К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSH AVLODDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING ROLI

TIZIMINING ROLI · Mamajonova Fotimaxon O‘ktamovna

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2 · 103-107 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Global ekologik muammolar fonida yosh avlodda ekologik ong, qadriyat va mas’uliyatni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif ekologik madaniyatni kognitiv, emotsional-aksiyologik va amaliy-komportamental komponentlar orqali izohlaydi hamda bu komponentlarning ta’lim jarayonida uyg‘un rivojlanishi zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik tarbiya vositasi sifatida eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, o‘quv dasturlarining ekologik mazmun bilan boyitilishi, fanlararo integratsiya, zamonaviy metodik yondashuvlar va ta’lim-muhit birligi orqali ekologik madaniyatni barqaror rivojlantirishning muhimligi ilmiy asoslangan. Maqolada davlat siyosati, jamoatchilik instituti va OAVning hamkorlikdagi roli alohida e’tirof etilgan. Kalit so‘zlar. Ekologik madaniyat, ekologik ong, ekologik qadriyat, ekologik mas’uliyat, ekologik ta’lim, eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi o‘qitish, raqamli vositalar, barqaror rivojlanish, fanlararo integratsiya. Bugungi kunda global miqyosda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar – iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, havo va tuproq ifloslanishi kabi jarayonlar insoniyatning barqaror taraqqiyotiga jiddiy tahdid solmoqda. Xususan, bu muammolar kelajak avlod hayoti, salomatligi va ekologik xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli yoshlarning ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyatli munosabatini shakllantirish, ularning ekologik ongini chuqurlashtirish, xatti-harakatlarini barqaror rivojlanish tamoyillariga moslashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Chunki ekologik inqirozlar faqat texnik yechimlar bilan emas, balki ijtimoiy- madaniy va pedagogik choralar orqali hal etilishi mumkin. Bu esa yosh avlodni ekologik ongli, mas’uliyatli va faol fuqarolar sifatida tarbiyalash zaruratini yuzaga keltiradi. Mazkur kontekstdan kelib chiqib, ta’lim tizimi ekologik madaniyatni shakllantirishda strategik mexanizm sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim – inson ongini shakllantiruvchi, qadriyatlar tizimini barpo qiluvchi, ijtimoiy xulq-atvorga yo‘naltiruvchi asosiy institut bo‘lib, u orqali ekologik madaniyatni shakllantirish barqaror, uzluksiz va tizimli tarzda olib borilishi mumkin. Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda ekologik savodxonlikni oshirish, amaliy ekologik ko‘nikmalarni shakllantirish va axloqiy mas’uliyat hissini uyg‘otish orqali ekologik madaniyatning tarkibiy komponentlarini shakllantirish imkoniyati yaratiladi. Shu boisdan, ekologik tarbiya va ta’limni ta’lim tizimining ajralmas qismi sifatida joriy etish, yoshlar ongiga ekologik barqarorlik g‘oyalarini singdirish dolzarb ilmiy- metodik masala sifatida e’tirof etiladi. Ayni paytda ekologik madaniyatni shakllantirish masalasi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, 2022–2026 128 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da, “Yashil makon”1 umummilliy loyihasida, “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlarda ta’lim tizimi orqali ekologik ong va madaniyatni shakllantirish zarurati alohida ta’kidlangan. Shuningdek, ekologik ta’lim bo‘yicha UNESCO, UNEP va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan konseptual yondashuvlar milliy ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinmoqda. Bu esa ekologik masalalarni shunchaki fan doirasida emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonining gumanistik va aksiologik asosi sifatida qarashni taqozo etmoqda. Shunday qilib, mavzuning dolzarbligi nafaqat ekologik xavfga javob, balki yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlashga qaratilgan strategik yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Ekologik madaniyatning tarkibiy komponentlari Amaliy- Emotsional-aksiologik Kognitiv komponent komportamental komponent komponent  Hissiyot  Bilim  Xatti-harakat  Qadriyat  Tushunchalar  Kundalik faoliyat  Axloq 1-rasm. Ekologik madaniyatning tarkibiy komponentlari Ekologik madaniyat – bu insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan bilim, qadriyat, axloqiy me’yor va amaliy faoliyatlarning uyg‘unlashgan tizimidir. U shaxsning ekologik ongini, ekologik mas’uliyatini va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan hayot tarzini ifodalaydi.2 Ilmiy manbalarda ekologik madaniyat ko‘pincha kognitiv (bilim), emotsional-aksiyologik (qadriyat) va amaliy-komportamental (xatti-harakat) komponentlardan tashkil topgan kompleks tizim sifatida izohlanadi. Kognitiv komponent insonning tabiat, ekologik tizimlar, muammolar va ularning yechimlari haqidagi bilimlari bilan bog‘liq bo‘lsa, emotsional-aksiyologik komponent tabiatga nisbatan hissiy munosabat, ek

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekologik ong, ekologik ta’lim, eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi o‘qitish, fanlararo integratsiya., ekologik mas’uliyat, barqaror rivojlanish, Ekologik madaniyat, raqamli vositalar, ekologik qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники