К содержанию
РецензированоUZ2026

ASHTARXONIYLAR TASHQI SIYOSATI VA SAVDO MUNOSABATLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abraykulova Nigora Namazovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Ashtarxoniylar sulolasining tashqi siyosati va xalqaro savdo munosabatlari tizimli ravishda tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Ashtarxoniylar sulolasi, tashqi siyosat, Buxoro xonligi, xalqaro savdo, diplomatik aloqalar, karvon yo‘llari, Rossiya bilan munosabatlar, Eron-Buxoro aloqalari, Hindiston savdosi, bojxona tizimi, XVII asr, iqtisodiy siyosat. Markaziy Osiyo tarixida Ashtarxoniylar sulolasi muhim o‘rin tutadi. Ular Movarounnahr hududida Shayboniylar sulolasidan keyin 1599 yildan boshlab hukmronlikni o‘z qo‘llariga olgan va Buxoro xonligini siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirishda muayyan iz qoldirgan. Bu davrda xonlik ichki barqarorlikka erishishga, viloyat va qishloqlarda markaziy hokimiyatning ta’sirini kuchaytirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, tashqi siyosat va xalqaro savdo munosabatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ashtarxoniylar davrida tashqi siyosat asosan real siyosiy ehtiyojlar, geografik joylashuv va davr sharoitlaridan kelib chiqqan holda olib borilgan. Ayniqsa, Rossiya bilan aloqalar bosqichma-bosqich rivojlangan bo‘lib, bu orqali Buxoro xonligi o‘zini xalqaro maydonda mustaqil va qudratli davlat sifatida ko‘rsatishga intilgan. Eron, Hindiston, Xitoy kabi davlatlar bilan olib borilgan elchilik missiyalari va savdo aloqalari esa xonlik tashqi siyosatining iqtisodiy omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Buxoro xonligining iqtisodiy siyosatida savdo muhim o‘rin tutgan. Xususan, xalqaro karvon yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash, savdogarlarning huquqlarini himoya qilish, bojxona tizimini yo‘lga qo‘yish kabi choralar xonlikning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilgan. Ashtarxoniylar o‘z davrida xalqaro savdo tizimining muhim ishtirokchisiga aylanishga harakat qilgan. Ayniqsa, ipak, ziravorlar, qimmatbaho toshlar, jun, charm va boshqa mahsulotlar asosiy savdo tovarlari bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda yuritilgan tashqi siyosiy yo‘nalishlar orqali diniy va madaniy aloqalar ham shakllanib borgan. Diplomatik maktublar, sovg‘alar, rasmiy delegatsiyalar orqali boshqa davlatlar bilan o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida aloqalar mustahkamlangan. Mazkur maqolada aynan shu tashqi siyosiy faoliyat va savdo munosabatlarining tarixiy manbalar asosida tahlili amalga oshiriladi. Eng avvalo, tarixiy-tahliliy metod yordamida XVII–XVIII asrlar Buxoro xonligi tarixida yuz bergan asosiy siyosiy voqealar, elchilik aloqalari, savdo yo‘llarining holati, davlatlararo bitimlar kabi masalalar tarixiy manbalar asosida tahlil qilindi. Bunda arab, fors va turkiy tillarda yozilgan manbalar, shuningdek, rus arxivlaridagi diplomatik yozishmalar asosiy material sifatida xizmat qildi. Ashtarxoniylar sulolasining tashqi siyosati va savdo munosabatlari XVII–XVIII asrlarda Markaziy Osiyodagi siyosiy-iqtisodiy muhitni shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Bu davrda Buxoro xonligi tashqi siyosatni asosan uch asosiy tamoyil asosida olib borgan: muvozanat, iqtisodiy manfaat va siyosiy barqarorlikni ta’minlash. Ashtarxoniylar tashqi siyosatda ehtiyotkor, ammo faol yondashuvni tanlab, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va ba’zida strategik raqobatga asoslangan munosabatlarni yuritganlar. 41 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ashtarxoniylar tashqi siyosati birinchi navbatda Rossiya bilan bo‘lgan aloqalarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Xususan, XVII asr boshlaridan boshlab Buxoro- Rossiya diplomatik va savdo munosabatlari faollashgan. Moskva bilan elchilik aloqalari o‘rnatilib, ikki tomonlama savdo karvonlari tashkil etilgan. Rossiya orqali Yevropaga chiqarilgan mahsulotlar — ipak, charm, gilam, qimmatbaho toshlar hamda Buxoro orqali olib kirilgan qurol-yarog‘, metall buyumlar o‘zaro iqtisodiy manfaatlar asosida shakllanganini ko‘rsatadi. Bu savdo aloqalari Buxoro xonligining iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, Safaviylar davlati bilan bo‘lgan munosabatlar ham muhim o‘rinni egallagan. Garchi Eron bilan diniy farqlar sababli (shia va sunniylik) ziddiyatlar bo‘lgan bo‘lsa-da, ayrim davrlarda siyosiy muvozanatni saqlash maqsadida elchilar yuborilgan va savdo aloqalari davom ettirilgan. Eron orqali Hindiston va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyati saqlab qolinishga intilgan. Bu esa Ashtarxoniylar tashqi siyosatining pragmatik va moslashuvchan bo‘lganini tasdiqlaydi. Hindiston bilan munosabatlar esa alohida tahlilga loyiq. Boburiylar bilan qondosh va diniy yaqinlik tufayli Buxoro va Hindiston o‘rtasida iliq munosabatlar mavjud bo‘lgan. Ashtarxoniylar ushbu aloqalardan unumli foydalanganlar: savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, ilm- fan va madaniyat borasida fikr almashinuvi sodir bo‘lgan. Buxorolik savdogarlar Hindistonda faoliyat yuritgan, Hindistondan esa dorivor o‘simliklar, rangli toshlar, matolar olib kelingan. Xitoy va Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan savdo aloqalari orqali Ashtarxoniylar xonligi Ipak yo‘lining muhim bo‘g‘iniga aylangan. Ayniqsa, Qo‘qon, Toshkent, Andijon

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Ashtarxoniylar sulolasining tashqi siyosati va xalqaro savdo munosabatlari tizimli ravishda tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Ashtarxoniylar sulolasining tashqi siyosati va xalqaro savdo munosabatlari tizimli ravishda tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diplomatik aloqalar, tashqi siyosat, XVII asr, Buxoro xonligi, iqtisodiy siyosat., Ashtarxoniylar sulolasi, karvon yo‘llari, bojxona tizimi, xalqaro savdo, Hindiston savdosi, Eron-Buxoro aloqalari, Rossiya bilan munosabatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники