Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT BOSHQARUVINING RIVOJLANISHI
NEW RENAISSANCE · Tajimuratova Shaxnoza Saǵinbaevna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Рассматривается развитие менеджмента в сфере культуры и искусства в Узбекистане, цель менеджмента и основные требования к нему, виды целей, содержание и сущность функций управления. Ключевые слова: Культура, духовность, менеджмент, функции управления, Министерство культуры, Департамент культуры, Дворцы искусств «Истиклол» и «Туркистон». Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti. 73 NEW RENAISSANCE 2025 JULY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 7 Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya tuzildi. Komissiyaga bir oy muddatda Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish bo‘yicha barcha masalalarni hal etish, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparatiga malakali mutaxassislarni har tomonlama saralash va kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash topshirig‘i berilgan. Ta’kidlash joizki, farmonga binoan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida Madaniyat vazirligi huzurida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etilgan. Ushbu muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi hamda musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish imkonini beradi. Farmonga binoan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularni jihozlash va ta’mirlash, madaniyat va san’at arboblarining xalqaro festivallar va konkurslarda ishtirok etishini ta’minlash, Madaniyat vazirligi muassasalari kadrlari malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish uchun byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tuzish nazarda tutilgan. Musiqiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari Toshkent shahar hokimiyati ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi, ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti obyektlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, sport ta’limi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha 256 sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlari Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi. Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligiga boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlariga ish haqini to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Доказательный фрагмент
«Рассматривается развитие менеджмента в сфере культуры и искусства в Узбекистане, цель менеджмента и основные требования к нему, виды целей, содержание и сущность функций управления.»
Образец извлечения
Демо-превьюРассматривается развитие менеджмента в сфере культуры и искусства в Узбекистане, цель менеджмента и основные требования к нему, виды целей, содержание и сущность функций управления. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Culture, spirituality, management, management functions, Ministry of Culture, madaniyat bo’limi, Madaniyat, Madaniyat vazirligi, madaniyat boshqarmasi, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari., boshqaruv, ma’naviyat, boshqaruv funksiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024