Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Eshtuxtarova Mutabar Normurat qizi · Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna · Negmatova Sevinch Ergash qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
The article discusses the modern requirements for the educational process and pedagogical innovations. The article focuses on the observation of the personal, intellectual and social development of students in order to take into account the acquisition of knowledge. The need to use innovative methods such as constructivism, interactive learning, distance learning and problem-based learning in the educational process is emphasized. Mastery and the introduction of modern methods help to improve the quality of education. The article reveals the importance of personalizing the educational process, developing independent thinking of students, and adapting modern and educational methods to the requirements. The study identifies important areas for updating and developing scientific materials and methodologies. Keywords: Educational process, modern requirements, pedagogical approaches, constructivism, interactive education, distance education, problembasational approach, educational methodology, students, personal development, innovative methods, educational technologies, professional qualifications of teachers, improving the quality of Education. Kirish. O‘quv jarayoni ta’lim tizimining markaziy vositalaridan biri bo‘lib, uning samarali tashkil etilishi, ta’limning sifatli bo‘lishi uchun muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim sohasida global miqyosda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, jamiyat va texnologiyalarning tez sur’atda rivojlanishi, o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarni doimiy ravishda yangilashni taqozo qilmoqda. Ta’lim tizimining muvaffaqiyati nafaqat bilimlarning samarali uzatilishi, balki o‘quvchilarning keng qamrovli shaxsiy rivojlanishi, ko‘nikmalarni egallashi va ijtimoiy mas'uliyatni his qilishiga bog‘liqdir. Shu sababli, o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablar har bir jamiyatning ehtiyojlariga moslashtirilishi, yangi pedagogik va metodik yondashuvlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarur. 74 Zamonaviy ta’lim jarayoniga qo‘yiladigan talablar avvalo, o‘quvchilarning shaxsiy yuksalishi va ularning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayotga tayyorlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga, muammolarni hal qilishga va innovatsion g‘oyalarga erishishga rag‘batlantirish muhim vazifalardandir. Shu bilan birga, o‘quvchilarning ijtimoiy va emosional ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. O‘quv jarayonining samaradorligi, o‘quvchilarning faolligi, ularning motivatsiyasi, ta’lim usullarining moslashuvi va o‘qituvchilarning individual yondashuvi kabi omillarga bog‘liqdir. O‘quv jarayoniga qo‘yiladigan zamonaviy talablar doirasida, texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish ham alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda onlayn ta’lim platformalari, interaktiv dasturlar, elektron resurslar va multimedia vositalari ta’limni yanada samarali, qulay va qiziqarli qilish imkonini yaratadi. Ushbu vositalar o‘quvchilarga o‘z vaqtida kerakli ma’lumotlarga kirish imkonini beradi, shuningdek, darslarni o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va qiziqishlariga moslashtirishga yordam beradi. Interaktiv yondashuv, o‘quvchilarni mustaqil izlanishlarga undaydi, ta’lim jarayonini faollashtiradi va o‘quvchilarning ongli ishtirokini ta’minlaydi. Bundan tashqari, o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablar pedagoglardan nafaqat bilim va ko‘nikmalarni uzatish, balki o‘quvchilarning psixologik holatini tushunish, ularning shaxsiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishni ham talab etadi. O‘qituvchilarning o‘z faoliyatini individuallashtirish, har bir o‘quvchining qobiliyatlari va ehtiyojlarini inobatga olish, ta’limni shaxsga yo‘naltirilgan tarzda olib borish zarur. O‘quv jarayonida motivatsiyani oshirish, o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta’minlash va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan munosabatini yaxshilashga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘quv jarayonida ta’lim sifatini baholash tizimi ham muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy baholash usullari nafaqat o‘quvchilarning bilimini o‘lchash, balki ularning o‘rganish jarayonidagi rivojlanishini, individual yutuqlarini va ko‘nikmalarini kuzatishga imkon beradi. Ta’limni baholash usullari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan yanada boyib, o‘quvchilarni o‘zgaruvchan va murakkab dunyoga tayyorlashga yordam beradi. O‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchilarning professional malakasini oshirishni talab qiladi. O‘qituvchilar ta’limning zamonaviy usullari va metodikalarini o‘zlashtirib, yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishlari kerak. O‘qituvchilarning innovatsion yondashuvlarga tayyorligi va o‘quvchilarga yuqori sifatli ta’lim berish qobiliyati jamiyatning kelajakdagi taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan nazariy materiallarga asoslangan holda mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Mavjud ma’lumotlarni tahl
Доказательный фрагмент
«The article discusses the modern requirements for the educational process and pedagogical innovations.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the modern requirements for the educational process and pedagogical innovations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Educational process, modern requirements, pedagogical approaches, o‘quvchilar, ta’lim sifatini oshirish., zamonaviy talablar, ta’lim metodikasi, interaktiv ta’lim, o‘qituvchilarning professional malakasi, O‘quv jarayoni, masofaviy ta’lim, shaxsiy rivojlanish, innovatsion metodlar, konstruktivizm, problembazaviy yondashuv, ta’lim texnologiyalari, pedagogik yondashuvlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024