American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
IJTIMOIY-MADANIY O‘ZGARISHLAR SHAROITIDA OLIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL
RIVOJLANTIRISH: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL · Baratbayev Bekzod Batirovich
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Данное исследование посвящено социально-философскому анализу проблемы развития системы высшего образования в условиях социально-культурных изменений. В современном обществе такие процессы, как глобализация, развитие информационных технологий и трансформация ценностей, оказывают серьёзное влияние на систему высшего образования. Цель данного исследования — выявить тенденции развития системы высшего образования в условиях этих изменений, проанализировать существующие проблемы и разработать социально-философские подходы к их решению. Ключевые слова: Система высшего образования, социально-культурные изменения, глобализация, социально-философский анализ, критическое мышление, инновационный подход, формирование личности. Bugungi globallashuv, axborot texnologiyalari, raqamli madaniyat va qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar zamonaviy jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Bu esa o‘z o‘rnida kelajagimiz poydevori bo‘lmish yosh avlodga ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa, bu jarayonlar oliy ta’lim tizimiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Oliy ta’lim endilikda faqat bilim beruvchi muassasa emas, balki shaxsning ma’naviy va madaniy shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynovchi ijtimoiy institut sifatida ko‘rilmoqda. Ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan qaralganda, oliy ta’lim ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, shaxsni madaniy jihatdan rivojlantiruvchi va uni jamiyatga integratsiya qiluvchi kuchli mexanizm sifatida namoyon 138 bo‘ladi. Shu bois ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar jarayonida oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish, yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish zarurati dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur ilmiy tahlil ijtimoiy-falsafiy yondashuv, madaniyatshunoslik, ta’lim falsafasi hamda modernizatsiya nazariyalari asosida olib borilib falsafa fani ta’limning mohiyatini ochib berishda, uning maqsad va vazifalarini aniqlashda asosiy epistemologik vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, shaxs va jamiyat munosabatlari, madaniyat va ongning o‘zaro bog‘liqligini tahlil etishda falsafiy asoslar fundamental ahamiyatga ega. Turli falsafiy yondashuvlarni o‘rganish va tahlil qilish insoniyatning o‘zini o‘zi anglashini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni takomillashtirishga, madaniyatlararo tushunishni rivojlantirishga va ongning murakkab tabiatini ochib berishga yordam beradi. Ma’lumki, ilg‘or universitetlar ilmiy bilimlarni yaratish va texnologiyalarni uzatish bo‘yicha kuchli markaz sifatida jamiyatning innovatsion taraqqiyotida muhim turtki beruvchi omil sanaladi. Keng qamrovli universitet ta’limi yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga tayanadi, bu esa kasbiy ko‘nikmalarga avvaldan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bunday ta’lim shakli doimiy yangilanib boradigan bilimlarni yetkazishga, asosiy kompetensiyalarni shakllantirishga (ya’ni mustaqil bilim olishga layoqatlilikka) hamda yangi bilimlarni yaratish jarayoniga jalb etishga (asosiy fanlar, o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqligi orqali) qaratilgan. Zamonaviy globallashuv jarayonlari va axborot texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida ushbu falsafiy masalalarni tahlil qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oliy ta’limga doir ilg‘or nazariyalar (J.Dyuining tajriba asosidagi ta’lim modeli, P.Freyrening tanqidiy pedagogikasi, K.Hutchinsonning holistik yondashuvi va b.) ham tadqiqotda asosiy metodik manba sifatida foydalanilgan. Ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarning ta’siri va mavjud muammolar sifatida zamonaviy jamiyatda quyidagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar kuzatilmoqda: Globallashuv va madaniy aralashuv oqibatida jamiyatda chuqur ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi kunda dunyo xalqlari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuvi nafaqat iqtisodiy va siyosiy sohalarda, balki madaniyat, ma’naviyat va qadriyatlar tizimida ham sezilarli darajada aks etmoqda. Talabalarda madaniy begonalashuv, o‘zlikni yo‘qotish, milliy qadriyatlarga befarqlik holatlari ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab jarayondir. Bu tendensiya nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kuzatilmoqda. Axborotning haddan ziyodligi va texnologiyalarning tez sur’ati bugungi kunda chuqur bilim olish o‘rniga tez va yuzaki ma’lumotga moyillikni kuchaytirayotgani kuzatilayotgan tendensiyadir. XXI asrda “axborot portlashi” deb ataluvchi hodisa natijasida inson har kuni millionlab ma’lumotlar oqimi ichida yashashga majbur bo‘lmoqda. Bunday holat esa ko‘plab ijtimoiy, psixologik va madaniy muammolarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, axborot ortig‘i inson ongiga yuklama beradi. Har bir yangilik, har bir vizual yoki matnli kontent inson tafakkurini band qiladi. Bu holat diqqatning tarqoqlashuviga, fikrlash chuqurligining pasayishiga olib keladi. Inson axborotga chuqur kirib borish o‘rniga, yuzaki baholash va tezda unutishga o‘rgana boshlaydi. Ikkinchidan, texnologiyalar tez sur’atda o‘zgarar ekan, inson ularga moslashishga ulgura olmay qolmoqda. Har bir yangilik, har bir yangi platforma, sun’iy intellekt, algoritmlar, raqam
Доказательный фрагмент
«Данное исследование посвящено социально-философскому анализу проблемы развития системы высшего образования в условиях социально-культурных изменений.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанное исследование посвящено социально-философскому анализу проблемы развития системы высшего образования в условиях социально-культурных изменений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Higher education system, socio-cultural changes, globalization, socio-, innovatsion yondashuv, globallashuv, ijtimoiy-falsafiy tahlil, Oliy ta’lim tizimi, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, tanqidiy tafakkur, Shaxsni shakllantirish.
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021