К содержанию
РецензированоUZ1977

Lisoniy sintaktik qolip tuzilmasi

. Acculturation (pp. -). Boulder · CO: Westview Press. · Journeys into Cross-Cultural · J.A., & Dyal · Karimov Yunus Mamaroliyevich

Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 9-18 · 1977

Аннотация

Hozirgi paytda tilshunoslikda sintaktik strukturalar turlicha tuziladi. Sintaksis tilshunoslikning bo'limi bo'lib, uning mavzusi tilning sintaktik tuzilishi hisoblanadi. Sintaktik birliklari va ular o'rtasidagi munosabatlar shakllanadi. Vaziyatlar og'zaki iboralar uchun o'ziga xosdir, chunki har xil shartli ma'nolar har doim ma'lum harakatlar va sharoitlarga hamroh bo'ladi va leksik jarayonga asoslangan bo’ladi. Iboralar sintaktik birlik sifatida gapda ifodalanadi. Jumlada iboralar va boshqa so'z birikmalari sintaktik vositalar yordamida shakllanadi. Kalit so’zlar: Lisoniy qolip, sintaktik birliklar, intonasiya, instrumental, kommunikativ birliklar, koordinatsiya. Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma – gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Sintaksis (gr. sintaxys – tuzish, qurish)ning asosi – gap haqidagi ta’limot. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. Sintaksis atamasi grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Asosiy sintaktik birliklar. So‘z birikmasi va gap – sintaksisning asosiy birliklari. Shunga ko‘ra, sintaksis ikkida bo‘linadi: 1) so‘z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi. So‘zning nutqda o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z qo‘shilmasi vujudga keladi. So‘z qo‘shilmasini ikki guruhga birlashtirish mumkin: 1) gap (Osmon tip-tiniq); 2) so‘z birikmasi (tip-tiniq osmon). Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‘z birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Кo‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap, so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birlik – gap va so‘z birikmasi – so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘lishi, bu qo‘shilishning esa turli vosita (qo‘shimcha, yordamchi so‘z) va usul (masalan, tobe aloqaning turi) orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Demak, nutqda: 1) so‘zlar o‘zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik – so‘z birikmasi vujudga keladi. So‘zlarning o‘zaro birikib, tushuncha ifodalovchi birlik hosil qilish qonuniyatini o‘rganish – so‘z birikmasi sintaksisining vazifasi; 2) so‘z fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik – gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyati bilan gap sintaksisi mashg‘ul bo‘ladi [1,26-32]. Fonetika, leksika va morfologiyada bo‘lgani kabi sintaksisda ham lisoniy va nutqiy jihat farqlanadi. Ma’lumki, lisoniy hodisa bevosita kuzatishda berilmaganlik miqdoran cheklilik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik va majburiylik belgisiga ega, u bevosita kuzatishda berilganlik, miqdoriy cheklanmaganlik, 362 betakrorlik, individuallik, ixtiyoriylik sifatiga ega bo‘lgan nutqiy hodisaga qarama-qarshi turadi. Nutqiy sintaktik birlik sifatida nutqda qo‘llanadigan, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan, o‘qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo‘lgan so‘z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so‘z birikmasi va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo‘lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip yoki qisqacha LSQ deb ataymiz. Qolip va nutqiy hosila so‘z birikmasi va gaplar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz o‘lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo‘lishi mumkin emas. Quyida lisoniy sintaktik qurilma va nutqiy so‘z birikmasi hamda gapning bir-biriga o‘xshamaydigan, farqli xususiyatini bayon etamiz. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, bunda lisoniy sintaktik qurilmaning yuqorida aytilgan 18 ta turidan foydalanishga majbur. Ularning lisoniy sintaktik qurilmani o‘zgartirishiga, yangi-yangi lisoniy sintaktik qurilma tuzishiga til «qonunchiligi» tomonidan yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq nutqiy so‘z birikmasi yaratishda

Доказательный фрагмент

«Hozirgi paytda tilshunoslikda sintaktik strukturalar turlicha tuziladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi paytda tilshunoslikda sintaktik strukturalar turlicha tuziladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Lisoniy qolip, koordinatsiya, instrumental, intonasiya, sintaktik birliklar, kommunikativ birliklar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники