К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHALLIY VA XORIJIY SOYA NAVLARINING TUP SONI VA SAQLANISH DARAJASIGA BIOPREPARAT VA BIOSTMULYATORLAR QO‘LLASHNING TA’SIRI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Iminov Abduvali Abdumannobovich (in-academy.uz/index.php/si) · Bo‘riboyev Bekzod Yetmish o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si) · ЗАРУБЕЖНЫХ СОРТОВ СОИ (2Tayanch doktorant, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This scientific article presents data on the effects of various biostimulants and a biopreparation on the germination rate and plant survival until the end of the vegetation period in soybean varieties “Nafis” and “Vilana”. It was found that seed and vegetative treatments with the biostimulants “Uz gumin” and “Fitovak”, as well as the biopreparation “Yer malhami”, increased the survival rate of the emerged seedlings and reduced the plant mortality rate. In particular, in the variants treated with “Yer malhami”, the number of surviving plants reached 334,2 thousand plants/ha in the Nafis variety and 328,7 thousand plants/ha in the Vilana variety, with plant mortality rates of 4,8% and 5,0%, respectively. The biostimulant “Fitovak” also demonstrated high biological activity by ensuring stable plant survival until the end of the vegetation period. In the variants treated with “Uz gumin”, the mortality rate ranged from 5,3% to 5,6% in both varieties, which showed significantly better results compared to the control. In the control variants, higher losses of 6,4% to 6,7% were recorded, indicating lower plant resistance to environmental factors. Keywords: Soybean, biostimulant, biopreparation, Uz gumin, Fitovak, Yer malhami, Nafis and Vilana soybean varieties, Germination rate, Plant mortality. Kirish. Soya o‘simligi qishloq xo‘jaligidagi mavjud ayrim muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Soya donidan moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat mahsulotlari olinadi. Soya uni non va kolbasa mahsulotlariga qo‘shiladi va ushbu mahsulotlarning oziqaviyligi, ta’m sifatlari va quvvatini oshiradi. Soya mahsulotlari diabetga tavsiya etiladi. Soya donida ko‘p miqdorda kaliy, kalsiy va fosfor kabi minerallar mavjud [1]. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimiz olimlari A.Iminov, Sh.Qo‘ziboyev va S.Xatamov olib borgan tadqiqotlar natijasida, takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan soya urug‘larini ekishdan oldin Nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlarni optimal me’yorlarda qo‘llash, nitragin bilan ishlov berilmagan variantlarga nisbatan soya o‘simliklarining nobud bo‘lishini 0,5-1,5% darajasida kamaytirishini ko‘rsatgan [2]. Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar natijasida aniqlanganidek, soya o‘simligidan yuqori hosil olish uchun, ekin maydonida o‘simlikning to‘liq va sifatli tup soni mavjud bo‘lishi zarur. O‘simlik tup sonining kamligi esa o‘z navbatida, o‘simlikning ozuqa moddalarini, namlikni va quyosh nurini samarali o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi. Tup soni ko‘payishi va azot bilan ishlashning ijobiy ta’siri tufayli, Vilan va Leyta navlarida hosildorlik sezilarli darajada oshgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu navlar uchun tuproqdagi tup soni ko‘payishi va azotli o‘g‘itlardan foydalanish natijasida, hosil 200 mingdan 300-400 minggacha bo‘lgan maydonlarda 4,0 sentnerdan 7,5 sentnergacha oshgan. Bu natijalar tup soni va azotli o‘g‘itlarning soya hosildorligiga ta’sirini aniq isbotlab beradi, shuningdek, samarali agronomik yondashuvlarning muhimligini ta’kidlaydi [7]. 79 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxini pasaytirish va yalpi ko‘rsatkichlarni oshirishning samarali usullaridan biri xelatlangan shakldagi biologik faol moddalar va mikroelementlarni keng qo‘llashdir. Urug‘larni ekishdan oldin davolash va vegetativ o‘simliklarni purkash uchun biologik faol preparatlarni qo‘llash orqali o‘simliklarning mahsuldorligini oshirish, urug‘larning sifatini yaxshilash va ularning xususiyatlarini rivojlantirish mumkin. Ushbu usullar, vegetatsiya davrida o‘simliklarning fiziologik jarayonlarini faollashtirib, noqulay sharoitlarga moslashish qobiliyatini oshiradi, shuningdek, o‘simlik mahsuldorligini barqarorlashtirib, mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi [5]. Van Oosten va boshqalarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra biostimulyatorlar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilaydi, bunda ildiz, barg va gul rivojlanishini rag‘batlantirish orqali o‘simliklarning umumiy salohiyatini oshiradi. Shuningdek, ular ozuqa moddalarini samarali o‘zlashtirish va assimilyatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, atrof-muhit sharoitlariga, masalan, qurg‘oqchilik, yuqori yoki past haroratlar va sho‘rlanish kabi stresslarga chidamliligini oshiradi, hamda og‘ir metallarning toksik ta’sirini kamaytiradi. Biostimulyatorlar o‘simlikda tabiiy immunitet mexanizmlarini faollashtirib, zararkunandalar va patogenlarga qarshi tabiiy himoya to‘siqlarini yaratadi, shu bilan birga o‘simlik hujayra devorini mustahkamlaydi [8]. Tadqiqot o‘tkazish sharoiti va uslublari. Dala tajribalari Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligi dalalarida olib borildi. Tajriba xo‘jaligi Toshkent viloyati, Qibray tumani, Chirchiq daryosining o‘ng sohili, dengiz sathidan 550-570 metr balandlikda joylashgan. Tajriba xo‘jaligining tuprog‘i qadimdan sug‘orib kelinadigan tipik bo‘z tuproq. Tajriba 20 variantni o‘z ichiga olib, har bir variant 4 qa

Доказательный фрагмент

«This scientific article presents data on the effects of various biostimulants and a biopreparation on the germination rate and plant survival until the end of the vegetation period in soybean varieties “Nafis” and “Vi…»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article presents data on the effects of various biostimulants and a biopreparation on the germination rate and plant survival until the end of the vegetation period in soybean varieties “Nafis” and “Vi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Soybean, biostimulant, biopreparation, Uz gumin, Fitovak, Yer malhami, Unuvchanlik darajasi, Nobut bo‘lgan o‘simliklar., soyaning Nafis va Vilana navlari, biopreparat, Soya, biostimulyator
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники