К содержанию
РецензированоUZ2021

MAKTAB O‘QUVCHILARINING FIZIKADAN EKSPERIMENTAL TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH (in-academy.uz/index.php/si) · Sattorov Boburbek Zokirovich (in-academy.uz/index.php/si) · Сатторов Бобурбек Закирович (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2021

Аннотация

This article discusses the methodology for developing school students' experimental preparation in physics based on a competency approach. The stages of forming experimental competencies, pedagogical conditions, methodological foundations, and research results are analyzed. Keywords: competency approach, experimental preparation, physics education, methodology, laboratory work. Kirish. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, "2021–2023 yillarda umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi" hamda "O‘zbekiston–2030" strategiyasi kabi hujjatlar umumiy o‘rta ta’limda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, ayniqsa, fanlarni chuqur o‘rganish orqali o‘quvchilarning amaliy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilamoqda. Amaldagi umumta’lim maktablarida fizika fanining eksperimental qismini o‘qitish ko‘p hollarda yetarli darajada metodik asosga ega emasligi, laboratoriya jihozlarining yetishmasligi, o‘quvchilarning tajriba asosidagi faoliyatga bo‘lgan qiziqishining sustligi hamda 99 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o‘qituvchilarning innovatsion yondashuvlarga tayyor emasligi kabi muammolar mavjud. Bu esa o‘quvchilarning fizik hodisalarni chuqur tushunishi va amaliy qo‘llay olish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktab o‘quvchilarining fizikadan eksperimental tayyorgarligini kompetentli yondashuv asosida rivojlantirish, bu boradagi nazariy va amaliy asoslarni ishlab chiqish, ta’lim jarayonini modellashtirish hamda metodik ta’minotni takomillashtirish dolzarb ilmiy-pedagogik masala hisoblanadi. Bu metodikaning ishlab chiqilishi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, muammoni aniqlash va uni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, kasbiy yo‘naltirilgan ta’limga puxta tayyorlashga xizmat qiladi. Nazariy qism. Eksperimental tayyorgarlikning mazmuni asosan laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba sinovlari, kuzatishlar va natijalarni qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bu esa fizika fanining ilmiy-tadqiqot xarakterini ochib beradi va o‘quvchilarning tafakkurini chuqurlashtirishda, texnologik savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlarda eksperimental tushunchasi o‘quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi sifatida talqin etiladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning kuzatish, tajriba qurish, o‘lchovlar o‘tkazish, ilmiy gipoteza ilgari surish va natijalarni tahlil qilish faoliyati yetakchi o‘rinni egallaydi. Adabiyotlar tahlili. Kompetentli yondashuvning nazariy asoslari N.F. Talyzina, A.V. Khutorskoy, V.V. Serikov, I.A. Zimnyaya kabi olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. Xususan, I.A. Zimnyaya [63] kompetentlikni shaxsning bilim, ko‘nikma, tajriba va qadriyatlari asosidagi faoliyatga tayyorgarligi sifatida talqin etadi. A.V. Khutorskoy [4] esa fanlararo kompetensiyalar tizimini ishlab chiqib, o‘quvchilar uchun muhim bo‘lgan universal faoliyat turlarini belgilab beradi. O‘zbekistonlik pedagog olimlar — B.M. Mirzayev, A.I. Nazarov, Z.E. Abdullaeva, U.I. Inoyatov, F.B. Raxmonovlar tomonidan maktab fizika ta’limida eksperimental ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, o‘qitish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha muhim ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, B.M. Mirzayev eksperimentni o‘quvchining ilmiy tafakkurini rivojlantiruvchi asosiy vosita sifatida baholaydi va laboratoriya ishlarining mantiqiy tuzilmasini taklif etadi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalari shakllanish dinamikasi kuzatildi, eksperiment natijalari tahlil qilindi va baholandi. Xulosa. Kompetentli yondashuv asosida maktab o‘quvchilarining fizikadan eksperimental tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi samaradorligini oshirish mumkin. Buning uchun tegishli pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, laboratoriya jihozlarini yetarli darajada taʼminlash va o‘quvchilarni tadqiqot faoliyatiga jalb etishni davom ettirish lozim.

Доказательный фрагмент

«This article discusses the methodology for developing school students' experimental preparation in physics based on a competency approach.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the methodology for developing school students' experimental preparation in physics based on a competency approach. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competency approach, experimental preparation, physics education, metodika, eksperimental tayyorgarlik, kompetentli yondashuv, laboratoriya ishlari., fizik taʼlim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники