К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIGA YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI QONUNCHILIK TIZIMINING SHAKLLANISHI

Kudratov Inomjon Sattarkulovich

Наука и инновация · 2026

Аннотация

ushbu maqolada davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati sohasidagi islohotlar yuridik xizmat xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida ularga yuklatilgan asosiy vazifa va funksiyalar, huquq va majburiyatlar hamda imtiyozlar batafsil yoritilib, mazkur sohani yanada takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar berilgan. Kalit so‘zlar: yuridik xizmat, yuridik xizmat xodimi, attestatsiya, malaka oshirish, stajirovka, lavozimga tayinlash va ozod qilishni kelishish jarayoni. So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan bir qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshirishda ko‘mak beradigan yuridik xizmatlar joriy etildi. Mazkur yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga uslubiy va metodik jihatdan ko‘maklashish hamda tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilash borasida bir qator ishlar bajarildi. Shu bilan birga yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yuridik xizmat xodimlariga tegishli va zarur vakolatlar berildi. Biroq, ushbu vakolatlar yuridik xizmat xodimlarining qonun buzilishini oldini olish hamda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari uchun yetarli va ta’sirchan bo‘lmaganligi natijasida ish faoliyatda kutilgan samarani bermadi. Shtat birliklarini belgilash me’yor va mezonlarining mavjud emasligi esa, o‘z navbatida turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlash imkonini bermadi. Bundan tashqari, yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta’minot darajasi mazkur sohaga oliy yuridik ma’lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga to‘sqinlik qilishi bilan birgalikda, yuridik xizmatlar ishining sifatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymadi. Bu esa o‘z navbatida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan yanada kuchaytirishni taqozo etdi. Shu maqsadda mamlakatimizda yuridik xizmat sohasini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar olib borilib, sohani tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va yetarlicha huquqiy baza yaratildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ – 2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan yuridik xizmat xodimlari faoliyatining quyidagi beshta asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi: - davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish; 129 - davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish; - davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish; - davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun- mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish; - shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.[1] Shu bilan bir qatorda belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlarni sifatli bajarilishi uchun zarur va muhim funksiyalar belgilandi. Bugungi kunda aholining, shu bilan birga davlat organlari va tashkilotlarida o‘z faoliyatini olib borayotgan xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirib borish juda muhim jarayon hisoblanadi. O‘z navbatida bu vazifa adliya organlarining zimmasiga yuklatilganligini ham alohida qayd etish zarur. Shu nuqtai nazardan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning rolini izchillik bilan kuchaytirishni taqozo etdi. O‘tgan davr mobaynida qarorda belgilangan yuridik xizmat sohasini takomillashtirishga qaratilgan bir qator vazifalar ijrosini ta’minlash borasida ishlar amalga oshirilganligini ham sanab o‘tish joiz. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek ularning hududiy tuzilmalarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan eng kam me’yor va mezonlarga asosan, majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etildi. Bunda yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi mustahkamlab qo‘yildi.[2] Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizm

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati sohasidagi islohotlar yuridik xizmat xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida ularga yuklatilgan asosiy vazifa va funksi…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati sohasidagi islohotlar yuridik xizmat xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida ularga yuklatilgan asosiy vazifa va funksi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, sun’iy idrok., “E-huquqshunos” elektron tizimi, huquqiy ekspertiza, yuridik xizmat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники