.uz 21-to’plam 1-son Iyul 2025 240 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi munosabatlarda yangi imkoniyatlar va yo‘nalishlarni yuzaga keltirmoqda. Raqamli texnologiyalar asosida tovar va xizmatlarni sotish, sotib olish, to‘lovlarni amalga oshirish va xaridorlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish imkonini beruvchi elektron tijorat tizimi bugungi kunda dunyo bo‘ylab iqtisodiy o‘sishning muhim omili sifatida e’tirof etilmoqda. Elektron tijoratning rivojlanishi milliy iqtisodiyotning ichki imkoniyatlarini kengaytirib, tadbirkorlik subyektlariga yangi bozorlarga kirish imkonini beradi, sotuv jarayonida vaqt va xarajatlarni kamaytiradi hamda korxonalar samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, elektron tijoratning shakllanishi raqobatbardoshlikni oshiradi, xizmatlar sifatini yaxshilaydi va aholi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Elektron tijorat tizimining iqtisodiy mohiyatini to‘liq tushunish uchun uning asosiy tushunchalari, tarkibiy elementlari va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligini aniqlash muhimdir. Bugungi kunda ishlab chiqarishdan tortib to sotuvgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda raqamli texnologiyalar joriy qilinmoqda. Bu esa elektron tijoratni oddiy onlayn sotuv bilan cheklab qo‘ymaslik, balki uni murakkab iqtisodiy tizim sifatida o‘rganishni talab qiladi. Shu jihatdan, elektron tijorat jarayonlarida elektron to‘lov tizimlari, yetkazib berish xizmatlari, logistika tizimlari va ma’lumotlar almashinuvi kabi jarayonlar o‘zaro integratsiyalashgan holda faoliyat ko‘rsatadi. Elektron tijorat jarayonlari orqali ishlab chiqaruvchi tovarni mijozga to‘g‘ridan- to‘g‘ri yetkazib bera oladi, bu esa o‘rta vositachilar sonini kamaytiradi va mahsulot narxining arzonlashishiga yordam beradi. Shu bilan birga, elektron tijorat bozorlarda talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga, xaridorlar ehtiyojlarini to‘liq qondirishga xizmat qiladi. Elektron tijorat tizimining iqtisodiy mohiyatini o‘rganishda uning zamonaviy modellari alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahon amaliyotida elektron tijoratning quyidagi modellari keng qo‘llanilmoqda: - B2B (biznes-biznes); - B2C (biznes-iste’molchi); - B2G (biznes-davlat/boshqaruvchi); - G2G (davlat-davlat); www.tadqiqotlar.uz 21-to’plam 1-son Iyul 2025 241 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi - C2G (iste’molchi-davlat); - C2C (iste’molchi-iste’molchi). Har bir modelning o‘ziga xos xususiyatlari, ustunliklari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular milliy iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib tanlanadi va joriy etiladi. Masalan, B2B modeli ishlab chiqaruvchi va boshqa korxona o‘rtasidagi elektron savdolarni amalga oshirish imkonini berib, ishlab chiqarish zanjirida tezkorlik va xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi. B2C modeli esa korxona va yakka tartibdagi mijoz o‘rtasida elektron sotuvni tashkil etadi, bu esa keng aholiga tovar va xizmatlarni qulay narxlarda taklif qilish imkonini beradi. C2C modeli odamlar o‘rtasida mahsulotlarni sotish imkoniyatini yaratar ekan, jismoniy shaxslarning ortiqcha buyumlarini onlayn bozor orqali sotishga imkoniyat yaratadi. Shu tarzda elektron tijoratning har bir modeli iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari uchun muhim hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan elektron tijorat modellarning xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval): 1-jadval Elektron tijorat modellari va ularning xususiyatlari1 Amaliy Model nomi Ta’rifi Asosiy xususiyatlari misollar Yirik partiyalarda bitimlar, uzoq Korxonalar o‘rtasida muddatli hamkorlik, Alibaba, B2B (Business tovar va xizmatlar bilan narx bo‘yicha Global to Business) sav

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda elektron tijorat tizimining iqtisodiy mohiyati va uni amalga oshirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy modellarning tahlili yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda elektron tijorat tizimining iqtisodiy mohiyati va uni amalga oshirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy modellarning tahlili yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
onlayn savdo, B2B modeli, raqamli iqtisodiyot, B2C modeli, elektron savdo modellar, C2B modeli., Elektron tijorat, internet marketing, elektron platformalar, elektron bozor, C2C modeli, elektron xizmatlar, elektron to‘lovlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники