К содержанию
РецензированоUZ2026

AFRIG‘IYLAR DAVRIDA XORAZM MARKAZIY SHAHARLARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI: TARIXI VA TAHLILI

Qurbanov A. · Abu Rayhon Beruniy nomidagi · ИСТОРИЯ И АНАЛИЗ (СПЕЦИФИКА ЦЕНТРАЛЬНЫХ ГОРОДОВ ХОРЕЗМА В ЭПОХУ АФРИГИДОВ:) · Курбанов А. (СПЕЦИФИКА ЦЕНТРАЛЬНЫХ ГОРОДОВ ХОРЕЗМА В ЭПОХУ АФРИГИДОВ:) · Райхона Беруни (Научный сотрудник Ургенчского государственного университета имени Абу)

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

The growth of cities is one of the important aspects of the general economic development of the country and indicates the strengthening and expansion of economic ties between the urban civilization of Khorezm and the surrounding steppes and distant countries, which began to develop on a new basis. The article examines the specifics of the central cities of Khorezm in the era of the Afrighids. Keywords: city, fortress, palace, Afrighids, fortification, settlement. Mustaqil davlat boʻlgunga qadar ham Xorazm Qangʻ davlati tarkibidagi yetakchi hududlardan biri boʻlgan. Mil. avv. III-II asrlarda Qangʻ davlati kuchayib, Sirdaryo quyi oqimidan dahlarni siqib chiqardi. Shu davrdan Xorazm ham oʻz mustaqilligini yoʻqotdi. Dahlar esa Xuroson hududiga koʻchib oʻtdi. Iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy etgan, yuksak va boy madaniyatga ega Xorazm aksariyat aholisi koʻchmanchilar boʻlgan Qangʻ davlati tarkibida muhim iqtisodiy va madaniy markazlardan biri sifatida oʻz yuksalishini davom ettirdi. Sugʻorma 34 dehqonchilik an'analari hisobiga ekin maydonlari kengaydi, irrigatsiya shaxobchalari yanada tarmoq yoydi, yangi qoʻrgʻon, qal’a va shaharlar vujudga keldi1. Arab tarixchisi Al-Istahriy, taxminan 930-933-yillarda Xorazmdagi shaharlarni sanab o‘tarkan: Xorazm (Kas), Darg‘on, Xazorasp, Xiva, Xushmisan, Ardaxushmisan, Safardiz, Nuzbar, Kardaronxos, Kardar, Barategin, Mazminiya, Jurjoniya (Gurganj) kabi o‘n uchta nomni tilga oladi. Nihoyat, 985-yilda Xorazmga kelgan arab muallifi al-Maqdisiy voha shaharlari soni 32 ta bo‘lganligini yozadi. Jumladan, u Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Kas, Gardman, Oyxon, Arzaxiva, Nukfag, Kardar, Mizdahqon, Jashira, Sadvar, Zardux, Barategin, Madkaminiya; chap qirg‘og‘ida joylashgan Jurjoniya (Gurganj), Nuzvar, Zamaxshar, Ruzund, Vazarmand, Vaskaxankas, Raxushmisan, Madamisan, Xiva, Kardaronxos, Xazorasp, Jigarband, Jaz, Darg‘on, Jit, Kichik Jurjoniya, Ikkinchi Jit, Sadvar, Masasan, Kardar, Andarstan kabi shaharlar borligini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Xorazmga boradigan yo‘llarda Sho‘raxon, Xas, Nuzkat, Darson, Juvikan, Amir, Barabsar, Vardara kabi aholi punktlari bo‘lganligi ta’kidlanadi2. Shaharlarning o‘sishi mamlakat umumiy iqtisodiy taraqqiyotining muhim tomonlaridan biri bo‘lib, yangicha asosda yuksala boshlagan Xorazm shahar tsivilizatsiyasining atrofdagi dashtlar va uzoqdagi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari mustahkamlanayotganidan va kengayib borganidan dalolat beradi. Xorazmlik savdogarlar, xuddi qadim zamonlardagidek, Turkmaniston va G‘arbiy Qozog‘iston o‘rnida bo‘lgan dasht ko‘chmanchilari bilan, Volgabo‘yi - Xazoriya (keyinchalik Dashti Qipchoq) va Bulg‘oriya bilan, nihoyat, Sharqiy Yevropadagi keng slavyanlar olami bilan savdo-sotiq aloqalarini kuchaytirdilar. X asrdayoq yuqoridagi hududlar bilan savdo-sotiq munosabatlari kengayganligi to‘g‘risida va, umuman, xorazmliklar haqida Istahriy yozgandi: “Xorazm - hosildor, oziq-ovqati va mevalari ko‘p shahar (madina), faqat yong‘og‘i yo‘q; bu yerda paxta va jundan ko‘p narsalar tayyorlanadi hamda bu narsalar uzoq- uzoq joylarga eltiladi. Aholisining ajralib turadigan xususiyati - boyligi va mardlik ko‘rsatishga intilishidir”. X asr oxirida yozilgan "Hudud al-Olam" asarining muallifi Kat shahri to‘g‘risida quyidagilarni yozadi: "Shaharning boyligi katta. Bu yerdan yostiq jildi, qavima kiyim-bosh, ip gazlama, kigiz, qora uy, ruxbin (pishloqning bir turi) chiqariladi"3. Yana bir O‘rta asr fors tarixchisi Zakariyo ibn Muhammad al-Kazviniyning yozishicha: “Har bir shahar o‘rtasida yana bir kichik shahar bo‘lgan. Kichik shaharning o‘rtasi qo‘handiz deb atalgan. Markazdagi kichik shaharlarni shahriston yoki arabcha - madinat us-sug‘ro (kichik shahar) deb ataganlar. Uning atrofi devor bilan o‘ralgan va bir necha darvozalari bo‘lgan. Shahriston atrofida katta shahar -madinat ul-kubro bo‘lib, u ham devor bilan o‘ralgan va bir necha darvozalari bo‘lgan. Katta shahar atroflarida esa uzumzorlar va mevali bog‘lar, ularning tevaragida - ekinzor dalalar bor edi”4. Tarixiy manbalarda Xorazmning boshqa savdo shaharlari to‘g‘risida ham ko‘p ma’lumotlar saqlanib qolgan. 922-yilda Xorazmda bo‘lgan arab diplomati Ibn Fadlan «Ardaxushmisan bozorlari gavjum va aholisi farovon, katta shahar. Ardaxushmisan Kat va Gurganj oralig‘ida joylashgan hamda Amudaryo bo‘yidagi shahar bo‘lib, unga suv yo‘li orqali 1 Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма. С древнейших времен до нашех дней.-Т. Изд-во АН УзССР, 1967. С.97-98. 2 http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321 3http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321 4 http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321 35 boriladi», - deb yozgandi. “Hudud al-Olam” asarida «Ardaxushmisan savdogarlarning to‘planish joyi», - deb ko‘rsatilgan. Istahriy va Maqdisiylar Ardaxushmisanni Xorazmning Kat (Kos) va Gurganjdan keyingi yirik shahri sifatida ko‘rsatishgan. Kosdan Jurjoniyagacha masofa 3 kunlik yo‘l, Ardaxushmisangacha esa 1 kunlik yo‘l deb ko‘rsatgandi Istahriy. Xivadan Raxushmisangacha (Ardaxushmisan) ham masofa (30-40 km.) shuncha bo‘lganligini

Доказательный фрагмент

«The growth of cities is one of the important aspects of the general economic development of the country and indicates the strengthening and expansion of economic ties between the urban civilization of Khorezm and the…»

Образец извлечения

Демо-превью

The growth of cities is one of the important aspects of the general economic development of the country and indicates the strengthening and expansion of economic ties between the urban civilization of Khorezm and the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
city, fortress, palace, Afrighids, fortification, settlement, shahar, istehkom, qal’a, manzilgoh., afrig‘iylar, saroy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники