К содержанию
РецензированоEN2026

SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI

SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI · Bahodirov Bexruzbek Botir o'g'li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The scientific and religious heritage of Shamsiddin Kulol's mausoleum has been preserved to this day. Keywords: Shamsiddin Kulol Mausoleum, Dorut Tilovat Complex, . The cave, the Kufic script, Gumbazi sayidan, sincere devotion, wooden gate, religious people of Kagan and the Naqshbandi sect. Shamsuddin kulol yoki Shamsiddin Kulol (?— vafoti 1360-yil, Kesh) – shayx. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning piri. “U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak kabriga (ziyorat uchun) tez-tez borib turardi”, deb yozadi Ali Yazdiy. Shamsuddin kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u xojagon tariqatiga ham hurmat bilan qaragan. Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida xam Shamsuddin kulol qabrini ziyorat qilib turgan. 1373–1374-yillarda Amir Temur Shamsuddin kulol qabri yonida bir gumbaz- maqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Shamsuddin kulol qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi[1] Shamsuddin kulol joylashgan meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Amir Temurning otasi Amir Taragʻoy va Temurning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga bunyod etilgan. Goʻrxonaning tarhi toʻrtburchak (12,1x10,6 m) shaklda, pishiq gʻishtdan qurilgan, toʻrdagi devori ravoqli toqchalardan tashkil topgan. O'ymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi va nodir hisoblanadi. Maqbaraning kulohiy l(qirrador) gumbazi 20-asr boshlarida buzib tashlangan, oʻrni bir ustunli tekis tom bilan taʼmirlangan. Shayx Shamsuddin kulol maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi meʼmoriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi, ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — oʻzaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklari meʼmoriy uslubga muhim taʼsir koʻrsatgan[1]. Joylashuvi. Shamsuddin kulol maqbarasi „Dorut Tilovat“ majmuasi tarkibida joylashgan. Dorut Tilovat soʻzining maʼnosi „tilovat qiluvchilar“ deganidir. Goʻrxona toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, umumiy maydon 12.1x10.6 metrni tashkil etadi. Inshoot toʻlaligicha pishiq gʻishtdan barpo etilgan. Kirish eshigi gullar bilan oʻymakorlik asnosida yaratilgan. Unda islimiy naqsh va kufiy yozuvlari joy olgan. Yogʻoch darvoza buxorolik ganjkor 111 ustalar tomonidan tayyorlangan. Maqbaraning qirrador gumbazi mavjud boʻlgan. Ammo 20-asrda mazkur gumbaz qulab tushadi va keyinchalik uning oʻrniga oddiy tekis tom oʻrnatiladi[2]. Shamsiddin kulolning koʻmilgan hujrasi ham koʻfiycha yozuvlar bilan bezatilgan boʻlib bu asosiy bino hisoblanadi. Ikkinchi bino esa shakldor gʻishtlardan qad rostlagan. Oʻz davrida masjid darvozalari, ibodat qilish uchun maxsus joylar, tahorat olish uchun sakkiz qirrali hovuz, shu bilan birgalikda, balandligi 10.5 metrga teng boʻlgan minora barpo etilgan. Maqbara atrofida marmar zina- poyali kichik bogʻ va gʻishtin yoʻlaklar mavjud boʻlgan. Tarixi. Mazkur maqbaraning qurilishi Amir Temurning farmoni bilan 1373- yilda boshlangan. Qurilish ishlari 1374-yilda nihoyalangan. Maqbara va majmua tarkibiga kiruvchi Miro Ulugʻbek tomonidan barpo etilgan Gumbazi sayidon maqbarasi ham bir nechta hujralardan tarkib topgan. Bu yerda Amir Temurning otasi Muxammad Taragʻay va Amir Temurning ustozi Shayx Shamsiddin kulolning qabrlari joylashtirilgan[3]. Taʼmirlanish. Ilk mustaqillik yillarida kogonlik dindorlar va naqshbandiya tariqati yetakchilari tomonidan Shamsiddin kulol dafn etilgan joyga yaqin hududda birmuncha oddiy maqbara bunyod etilgan. Ammo, avliyoning ayni koʻmilgan joyi aniqlanmay qolgan. 2008- yilda ayni hudud aniqlanib shu yerdagi 6 gektar maydonda ikki qavatli maqbara barpo etilgan[4]. Tuzilishi. Hovli tomonga qaratib qurilgan masjid, maqbaralar va Dorut Tilovat madrasasining darsxonasi, hujralari buzilib, uning oʻrniga keyinchalik qurilganM qoʻshimcha xonalar joylashtirilgan. Dorut Tilovat majmuasida 18—19-asrlarda qurilgan binolar ham mavjud, biroq ularni badiiy jihatdan Amir Temur va Ulugʻbek davri meʼmorligi bilan qiyos qilib boʻlmaydi. Arxeologik tadqiqotlar: 1994—1996-yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida jome masjidning ikkitarafidagi gʻishtin ravoqli ayvon qoldiqlari,madrasa, darvozaxona va minoraning poydevor qoldiqlari aniqlandi. Majmuaning tarixiy shaklini tiklash maqsadida masjid ayvonlari, madrasasining bir qismi va minora qayta tiklandi. Koʻk gumbaz va Gumbazi Sayyidonda ham taʼmir ishlari olib borilgan[5].

Доказательный фрагмент

«The scientific and religious heritage of Shamsiddin Kulol's mausoleum has been preserved to this day.»

Образец извлечения

Демо-превью

The scientific and religious heritage of Shamsiddin Kulol's mausoleum has been preserved to this day. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shamsiddin Kulol Mausoleum, Dorut Tilovat Complex, The cave, the Kufic, kufiy yozuvi, kogonlik dindorlar va naqshbandiya tariqati., Gumbazi sayidon, Shamsiddin Kulol maqbarasi, yogʻoch darvoza, sidqidildan ixlos qilish, Dorut Tilovat majmuasi, Goʻrxonaning
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники