Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUD TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKTNI JORIY QILISH: AHAMIYATI, IMKONIYATLARI VA XAVFLARI.
IMKONIYATLARI VA XAVFLARI. · Ergashev Alisher Zaynullayevich
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada sud tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning huquqiy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, ayniqsa sun’iy intellekt vositalari orqali sud jarayonlarini avtomatlashtirish, adolatli, tezkor va shaffof sud yurituvini ta’minlash imkoniyati muhokama etiladi. Shu bilan birga, inson huquqlari, ma’lumotlar maxfiyligi va algoritmik adolatsizlik kabi xavf-xatarlar ham yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xorijiy davlatlar tajribasi va xalqaro standartlar asosida huquqiy tahlil o‘tkaziladi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, sud tizimi, adolat, raqamlashtirish, huquqiy xavfsizlik, algoritmik adolatsizlik, sud avtomatlashtirish. So‘nggi o‘n yillikda raqamli texnologiyalar taraqqiyoti huquq sohasida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining huquqiy institutlarga, jumladan, sud tizimiga integratsiyalashuvi global miqyosda dolzarb masalaga aylandi. Bugungi kunda sun’iy intellektdan foydalanish orqali huquqni qo‘llashda tezlik, aniqlik va obyektivlik tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan yangi yondashuvlar shakllanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham bu borada faol qadamlar tashlamoqda. Prezidentning 2020-yil 5-oktabrdagi PQ–4851-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida sud tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellektni huquqiy sohalarga integratsiyalash masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Mazkur hujjatda “raqamli texnologiyalar asosida yuritiladigan ishlar ochiqligi va fuqarolarning sud adolati institutiga bo‘lgan ishonchini oshirish” maqsadi qayd etilgan. Sun’iy intellekt sud jarayonlariga turli shakllarda joriy qilinishi mumkin: avtomatlashtirilgan hujjat aylanishi, sud jarayonlarini tahlil qilish, ehtimoliy qaror modellashtirish, nutqni matnga aylantirish va boshqa ko‘rinishlar. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan 77 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 7 “xalq manfaatlariga xizmat qiladigan adolatli davlat boshqaruvi” tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, SI texnologiyalarini sud faoliyatiga tatbiq qilish bir qator huquqiy va axloqiy muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Xususan, algoritmik adolatsizlik, shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligining buzilishi, insoniy omilning inkor etilishi kabi tahdidlar mavjud. “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun doirasida ushbu muammolar hal qilinishi zarur. Mazkur maqola SI texnologiyalarining sud tizimiga joriy qilinishi masalasini yuridik va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Maqolaning obyekti – sud tizimi, predmeti – SIning sud tizimidagi yuridik o‘rni va ta’siridir. Tadqiqotda qonunchilik bazasi, xalqaro tajriba va mavjud xavf-xatarlar kompleks o‘rganilib, huquqiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, maqola O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi kabi me’yoriy hujjatlarni tahlil qilishga tayanadi. Yakuniy maqsad – SIning sud tizimidagi salohiyati va xavflarini aniqlash, milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlarni ko‘rsatish va ularni bartaraf etish yo‘llarini yoritishdan iborat. Zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt (SI) sud-huquq tizimiga tobora keng kirib kelmoqda. Dunyoda bir qator ilg‘or mamlakatlar bu texnologiyalarni adolatli sudlovga xizmat qildirishga intilmoqda. Misol uchun, AQShda sud qarorlarini prognoz qilishga ixtisoslashgan COMPAS tizimi ma’lumotlar tahlili orqali jinoyatchining qayta jinoyat sodir etish ehtimolini baholaydi. Bunday “predictive analytics” texnologiyasi avvalgi sud qarorlarini o‘rganib, yangi ish bo‘yicha ehtimoliy xulosalar beradi. Xuddi shunday, Xitoyda ‘Smart Court” loyihasi doirasida yuzlab funksiyalar avtomatlashtirilgan bo‘lib, da’vo arizalari, sud chaqiruvlari va sud majlislari onlayn tarzda boshqariladi. O‘zbekiston uchun bu tajribalar ayni muddao bo‘lishi mumkin. Misol uchun, sud majlislari jadvalini avtomatik tuzish, ish taqsimotini optimallashtirish, shikoyatlarni elektron qabul qilish va ularni dastlabki tartibga solish kabi funksiyalar SI tomonidan bajarilishi nafaqat inson resurslarini tejaydi, balki sudlov tezkorligini oshiradi. Shu bilan birga, ChatGPT kabi zamonaviy chatbot texnologiyalari fuqarolarga da’vo arizalarini shakllantirishda, sud jarayoniga oid hujjatlarni to‘ldirishda yordam berishi mumkin. Shuningdek, nutqni matnga aylantirish texnologiyalari yordamida sud majlislarini to‘liq va ishonchli transkripsiyalash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu sud 78 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 7 tarixini yuritish, appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqish hamda ommaviy monitoringda muh
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sud tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning huquqiy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sud tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning huquqiy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamlashtirish, huquqiy xavfsizlik, sud tizimi, sun’iy intellekt, algoritmik adolatsizlik, adolat, sud avtomatlashtirish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026