К содержанию
РецензированоUZ2025

OPERATSION XARAJATLARNING TAHLILI VA AUDIT ORQALI ULARNI OPTIMALLASHTIRISH MEXANIZMLARI

NEW RENAISSANCE · OPTIMALLASHTIRISH MEXANIZMLARI · Axmadjonov Foziljon Komil o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 2 · 101–118 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada tijorat banklari, xususan “O‘zmilliybank” AJ misolida operatsion xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, ularni tahlil qilish usullari va audit orqali nazorat qilish mexanizmlari keng yoritilgan. Operatsion xarajatlarning samaradorligini baholash, ular tarkibini tahlil qilish va ortiqcha yoki takrorlanuvchi sarf-xarajatlarni aniqlash asosida ularni maqbullashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, audit natijalari asosida xarajatlarni optimallashtirishga doir takliflar ishlab chiqilib, ichki nazorat tizimining takomillashtirilgan modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijalari operatsion samaradorlikni oshirish va bank faoliyatining barqarorligini ta'minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit soʻzlar: operatsion xarajatlar, audit, optimallashtirish, moliyaviy tahlil, tijorat banki, ichki nazorat, xarajatlarni boshqarish, samaradorlik, “O‘zmilliybank” AJ, bank auditi. Kirish. Bugungi kunda bank tizimining samarali faoliyat yuritishi bevosita xarajatlar tuzilmasining maqbulligiga, ularning oqilona boshqarilishiga hamda audit orqali doimiy nazorat ostida bo‘lishiga bog‘liqdir. Ayniqsa, operatsion xarajatlar — bankning kundalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, muntazam va barqaror xarakterga ega sarf-xarajatlar sifatida — bank moliyaviy barqarorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, operatsion xarajatlarni tahlil qilish va ularni audit mexanizmlari orqali optimallashtirish, bankning foyda marjasini oshirishda, xarajatlarni qisqartirishda va resurslardan samarali foydalanishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, tijorat banklari, xususan “O‘zmilliybank” AJ misolida operatsion xarajatlar auditi va ularni maqbullashtirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bank tizimi faoliyatining barqarorligi ko‘p jihatdan xarajatlarni boshqarish samaradorligiga bog‘liqdir. Xususan, operatsion xarajatlar — bu bankning asosiy faoliyatini yuritishda zarur bo‘lgan ish haqi, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma, texnologik ta’minot kabi doimiy sarflarni o‘z ichiga oladi. Ushbu xarajatlar darajasining ortishi foyda marjasiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ularni doimiy tahlil qilish, audit tekshiruvlari orqali baholash, va optimallashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Operatsion xarajatlarni tahlil qilish orqali ularning qanday yo‘nalishlarda, qanday miqdorda va qanday o‘zgarishlar bilan shakllanayotganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu yerda gorizontal tahlil (vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishni aniqlash), vertikal tahlil (umumiy xarajatlar tarkibida alohida elementlarning ulushi) va ko‘rsatkichlar tahlili (masalan, bitta filialga to‘g‘ri keladigan xarajat miqdori) kabi usullar qo‘llaniladi. Bunday yondashuv nafaqat xarajatlar tuzilmasini chuqur tushunishga, balki moliyaviy resurslardan foydalanishdagi kamchiliklarni aniqlashga xizmat qiladi. 84 NEW RENAISSANCE 2025 JULY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 7 Operatsion xarajatlarning yuqori darajada qolib ketishi ko‘pincha samarasiz boshqaruv, keraksiz takroriy xarajatlar, yoki ichki nazorat tizimining sustligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu yerda audit muhim vosita sifatida maydonga chiqadi. Audit nafaqat buxgalteriya ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshiradi, balki xarajatlar samaradorligi, foydasiz yoki ortiqcha xarajatlar mavjudligini aniqlaydi, hamda ularga nisbatan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan aniq tavsiyalarni beradi. Misol tariqasida, “O‘zmilliybank” AJda o‘tkazilgan audit natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayrim filiallarda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar boshqa hududlarga nisbatan 20–30% yuqori. Bu holat esa IT xizmatlarining takrorlanishi, qo‘shimcha xodimlar zaxirasi va samarasiz infratuzilma xarajatlari bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Audit tavsiyalari asosida bu xarajatlar qayta ko‘rib chiqilib, bir qator yo‘nalishlarda raqamlashtirish, resurslarni qayta taqsimlash va avtomatlashtirish choralarini ko‘rish orqali xarajatlar 15% gacha kamaytirilgan. Optimallashtirish mexanizmlari faqat tavsiyalar bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Ular amalda qo‘llaniladigan, monitoring qilinadigan va davriy tahlil orqali takomillashtiriladigan doimiy boshqaruv tizimiga aylanishi zarur. 1-rasm. Operatsion xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha asosiy boshqaruv mexanizmlari Manba: Muallif tomonidan tuzildi. Quyidagi rasmda keltirilgan “Operatsion xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha asosiy boshqaruv mexanizmlari” banklarda xarajatlar boshqaruvini takomillashtirishda muhim strategik yo‘nalishlarni ifodalaydi. Bu elementlar xarajatlarning shaffofligini ta’minlash, ortiqcha xarajatlarni aniqlash va ularni qisqartirishga doir qarorlar qabul qilish jarayonida markaziy ahamiyat kasb etadi. Jumladan, elektron xarajat monitoringi tizimi – real vaqt rejimida har bir xarajat turini kuzatish, analiz qilish va avtomatik signal berish funksiyasi orqali nazorat samaradorligini oshiradi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tijorat banklari, xususan “O‘zmilliybank” AJ misolida operatsion xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, ularni tahlil qilish usullari va audit orqali nazorat qilish mexanizmlari keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tijorat banklari, xususan “O‘zmilliybank” AJ misolida operatsion xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, ularni tahlil qilish usullari va audit orqali nazorat qilish mexanizmlari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xarajatlarni boshqarish, optimallashtirish, “O‘zmilliybank” AJ, operatsion xarajatlar, ichki nazorat, samaradorlik, audit, bank auditi., tijorat banki, moliyaviy tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники